1. Gavda va buyin muskullari Gavda muskullari. Ko‘krakning yuza muskullari


Download 268.29 Kb.
bet4/6
Sana30.03.2023
Hajmi268.29 Kb.
#1310295
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Gavda muskullari

Chaynash muskullari
Ch a k k a m u s k u l i (m. ternporalis) yelpig‘ich shaklda bo‘lib, boshning yon tomonida joylashgan. U chakka chuqurligidan boshlanib, yonoq yoyi tagidan o‘tadi va pastki jag‘ning o‘tkir o‘simtasiga birikadi.
X u s u s i y ch a y n a sh m u s k u l i (m. masseter) to‘rtburchak shaklda bo‘lib, yonoq yoyidan boshlanadi va pastki jag‘ suyagining burchagiga tashqi tomondan birikadi.
T a sh q i q a n o t s i m o n m u s k u l (m. pterygoideus lateralis) asosiy suyakning qanotsimon tanglay o‘simtasidan boshlanib, pastki jag‘ning bo‘g‘im o‘simtasiga birikadi. Bu muskullar qisqarganda, pastki jag‘ni bir oz oldinga chiqarib, yuqoriga ko‘taradi.
I ch k i q a n o t s i m o n m u s k u l (m. pterygoideus medialis) asosiy suyakning qanotsimon o‘simtasidan boshlanib, pastki jag‘ suyagining burchagiga ichki tomondan birikadi. U qisqarganda pastki jag‘ni bir oz orqaga tortib, yuqoriga ko‘taradi. Bu muskullar bir tomonlama qisqarsa, pastki jag‘ni bir tomonga qiyshaytiradi.
Mimika muskullari. Mimika muskullari odamda yaxshi rivojlangan bo‘lib, suyakdan boshlanib teriga birikadi. Ular qisqarganda terini bir tomonga tortib, kishini turli ruhiy holatlarda aks ettiradi. Mimika muskullari asosan yuzda joylashadi. Ular og‘iz, ko‘z teshiklari atrofini o‘rab oladi. Bu muskullar so‘zlash, chaynash, nafas olishda ham ishtirok etadi. Mimika muskullariga: peshana, qoshni chimiruvchi, mag‘rurlik, ko‘z atrofining halqasimon, burun, yonoq, yuqorigi labning kvadrat va it chuqurchasini to‘ldiruvchi, og‘izning halqasimon, pastki labning kvadrat, pastki labning uchburchak, iyak, lunj, kulgi muskullari va boshqalar kiradi.
Ko‘zning doiraviy muskuli ko‘z kosasi va qovoqlar atrofida joylashadi. Ular qisqarganda yuqorigi qovoq pastga tushadi. 138

Qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi muskul qoshni chimiradi, ya’ni qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. U bir uchi bilan peshana suyagining burun kismiga, ikkinchi uchi bilan qoshlar terisiga birikadi.


Og‘izning doiraviy muskuli og‘iz atrofida, lablar ichida joylashgan. U qisqarganda og‘izni bekitadi va lablar bir oz oldinga chiqadi. Bu muskul odamsimon maymunlarda yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Yonoq muskuli og‘iz burchagini yuqoriga va orqaga tortadi. Lunj muskuli yuqori-pastki jag‘lardan boshlanib, og‘iz burchagiga birikadi, u qisqarganda og‘iz burchagini opqara tortadi, lunjni tishlarga yopishtiradi. So‘rish, chaynashga yordam beradi.
Yuqorigi labning kvadrat muskuli uch tutamdan: yonoq boshi, ko‘z kosasi osti va ichki burchak boshidan iborat bo‘lib, bular pastda og‘iz burchagiga birikadi.
Pastki labning kvadrat muskuli kvadrat shaklda bo‘lib, qisqarganda pastki labni pastga tushiradi.
Burun muskuli burun qanotlarida joylashgai. U qisqarganda burun kataklarini toraytiradi.
Pastki labning uchburchak muskuli uchburchak shaklda bo‘lib, pastki lab burchagini pastga tortadi.
Kulgi muskulli og‘iz burchagi bilan quloq oldi fassiyasiga tutashgan bo‘lib, qisqarganda og‘iz burchagini chetga tortadi,
Yelka kamari muskullari . Bu muskullar yelka kamari, yelka bo‘g‘imi, tirsak bo‘g‘imi, ayniqsa, qo‘l panjasi harakatlarida aktiv ishtirok etadi. Yuqorigi kamar muskullari yelka kamari, yelka oldi, panja muskullariga bo‘linadi.
Yelka kamari muskullari yelka kamari suyaklari yuzasida bo‘lib, asosan, yelka bo‘g‘imidagi harakatlarda ishtirok etadi.
Deltasimon muskul (m. deltoideus) eng kuchli muskul bo‘lib, o‘mrov suyagining akromial uchidan, kurakning akromial o‘simtasi va qirrasidan boshlanib, yelka suyagining tashqi yuzasidagi deltasimon g‘adir-budurlikka birikadi. Uning 3 gruppasi bo‘lib, birinchi gruppasi qisqarsa, bir oz bukish, orqa gruppasi qisqarsa, yozish, umuman, qisqarsa, tanadan uzoqlashish harakatlari bajariladi.
Kurak osti muskuli (m. subscapularis) kurak osti chuqurchasiga joylashib, yelka suyagining kichik do‘ngchasiga birikadi. U qisqarganda uzoqlashgan qo‘lni tanaga yaqinlashtiradi va yelkani ichki tomonga buradi.
o‘siq usti muskuli (m. supraspinatus) kurak suyagining orqa o‘simtasi ustida joylashgan bo‘lib, yelka suyagining katta do‘ngchasiga va bo‘g‘im kapsulasiga birikadi, u qisqarganda yelkani tanadan uzoqlashtiradi

o‘siq osti muskuli (m. infraspinatus) kurak suyagining orqa o‘simtasi tagida joylashgan bo‘lib, yelka suyagining katta dungchasiga hamda bo‘g‘im kapsulasiga birikadi. Uning tagida kichik yumaloq muskul (m. teres minor) joylashgan. Bu muskul kurakning tashqi burchagidan boshlanib, yelka suyagining katta dungchasiga birikadi. Bu muskullar qisqarganda yelkani tashqi tomonga buradi.


Katta yumaloq muskul (m. teres major) kurak suyagining pastki burchagidan boshlanib, yelka suyagi kichik do‘ngchasining g‘adir-budurligiga birikadi. U qisqarganda yelkani ichkari tomonga buradi va tanaga yaqinlashtiradi.

Download 268.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling