1. Gidrosferaning tuzilishi. Suvning aylanma harakati
Geografik qobiqda suv muvozanati
Download 1.31 Mb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon suv muvozanati
- Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
4. Geografik qobiqda suv muvozanati. Yer yuzasiga yiliga 577 1012m3 yog’in yog’adi va shuncha suv bug’lanadi. Okean yuzasiga bir yilda 458 1012m3 yog’in yog’adi. Okean yuzasidan bir yilda 505 1012m3 suv bug’lanadi, quruqlik yuzasidan esa 72 1012m3 (4-jadval). Yer yuzasiga yoqqan yog’inlarning qolgan qismi daryolarni, ko’llarni, botqoqlarni, muz va qorlarni hamda yer osti suvlarini hosil qiladi. Ular ham asta-sekin okean tomon oqa boshlaydi.
4- jadval Jahon suv muvozanati
Okean, atmosfera va quruqlik yuzasiga keladigan namning asosiy manbai hisoblanadi. Okean yuzasidan yiliga 505 mln.km3 suv bug’lanadi, ya’ni 1395 mm. qalinlikda suv bug’lanadi. Eng ko’p bug’lanish tropik kengliklarda kuzatiladi (2000 mm), ekvatorda 1500 – 1000 mm, qutb atrofida 600-500 mm. Okean daryolardan 47 mln.km3 suv oladi. Okean suvining o’rtacha ko’tarilishi 1,5 mm/yil. Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Gidrosfera deganda nimani tushunasiz? 2. Gidrosferaning tarkibiy qismlari sxemasini chizing. 3. Gidrosfera qanday xususiyatlarga ega? 4. Geografik qobiqda moda va energiya aylanishida gidrosferaning to’tgan urni nimalardan iborat? 5. Suvning katta va kichik aylanasi qanday vujudga keladi? 6. Insonning xo’jalik faoliyati natijasida qanday suv aylanmasi vujudga kelmoqda? 1 V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment».2003, 115-b (mazmun-mohiyatidan foydalanildi). 2 Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”. 2003, , 470-471- bet (mazmun-mohiyatidan foydalanildi), 2003. 3 Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”. 2003, 122-123- bet (mazmun-mohiyatidan foydalanildi), 2003. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling