1. Gidrosferaning tuzilishi. Suvning aylanma harakati


Download 1.31 Mb.
bet1/5
Sana21.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1644120
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu


MAVZU: GIDROSFERANING TUZILISHI. SUVNING AYLANMA HARAKATI. SUVLIK VA QURUQLIKNING O’ZARO TA’SIRI
Reja:

1. Gidrosferaning tuzilishi.

2. Suvning aylanma harakati.

3. Geografik qobiqda suv muvozanati.

Tayanch iboralar: Gidrosfera, Dunyo okeani, quruqlikdagi suvlar, Yerosti suvlari, Yer usti suvlari, jahon suv zahirasi, transpiratsiya,kondensatsiya, sublimatsiya.

1. Gidrosferaning tuzilishi. Gidrosfera Yer po’sti va atmosferaning o’rtasida joylashgan. Gidrosfera okean va quruqlik suvlaridan iborat. Gidrosfera suvlarining asosiy qismi okeanlar suviga to’g’ri keladi. Boshqa suv ob’ektlaridan Yer osti suvlari va muzliklar ajralib turadi. Ular chuchuk suvlarning asosiy manbaidir. Yer po’stining g’ovaklarida va muzliklarda suv resurslarining eng muhim qismi bo’lgan chuchuk suvlarning asosiy qismi joylashgan.


Demak, gidrosfera okean va quruqlik suvlaridan iborat ekan. Okean suvlari Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeani suvlaridan iborat. Quruqlik suvlari o’z navbatida yer usti va yer osti suvlariga bo’linadi. Yer usti suvlari daryo, ko’l, botqoq va muzliklar suvlaridan, yer osti suvlari esa suyuq va muzloq suvlardan tashkil topgan. Ko’p yillik muzloq yerlar asosan Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qismlarida tarqalgan. Muzlar esa Antarktida va Grenlandiyada hamda baland tog’larda tarqalgan.
Gidrosfera Yer yuzasini yoppasiga to’xtovsiz qoplamasa ham, uning 70,8% ni tashkil qiladi (510,1 mln. km2 dan 361 mln. km2).
Suv qanday bo’lishidan qat’iy nazar asosiy landshaft hosil qiluvchi omildir. Suv geografik qobiqdagi hamma jismlar tarkibida u yoki bu darajada mavjud.
Jahonda suvlarning zahirasi turlicha. Juda katta maydonga va hajmga okean suvlar, 97,2% ga ega.
Chuchuk suvlarning umumiy hajmi jahon suv zahirasining 2,15%ini tashkil qilar ekan. Qolgan suvlar esa ichishga yaroqsiz bo’lgan sho’r suvlardir1.
Ko’p olimlar gidrosferaga atmosferadagi va organizmdagi suvlarni ham qo’shishadi, ammo ularning miqdori juda ham kichikdir. Masalan, atmosferadagi suvlar jahon suv zahirasining 0,001% ini, chuchuk suvlarning esa 0,04% ini tashkil qiladi (9-rasm )
Suv –Yer sharida eng ko’p tarqalgan mineral. U vodorod bilan kislorodning eng oddiy (N2O) birikmasi bo’lib, o’ziga xos xususiyatlarga ega. Suv molekulalari tez harakat qilganligi sababli muz O0Sda eriydi, suv esa 1000da qaynaydi. Shu sababli u geografik qobiqda uch holatda –suyuq, qattiq va bug’ holida uchrab, bir holatdan ikkinchi holatga oson o’tib turadi.
Suvning zichligi haroratga bog’liq ravishda o’zgaradi. Barcha jismlar suyuq holatdan qattiq holatga o’tganda zichlashadi, muz esa suvdan yengil. Muzning tetraedrik tuzilishi boshqa jismlarga qaraganda g’ovak, bu esa yonma-yon joylashgan vodorod molekulalarining o’zaro bo’sh bog’langanligi sabablidir. Muz yengilligi sababli suv havzalari yuzasida cho’kmay turadi va issiqlikni yomon o’tkazishi tufayli pastki qismlaridagi suvlarni muzlashiga yo’l qo’ymaydi va
organizmlarni kirilib ketishidan saqlaydi. Suv +40Sda eng zich bo’ladi. Shu sababli suv havzalarining chuqur qismida harorati +40S ga teng bo’lgan zich suv to’planib qoladi.
Bu esa gidrosfera hayotida juda muhim rol o’ynaydi. Baland tog’larda va qutbiy o’lkalarda qor va muz qoplami tuproqning muzlashiga yo’l qo’ymaydi va mavjudotlarni muzlab qolishdan saqlaydi. Suvning erituvchanlik xossasi geografik qobiqdagi moddalar almashinuvi, ya’ni hayotni mavjudligini ta’minlaydi.
Dunyo okeani xususiyatlaridan biri uning dunyoda ya’ni tabiatda suvning katta aylanma xarakatida ishtirokidir. Okeanlardan suvlar bug’lanib yog’ingarchilik yog’ishiga olib keladi2




Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling