1. Futbol o`yini texnikasi deb nimaga aytiladi ?
Futbol o`yinidagi texnikalar
Download 27 Kb.
|
1-мавзуга жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sport faoliyati 1-kurs (sirtqi) futbol yonalish talabasi I.Mirzabayev
3. Futbol o`yinidagi texnikalar.
Qо‘yilgan maqsadga erishmoq uchun о‘yinda xilma-xil tarzda qо‘shib turib qо‘llaniladigan maxsus uslublar tо‘plami futbol texnikasini tashkil etadi. Texnik uslublar – bu futbol о‘yinini vujudga keltirish vositasi demak. Yuksak sport natijalariga erishish kо‘p jihatdan futbolchining ana shu xilma-xil vositalarni qanchalik tо‘liq bilishiga, raqib jamoa о‘yinchilari qarshilik kо‘rsatayotgan, kо‘pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda о‘yin faoliyatidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan samarali qо‘llanishga bog‘liq. Futbol texnikasini yaxshi bilish futbolchining har tomonlama tayyorgarlik kо‘rishi va garmonik kamol topishidagi ajralmas qismdir. О‘yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida futbol texnikasida muayyan о‘zgarishlar bо‘ldi. Bu evolutsiyaning asosiy yо‘nalishlari quyidagilardan iborat: boshning chakka qismi va orqasi bilan zarba berish, tо‘pni boldir bilan tо‘xtatish singari noratsional uslub va usullarni qо‘llanish ancha kamayib ketdi; oyoq yuzi bilan zarba berishdan tо‘pni son va kо‘krakda tо‘xtatishdan, tо‘pni qо‘l bilan tashlash (darvozabon texnikasi) dan foydalanish koeffitsiyenti oshdi, aldash harakatlari (fintlar) kо‘paydi. Hozirgi futboldagi texnik uslublar о‘yin harakatlari tezligi va aniqligini oshirish uchun kuchdan yetarlicha tejab foydalanish imkonini beradigan, biomexanika nuqtayi nazaridan maqbul harakat tizimi bilan xarakterlanadi. Tez va ishonchli, sodda va samarali bо‘lsin! Futbol texnikasini qо‘llanishga qо‘yiladigan hozirgi kundagi talab ana shundan iborat. Futbol texnikasining tasnifi texnik uslublarni umumiy (yoki о‘xshash) о‘ziga xos belgilariga qarab guruhlarga bо‘linadi. О‘yin faoliyati xarakteriga qarab futbol texnikasida ikkita yirik bо‘lim ajratiladi: maydon о‘yinchisi texnikasi va darvozabon texnikasi. Har qaysi bо‘lim esa quyidagi: harakatlanish texnikasi va tо‘pni boshqarish texnikasi bо‘limchalariga bо‘linadi. Kichik bо‘limlar turli usullarda ijro etiladigan aniq texnik uslublardan: harakatlanish texnikasi uslublari va usullaridan iborat. Bulardan maydon о‘yinchilari va darvozabon foydalanadi. Ammo ayrim uslub va usullar о‘zining muayyan turlariga ega. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bо‘lib, detallaridagina farq bо‘ladi. Har xil usul, usul va turlarni ijro etish shartlari futbol texnikasini yanada turli-tuman qiladi. О‘rganilayotgan materialni tizimlashtirish, uslub, usul turlarni yaxshi tushunishga, ularni tо‘g‘ri tahlil qilishga, ta’lim va olingan bilimlarni takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradi. Futbol texnikasining xarakteristikasi maydon о‘yinchisi va darvozabon uchun umumiy kichik bо‘lim bо‘lgan harakatlanish texnikasidan boshlanadi. Yugurish – qadamining uzunligi sprinterlarda 2-2,2 m ga teng bо‘lsa, katta yoshli futbolchilarda о‘rtacha 1,3-1,5 m ga teng. Qadamlar chastotasi sprinterlarda sekundiga 4-4,5 qadamga teng. Futbolchilarda chastota sal ortiqroq sekundiga 5,1-5,5 qadam bо‘ladi. Bu esa, havoda uchish fazasi qisqaroq bо‘lgani sababli tez tо‘xtashga yoki tez burilib oshishga yordam beradi. Tisarilib yugurishdan asosan tо‘pni olib qо‘yishda va tо‘sib olishda qatnashayotgan himoyadagi о‘yinchilar foydalanadilar. Yugurishning bu turi ham siklik (qо‘shaloq qadamli) bо‘ladi. Qisqa- qisqa, lekin tez-tez qadam tashlash, havoda uchish fazasining qariyb yо‘qligi unga xos xususiyatdir. Buning sababi siltanish oyog‘i orqaga uzatilganda sonning yozilishi cheklangan ekanligidadir.О‘yin sharoiti kо‘pincha maksimal tezlikda tisarilib yugurishni talab qilib qoladi. Bunda tezlik qadam chastotasini oshirish hisobiga ortadigan bо‘lib, bu kо‘proq oyoqning orqaga faol harakat qilishiga bog‘liq. Tisarilib yugurayotganda о‘yinchi ba’zan muvozanatni yо‘qotib yiqilib tushadi. Tayanch oyoq vertikal turgan paytda gavdaning og‘irlik markazi о‘qi tayanch yuzasining tepasida turishi о‘yinchi- ning holati turg‘un bо‘lishi shartlaridan biridir. Chalishtirma qadam tashlab yugurishdan harakat yо‘nalishini о‘zgartirish uchun turgan joydan о‘ngga yoki chapga siltanib yugurish paytida burilib olgandan keyin foydalaniladi. U harakatlanishning о‘zaga xos vositasi bо‘lib, asosan boshqa yugurish turlari bilan birga qо‘shib qо‘llaniladi. Chalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga bajari- ladigan yugurish qadamlari bilan xarakterlanadi. Qadam tashlash siklining birida siltanuvchi oyoqni tayanch oyoqning oldiga chalishtirib о‘tkaziladi. Yugurish paytda havoda uchish fazasi juda qisqa. Juftlama qadam tashlab yugurishdan taktik jihatdan kerakli holatga о‘tishda (masalan, о‘yinchi oldini tо‘sib olishda) foydalaniladi. U dastlab harakatlanish fazasi sifatida foydalaniladi, keyinroq о‘yindagi vaziyatga qarab, harakatlanish texnikasining turli uslublari sifatida ijro etiladi. Juftalama qadam tashlab yugurish oyoqlarni sal bukib bajariladi. Birinchi qadamni harakat yо‘nalishiga yaqin oyoqdan boshlab yon tomonga tashlanadi. Ikkinchi qadamda oyoqlar juftlanadi. Depsinish va siltanish harakatlarida zо‘r berish yuqori tomonga emas, balki yon tomonga yо‘naltiriladn. Sakrash. Tо‘xtash va burilish uslublarining ba’zilarini ijro etishda sakrashdan foydalaniladi. Zarba berishning ayrim usullari tо‘pni oyoqda, kо‘krakda, bosh bilan tо‘xtatib qolish va ba’zi holdagi fintlar texnikasining tarkibiy qismlaridan biriga kiradi. О‘yinda oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga hamda shularga yaqin turadigan yо‘nalishlarda sakraladi. О‘yindagi vaziyat kо‘p vaqtlarda maksimal baland yoki maksimal uzun sakrashni talab qilmaydi. Bunda sakrashning samaradorligi futbol о‘ynayotgan odamning koordinatsion qobiliyati bilan belgilanadi va futbolchi о‘zining turli dastlabki holatlardan fazo, vaqt va kuch xarakteristikalari optimal holatida bо‘lgan harakatlar qilishi kerak bо‘ladi. Barcha xil sakrashlarda depsinish, havoda uchish va yerga tushish fazalari bо‘ladi. Sakrashning ikki xil uslubi mavjud: bir oyoqda depsinib sakrash va ikki oyoqda depsinib sakrash oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga bajariladi. Bunday sakrashda faol depsinib, ikkinchi oyoqni silkitib, gavda og‘irlik markazining о‘qi sakrash tomonga о‘tkaziladi. Sakrashning trayektoriyasi va kuchi о‘yindagi vaziyatga bog‘liq. Bir oyoqda yoki ikki oyoqda yerga tushiladi. Qisqa masofali qattiq amortizatsiya keyingi harakatlarga tezroq va samaraliroq о‘tish imkonini beradi. Og‘irlik markazi о‘qining proyeksiyasi tayanch yuzasining chegarasida yoki undan tashqarida bо‘lishi ham shunga yordam beradi. Sakrab tо‘pga bosh urayotganda kо‘pincha maksimal baland kо‘tarilish kerak bо‘ladi. Bunda yugurib kelib depsinadigan oyoqni taqqa tо‘xtaydigan qilib (tayanchga nisbatan burchak hosil qilib) qо‘yish yordam beradi. Sal chо‘qqaygandan keyin yuqoriga yoki yuqorilab oldinga tomon faol depsinish kerak bо‘ladi. Bunda qо‘llarni kо‘krak baravar silkitib kо‘tarish depsinishning samarasini oshiradi. Ikki oyoqda depsinib sakrash – bunday usul bilan oldinga, oldinlab yon tomonga va oraliq yо‘nalishlarida sakraladi. Turgan joydan sakraganda о‘yinchi depsinish oldidan tezda salgina chо‘nqayadi. Oyoqlarini faol tо‘g‘rilash bilan birga gavda og‘irlik markazining о‘qi sakrash tomoniga о‘tkaziladi va qо‘llar silkitiladi. Yugurib kelib sakrayotganda sо‘nggi qadamda bir oyoqni taqqa tо‘xtaydigan qilib qо‘yiladi. Chо‘nqayish paytida ikkinchi oyoq birinchisi yoniga tezlik bilan juftlanadi. Depsinish havoda uchish va yerga tushish fazalari turgan joydan sakragandagi kabi bо‘ladi Tо‘xtash – harakatlanish texnikasida tо‘xtashga harakat yо‘nalishini о‘zgartirishning samarali vositasi deb qaraladi. Tо‘satdan tо‘xtab qolganda, raqiblarning qayerda, qanday joylashganiga qarab turib tо‘p bilan ham, tо‘psiz ham о‘sha ketayotgan tomoniga qarshi tomonga otilib ketiladi. О‘ngga yoki chapga qochib qolinadi.Tо‘xtashda ikki xil uslub vositasi qо‘llaniladi: sakrab tо‘xtash va tashlanib tо‘xtash. Sakrab tо‘xtash uchun sal yuqoriga qisqaroq sakrab, siltangan oyoqda yerga tushiladi – bunda turg‘unlik bо‘lishi uchun shu oyoq sal egiladi. Ammo kо‘pincha yerga ikki oyoqlab tushiladi. Tashlanib tо‘xtash sо‘nggi yugurish qadami hisobiga bajariladi. Bunda siltangan oyoqni oldinga uzatib, tovonga tiralinadida, keyin oyoqni rostmana yerga qо‘yiladi. Tashlanib tо‘xtash oyoqlarni anchagina bukib, ikki oyoqqa tayanib qolish bilan xarakterlanadi. Barcha xil tо‘xtashlardan keyin, odatda, turli yо‘nalishlarda harakat davom ettiriladi. Shuning uchun tо‘xtashdagi sо‘nggi holati harakatning start holati bо‘lishi kerak. Burilish – burilish yordamida futbolchilar tezlikni minimal kamaytirib, yugurish yо‘nalishini о‘zgartiradilar. Odatda turgan joyda burilgandan keyin start harakatlari boshlanadi. Burilish, shuningdek, zarba berish, tо‘pni tо‘xtatish, tо‘pni olib yurish va fintlarning ayrim usullarini bajarish texnikasi tarkibiga ham kiradi. Burilishning quyidagi uslublaridan foydalaniladi: hatlab о‘tib burilish, sakrab burilish, tayanch oyoqda burilish. О‘yin sharoitiga qarab yon tomonlarga va orqaga burilish mumkin. Burilish turgan joyda ham, harakat paytida ham bajarilaveradi. Hatlab о‘tib burilganda qisqa-qisqa 2-3 qadam tashlash hisobiga kerakli yо‘nalishga qarab olinadi. Harakat yо‘nalishini tо‘satdan va tez о‘zgartirishda sakrab burilish samaraliroqdir. Bu ish burilish tomonga faol depsinib bajariladi. Silkinsh oyoqning kafti ham shu tomonga aylantiriladi. Sakrash unchalik baland bо‘lmasa ham tо‘la-tо‘kis bajariladi. Tayanch oyoqda burilishning ikki turi bor. Birinchisida burilish yо‘nalishidan uzoqdagi oyoqqa tayanib buriladi. Bunda futbolchi gavda og‘irlik markazi о‘qining proyeksiyasini tayanch sath chegarasidan chiqarib, tayanch oyoq uchida burilish tomonga aylanadi. Ikkinchisida harakat yо‘nalishiga yaqin oyoqqa tayanib buriladi, gavda og‘irlik markazining о‘qi burilish tomonga kо‘chadi. O‘tkaziladigan oyoqni ham shu yо‘nalishda tayanch oyoqning old tomoniga chalishtirib qо‘yiladi. Burilish sal bukilgan tayanch oyoq uchida bajariladi. Maydon о‘yinchisining texnikasi ikkita kichik bо‘limdan iborat. Bulardan biri harakatlanish texnikasi bо‘lsa, ikkinchisi tо‘pni boshqarish texnikasidir. Maydon о‘yinchilari harakatlanish texnikasining yuqorida tahlil qilingan xilma-xil uslublari, usul va turlarining barchasidan foydalanadilar. Tо‘pni boshqarish texnikasiga quyidagi uslublar guruhi kiradi: zarba berish, tо‘pni tо‘xtatish, tо‘pni olib yurish, aldash harakatlari (fintlar), tо‘pni olib qо‘yish. Bundan tashqari, qо‘lda bajariladigan spetsifik usul – yon chiziqning naryog‘idan tо‘pni tashlab berish ham tо‘pni boshqarish texnikasiga kiradi. О‘yin vaqtida qaysi usul qancha miqdorda ijro etilishi futbolchilarning о‘yindagi funksiyalariga bog‘liq. Usullarning ijro etish sifati esa maydon о‘yinchilarining hammasida yuksak darajada bо‘lishi kerak. Sport faoliyati 1-kurs (sirtqi) futbol yonalish talabasi I.Mirzabayev Download 27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling