1. Flash dasturida taqdimot yaratish. Flash dasturida nazorat testlari yaratish
Download 473.2 Kb. Pdf ko'rish
|
1.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Actions palitrasi .
- Kerakli harakatni tanlash
- Boshqaruv kadrlar o‘zgarishi (motion tweening) asosida yaratilgan animatsiya
Harakat (Actions) –Flash–roliklariga nima qilishni ko‘rsatadigan instruktsiyalar.
Hodisa (Events) –birorta kadr yuklanishi tugagandan keyin biz aniq bir kadrga ega bulamiz, foydalanuvchi kadr ob`ektlari ustidagi biror bir harakati yoki amal bajarilishi hodisadir. Actions palitrasi . Action Script – dasturini kiritish va tasvirlash uchun mo‘ljallangan. Panel ikkita muhitda bo‘lishi mumkin: normal va ekspert. Ekspert muhitida siz dasturni kiritish maydonida klaviatura yordamida berishingiz mumkin, lekin normal muhitda bunday qilish mumkin emas, shuning uchun buyruqni tahrirlash uchun pastdagi parametrlar panelidan foydalaniladi. Kerakli harakatni tanlash uchun «+» klavishini bosish yoki til elementlari ro‘yxatidan mos instruktsiyani tanlash kerak. Macromedia Flash dasturida animatsiya yaratish. Yuqorida aytilganidek, Flash dasturida animatsiya ikki xil bo‘ladi: kadrli (pokadrovoye sozdaniye) va avtomatik (avtomaticheskoye sozdaniye promejutochnыx kadrov). Avtomatik animatsiya shakllar geometriyasini o‘zgarishi (shape tweening) yoki boshqaruv kadrlar o‘zgarishi (motion tweening) asosidagi animatsiya turlarga bo‘linadi. Boshqaruv kadrlar o‘zgarishi (motion tweening) asosida yaratilgan animatsiya Shu turdagi animatsiyani yaratish uchun biz bitta boshqaruv kadrni yaratamiz va unga belgi qo‘shamiz. Masalan, boshqaruv kadrda aylana chiziladi va u grafik tasvir belgi turiga F8 yoki «Vstavka» menyusida «Preobrazovat v simvol» (Convert to Symbol) buyrug‘i yordamida o‘tkaziladi. Yoki Ctrl+F8 yoki «Vstavka» menyusida «Novыy simvol» (New symbol) buyrug‘ini tanlab yangi belgi yaratamiz va belgilar kutubxonasi yordamida uni boshqaruv kadrga qo‘shamiz. Endi belgi joylashgan boshqaruv kadrni sichqonchaning o‘ng tomondagi tugmasi yordamida tanlab Creat motion tweening yoki «Vstavit» menyusining shu nomli buyrug‘ini tanlaymiz. Shu harakatlar natijasida boshqaruv kadr ranggi ko‘k rangga o‘zgaradi. Endi sichqoncha bilan yangi kadrni tanlaymiz, (masalan 25 kadrni) va F6 yoki «Vstavka» menyusida «Klyuchevoy kadr» (Insert keyframe) aktiv qatlamda keyingi boshqaruv kadrini yaratish buyrug‘ini tanlaymiz. Natijada 25 kadrda ko‘k rangli boshqaruv kadr hosil qilinadi va shu kadrgacha birinchi boshqaruv kadrdan strelka hosil qilinadi. Birinchi boshqarish kadrdan ikkinchi boshqarish kadrgacha kadrlar ko‘k rangda avtomatik hosil qilinadi. Oxirgi harakatimiz - bu ikkinchi boshqarish kadrdagi belgini o‘zgartirish (cho‘zish, aylantirish, kattalashtirish, kichkinalashtirish yoki kadrdagi joylanishini o‘zgartirish). Endi klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz va biz yaratgan animatsiyani ko‘rishimiz mumkin. Download 473.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling