53. geografik xaritaning ta’rifini asosiy xususiyatlarini sharhlab bering.
Geograik xaritalar g’oyat ko’p va xilma-xildir. Xaritalar - o’rganish, hisobga olish, saqlash va boshqa maqsadlar uchun mo’ljallangan bo’lishi mumkin.Xaritalar 4 ta asosiy belgisiga ko’ra, ya’ni xaritada tasvirlangan hu-dudning katta-kichikligiga, masshtabiga, mazmuniga va ko’zda tutilgan maqsadiga qarab guruhlarga ajratiladi.Tasvirlangan hududning katta-kichikligiga ko’ra, xaritalar: dunyo va yarimsharlar, materiklar va okeanlar hamda ularning qismlari, tabiiy o’lka-lar va ularning qismlari, mamlakatlar, viloyatlar va boshqa ma’muriy birliklar xaritalariga bo’linadi.
54. Geografik (umumgeografik va mavzuli) xaritani elementlari, ularni farqini izohlang. Umumgeografik xaritalar masshtabi boʻyicha — yirik masshtabli, oʻrta masshtabli va mayda masshtablilarga boʻlinadi. Lekin ular qaysi masshtabda tasvirlansa ham, ularning mazmunini tashkil etgan elementlarning asosiylari saklanib qoladi. Bular — suv obyektlari, relyef, tuproq va oʻsimlik qoplami, aholi yashaydigan joylar, aloqa yoʻllari va aloqa vositalari, davlatlar va ulardagi maʼmuriy chegaralar hamda ijtimoiy-iqtisodiy elementlar (sanoat, qishloq xoʻjaligi va b.)dir. Mavzuli xaritalar birorta mavzuga bagʻishlangan boʻladi. Mavzu toʻliq tasvirlanadi, lekin geografik asosini umumgeografik xaritalarning elementlari tashkil qiladi, yaʼni mavzuga mos qilib geografik asos yaratiladi.
55. Geografik xaritani matematik asos elementlari va ularni asosiy vazifasi nima?
Geografik xaritalar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy obyektlarning joylanishi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va hodisalarga xos hududiy farqlarni aks ettiribgina qolmasdan, balki ularga xos hududiy kompleks qonuniyatlarini ham aniqlashga imkon beradi. Buning asosida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni milliy va turli hududiy miqyoslarda bashoratlashtirish, rejalashtirish va boshqarishning mustahkam ilmiy-metodologik asoslarini tayyorlash mumkin. Shu nuqtayi nazardan yangi tipdagi xaritalar yaratishni davr taqozo qilmoqda (mas, bashorat qilish, baholash, rejalashtirish, loyihalash va b. xaritalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |