1. Fyuchers savdosi tushunchasi Fyuchers savdosining tarixi va vujudga kelish sabablari Fyuchers savdosining maqsadlari

Download 20.13 Kb.
bet2/3
Sana12.03.2023
Hajmi20.13 Kb.
#1262399
1   2   3
Fyuchers savdosining maqsadlari

Birja nuqtai nazaridan fyuchers savdosi bu – birja savdosining bozor xo'jaligi sharoitlarida, bozor vositachi strukturalari har xil turlarining doimiy raqobat kurashi jarayonidagi rivojlanish tabiiy evolyutsiyasi natijasidir. Real tovar bilan savdo oldidagi katta ustunlik tufayli fyuchers savdosi birjaga bozor iqtisodiyotining shakllanish sharoitlarida kun ko'rish, pul ishlab topish va kelgusi rivojlanish uchun kapital jamg'arishga imkon berdi. Boshqacha qilib aytganda, fyuchers savdosini rivojlantirgan holda birjalar ko'zlagan maqsad bozor muhitida faoliyat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan miqdorda daromad olish hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyotida narxni bashorat qilish imkoniyati ishlab chiqarishning rivojlanish va umumlashtirish darajasi yuqoriligidan, uning xalqaro integratsiyasidan ham kelib chiqadi. Fyuchers birja savdosi, ko'rsatilgan shart-sharoitlarga asoslangan holda, bunday narxni bashorat qilish bozor mexanizmini yaratadi
Bozor xo'jaligi nuqtai nazaridan fyuchers savdosining maqsadi tadbirkorlar keng doirasining real tovar bozorida narx o'zgarishlarini sug'urtalash, yetakchi xomashyo va yoqilg'i tovarlarini bashorat qilish, yakuniy hisobda esa birja savdosidan foyda olishga ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi

  1. Birja fyuchers savdosi mexanizmi

Birja fyuchers savdosi mexanizmining asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi:

fyuchers shartnomalari bilan birja savdolarini tashkil qilish;
hisob-kitob tartibi va fyuchers shartnomalarini tugatish tartibi;
fyuchers shartnomalari ijro etilishini tashkil qilish.
Fyuchers shartnomalari bilan savdo mijozning birjada savdo qilayotgan brokerlik firmasi vakiliga ariza berishidan boshlanadi.
Fyuchers shartnomalari bilan savdo mijozning birjada savdo qilayotgan brokerlik firmasi vakiliga ariza berishidan boshlanadi.
Ariza shakli mijozning ushbu firma uchun doimiy yoki bir martalik mijoz ekanligiga, mijoz va firma o'rtasida unga birja xizmatlari ko'rsatishga shartnoma mavjudligiga qarab yozma yoki og'zaki shaklda bo'lishi mumkin.
Arizaga tovar haqidagi, yetkazib berish muddati, shartnomalar soni va narx haqidaiga ma'lumotlar kiritiladi. Narxga nisbatan mijoz uning eng yuqori va past chegaralarini kelishib oladi yoki shartnomalarni joriy bozor narxi bo'yicha sotib olishga (sotishga) buyruq beradi.
Birja brokeri savdo jarayonida shartnomalarni sotib olish(sotish) buyurtmasini – taklif etilayotgan narx va ularning sonini baqirib aytadi. O'z navbatida, xuddi shu turdagi shartnomalarni sotish(sotib olish) buyurtmasini olgan boshqa brokerlar o'z narxini taklif etadi. Xarid narxi va sotuv narxi mos kelgan taqdirda bitim tuzilgan hisoblanadi va darhol birja tizimlarida ro'yxatga olinadi.

Fyuchers savdosi bo'yicha hisob-kitoblar tartibi ancha murakkab xarakterga ega. Fyuchers shartnomalari bo'yicha barcha hisob-kitoblarning moddiy asosi sifatida fyuchers savdosini tashkil qilishda yetakchi texnik bo'g'in hisoblangan hisob-kitob palatasi yoki hisob-kitob markazi namoyon bo'ladi. Hisob-kitob palatasi bozorning moliyaviy barqarorligini hisob-kitob palatasini aylanib o'tib ta'minlashi ko'zda tutilgan. Hisob-kitob shakllari ularning ushbu mamlakatda qo'llanishiga bog'liq bo'ladi. Odatda bu cheklar orqali hisob-kitob hisoblanadi. Birjalar tovarni yetkazib erish (olish) joyini tanlashga diqqat bilan qaraydilar, chunki buning o'zi fyuchers shartnomasi ijro etilshining kafolati hisoblanadi.

  1. Download 20.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling