qutbiy oʻq OX bilan OS chiziq orasidagi burchak oʻlchanadi. Bunda OS
chiziq– radius vektor, –oriyentirlash burchagi.
2.1.
Oʻzbekistonda qoʻllaniladigan koordinata sistemalari
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bir qator tarmoqlari
(Oʻzyergeodezkadastr, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, qurilish va
transport tashkilotlari hamda boshqalar) amaliy masalalarini yechishda
geodezik kenglik, uzunlik va ortometrik balandlikdan iborat boʻlgan
koordinata asosi zarur. Ammo hozirgi kunda respublikamizda yer sirtida
joylashdan GNSS kosmik tizimi kabi global vaqt-koordinata hisoblash tizimi
mavjud emas. Boshqa tomondan esa yer tayanch koordinatalar sistemasi
bilan geoidning fizik sirti orasidagi bogʻliqlik yetarlicha aniqlik bilan
topilmagan.
Mehnat unumdorligini oshirish va boshlangʻich geodezik ma’lumotlarni
toʻplash bilan bogʻliq xarajatlarni kamaytirish maqsadida geodezik asos bilan
ta’minlash usulini ishlab chiqish zarur. Dastavval, loyiha tadqiqot guruhi
tomonidan ushbu muammoning birinchi qismi – Kitob-Toshkent tayanch
bazisini yaratish masalasi yechilgan edi. Nuqtalarning aniqligini baholash
maqsadida yaratilgan dasturiy ta’minot uchun davlat patenti olingan.
Hozirgi kunda Krasovskiy ellipsoidiga asoslangan tayanch geodezik
tarmogʻini topogeodezik va geofizik xizmatlar oʻz hisob-kitoblarida
ishlatib kelmoqdalar. GNSS tizimi WGS-84 Xalqaro balandlik sistemasiga
tayanadi, shuning uchun koordinata va balandlikni sun’iy yoʻldoshlar
yordamida aniqlaydigan qabul qilgichlarning ommaviylashishi natijasida
ikki xil koordinatalar sistemasi orasidagi farq muammosi kun tartibiga
Do'stlaringiz bilan baham: |