1. Gastrointestinal peptid-gormonlar


Vazoaktiv intestinal polipeptid (VIP)


Download 0.9 Mb.
bet5/6
Sana02.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1146571
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Gastrointestinal peptid garmoni

Vazoaktiv intestinal polipeptid (VIP) - oshqozon-ichak traktida qon tomirlarini kengaytiruvchi va oshqozon osti bezi tarafidan suv va elektrolitlarning sekresiyalanishini, o‘t (jelch) sekresiyalanishini kuchaytiruvchi neyropeptid-gormon. Vazoaktiv intestinal polipeptid – neyropeptid bo‘lib, ko‘p organlarda – ichaklar, bosh va orqa miya, oshqozon osti bezida aniqlangan. Vazoaktiv intestinal polipeptid 28 ta aminokislota qoldig‘idan tuzilgan, uning birlamchi strukturasi quyidagicha:

H-His-Ser-Asp-Ala-Val-Phe-Thr-Asp-Asn-Tyr-Thr-Arg-Leu-Arg-Lys-GIn-Met-Ala-Val-Lys-Lys-Tyr-Leu-Asn-Ser-lle-Leu-Asn-NH2
115-rasm. Vazoaktiv intestinal peptidning tuzilishi
Strukturasi bo‘yicha VIP sekretinga va qator peptid gormonlarga masalan, gipofizni aktivlashtiruvchi peptid (RASAR), glyukozaga bog‘liq insulinotrop gormon, gastroingibirlovchi peptid (GIP), glyukagon, glyukagonga o‘xshash peptid-1, kalsitonin, kalsitonin gen-bog‘lovchi peptid, parat-gormon, kortikotropin-rilizing faktor, o‘sish gormonining rilizing-faktoriga gomologik tuzilgan. Shuning uchun, VIP yuqorida keltirilgan gormonlar qatori sekretin oilasiga kiritilgan.

Vazoaktiv intestinal peptidning 1-12 aminokislota ketma-ketligi fragmenti

  1. Gastroingibirlovchi polipeptid, glyukozaga bog‘liq insulinotrop gormon – o‘n ikki barmoqli ichak va ingichka ichakning proksimal qismidagi K-hujayralar ishlab chiqaradigan peptid-gormon. Oshqozonda kislota ishlab chiqarilishini bostiruvchi peptid.

1 16-rasm. Gastroingibirlovchi polipeptidning tuzilishi
Odamning glyukozaga bog‘liq insulinotrop gormoni 42 ta aminokislota ketma-ketligidan tuzilgan bo‘lib, molekulasining bir qismi sekretin molekulasi bilan, ikkinchi qismi glyukagon molekulasi bilan tuzilishi bo‘yicha mos. Uning birlamchi tuzilishi quyidagicha:
H-Tyr-Ala-Glu-Gly-Thr-Phe-lle-Ser-Asp-Tyr-Ser-lle-Ala-Met-Asp-Lys-lle-His-Gla-Glii-Asp-Phe-Val-Asn-Trp-Leu-Leu-Ala-GIn-Lys-Gly-Lys-Lys-Asn-Asp-Trp-Lys-His-Asii-lle-Thr-GiD-OH


  1. Download 0.9 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling