1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
-modda. Shirkat taftish komissiyasi (taftishchisi)
Download 393.81 Kb.
|
308-II 06.12.2001.XO\'JALIK JAMIYAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27-modda. Shirkatni qayta tashkil etish va tugatish
26-modda. Shirkat taftish komissiyasi (taftishchisi)
Shirkatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilib borish uchun shirkatning ta’sis shartnomasida shirkatning taftish komissiyasini tuzish (taftishchini saylash) nazarda tutilishi mumkin. Taftish komissiyasini tuzish tartibi va uning (taftishchining) vakolati shirkatning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi. O‘n besh nafardan ortiq ishtirokchisi bo‘lgan shirkatlarda shirkatning taftish komissiyasini tuzish (taftishchini saylash) shart. Shirkat ishtirokchisi bo‘lmagan shaxs ham uning taftish komissiyasi a’zosi (taftishchisi) bo‘lishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Shirkat taftish komissiyasining (taftishchisining) vazifalarini, agar bu shirkatning ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, shirkat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida aniqlangan, shirkat va uning ishtirokchilari bilan mulkiy manfaatlar bo‘yicha bog‘liq bo‘lmagan auditorlik tashkiloti amalga oshirishi mumkin. (26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son) Shirkatning ijro etuvchi organi tarkibiga kiruvchi shaxslar shirkat taftish komissiyasining a’zolari (taftishchisi) bo‘lishlari mumkin emas. 27-modda. Shirkatni qayta tashkil etish va tugatish Oldingi tahrirga qarang. Shirkatni qayta tashkil etish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 — 52-moddalariga qarang. Shirkat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, shuningdek shirkatda yagona ishtirokchi qolgan taqdirda tugatiladi. Bunday ishtirokchi shirkatning yagona ishtirokchisiga aylangan paytdan e’tiboran olti oy ichida yangi ishtirokchilarni qabul qilishga va shirkatni saqlab qolishga, shirkat tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatni moliyalashtirish to‘g‘risida hissa qo‘shuvchilar bilan shartnoma tuzishga va kommandit shirkat tuzishga, shirkatni qayta tuzish yoki tugatishga haqlidir. (27-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Agar shirkatning ta’sis shartnomasida yoki qolgan ishtirokchilarning kelishuvida shirkat o‘z faoliyatini davom ettirishi nazarda tutilgan bo‘lmasa, shirkat ushbu Qonun 22-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda ham tugatiladi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53 — 57-moddalariga qarang. [OKOZ: 1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.02 Kommandit shirkat] Download 393.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling