1. Gastrointestinal peptid-gormonlar
Download 0.9 Mb.
|
Gastrointestinal peptid garmoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glyukagon ta’sirining mexanizmi
Glyukagon - oshqozon osti bezi Langergans orolchalarining alfa-hujayralarining gormoni. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha peptid gormon. Uning molekulasi 29 ta aminokislota qoldig‘idan iborat, MM 3485 Da.
Glyukagon 1923-yilda Kimbell va Merlin tarafidan ochilgan. Uning birlamchi tuzilishi quyidagicha: NH2-His-Ser-Gln-Gly-Thr-Phe-Thr-Ser-Asp-Tyr-Ser-Lys-Tyr-Leu-Asp-Ser-Arg-Arg-Ala-Gln-Asp-Phe-Val-Gln-Trp-Leu-Met-Asn-Thr-COOH 111-rasm. Glyukagon molekulasining birlamchi strukturasi Glyukagon ta’sirining mexanizmi uning jigardagi glyukagon uchun spesifik bo‘lgan retseptorlar bilan bog‘lanishidan kelib chiqadi. Bunday bog‘lanish G-oqsillar orqali adenilatsiklaza aktivligining ortishiga va sAMF hosil bo‘lishiga olib keladi. Natijada jigarda to‘plangan glikogenning katabolizmi (glikogenoliz) kuchayadi. Glyukagon, gepatotsitlar uchun glikogenning parchalanishi hisobiga qonga glyukoza chiqarish kerakligi, yoki boshqa moddalardan glyukoza sintez qilinishi (gyukoneogenez) kerakligi haqida tashqi signaldir. Shunday qilib, glyukagon jigarda glikogenning parchalanishini stimullash natijasida qonda glyukoza miqdorini bir xil ushlab turishga yordam beradi. Glyukagon shuningdek jigarda glyukoneogenez, lipoliz va ketogenez jarayonlarini aktivlashtiradi. Glyukagon skelet mushaklarining glikogeniga deyarli ta’sir o‘tkazmaydi, bunga sabab ularda glyukagon retseptorlarining yo‘qligidir. Glyukagon oshqozon osti bezi sog‘lom β-hujayralaridan insulinning sekresiyasi ortishini keltirib chiqaradi va insulinaza aktivligining tormozlanishiga olib keladi. Bu glyukagon tufayli vujudga keluvchi giperglikemiyaga qarshi fiziologik mexanizmlardan biridir. Odam va hayvonlar glyukagonining birlamchi strukturasi identik bo‘lib chikdi, faqat kurka glyukagonida 28 holatda asparagin o‘rnida serin joylashgan. Glyukagon tuzilishining o‘ziga xosligi – uning molekulasida disulfid bog‘larining yo‘qligidir. Glyukagon S-oxirida qo‘shimcha oktapeptid tutgan o‘zining o‘tmishdoshi - proglyukagondan hosil bo‘ladi. Proglyukagonning ham proinsulinga o‘xshash, o‘tmishdoshi bor – preproglyukagon, MM 9000 Da, lekin, uning strukturasi hozircha o‘rganilmagan. Biologik ta’siriga ko‘ra glyukagon, adrenalin kabi, giperglikemik faktorlar qatoriga kiritiladi, u qonda glyukoza miqdorini jigarda glikogen parchalanishi hisobiga ko‘paytiradi. Gastrin – xlorid kislotasini ishlab chiqarilishini stimullovchi peptid. Gastrinning 3 ta asosiy tabiiy shakli mavjud: «katta gastrin» yoki gastrin-34 – 34 ta aminokislota qoldig‘idan tuzilgan peptid; «kichik gastrin» yoki gastrin-17 – 17 ta aminokislota qoldig‘idan tuzilgan peptid; va «mini-gastrin» yoki gastrin-13 – 13 ta aminokislota qoldig‘idan tuzilgan peptid. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha bu gastrinlar bir-biriga gomologik. Ular molekulasining maxsus retseptorlar bilan bog‘lanuvchi aktiv qismi 5 ta aminokislotadan iborat qismdir. Gastrinlarning sintetik analogi bo‘lgan pentagastrin aynan mana shu 5 ta aminokislotadan tuzilgan. Gastrin-17 gastrin-34 ning S-oxiri fragmentini tashkil etadi. Minigastrin gastrin-17 molekulasining 5-17 aminokislotalarni o‘z ichiga olgan fragmenti bilan mos. Gastrin-34 oshqozon osti bezida ishlab chiqariladi, gastrin-17 va gastrin-14 asosan oshqozonning o‘zida sintezlanadi. Gastrin molekulalari chiziqli tuzilishga ega. Turli organizmlar gastrinlari orasidagi farq 5-, 8- va 10-holatdagi aminokislotalarda bo‘ladi. Molekulasi tarkibida 5 ta glutamin kislotasi qoldig‘i (Glu) bo‘lgani uchun gastrin kuchli kislota xossalariga ega. Gastrin 12-holatdagi sulfogruppasi bo‘lmaganida ham mavjud bo‘la oladi. Gastrinning to‘liq biologik aktivligini uning 6-17 aminokislotalarni o‘z ichiga olgan fragmenti saqlab turadi. Odam gastrinining birlamchi strukturasi – gastrin-17 Gastrin-34 molekulasining tuzilishi Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling