1. Go‘dak bolalarning vaznini o‘lchash Maqsad


Download 49.5 Kb.
bet1/3
Sana07.03.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1243827
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzuga tegishli algaritmlar


1. Godak bolalarning vaznini olchash
Maqsad:
- Bolaning jismoniy rivojlanishini baholash;
-ovqatlanish darajasini baholash.
Moddiy asbob-anjomlar:
-Qorizontal tarozi;
-rezina qo‘lqoplar;
-zararsizlantiruvchi eritma, salfetka;
-ruchka, qog‘oz.
Zaruriy sharoit:
Bola ovqatlanishdan oldin, yechintirilgan holda bo‘lishi kerak, har gal muayyan bir vaqtda vazn o‘lchash, yaxshisi ertalab, nonushtadan oldin o‘lchanadi.
Bajarish algoritmi:
-Onaga muolaja o‘tkazish maqsadini va tartibini tushuntiriladi;
-tarozini tekis va mustahkam joyga o‘rnatiladi;
-qo‘llarni yuvib, qo‘lqop kiyiladi;
-tarozi idishi zararsizlantiruvchi eritma bilan artiladi;
-taroziga toza taglik to‘shaladi;
-tarozi toshlari nulga keltiriladi;
-lo‘kidon (zatvor) ochiladi;
-tarozi tekshirilib, muvozanatga keltiriladi;
-lo‘kidon (zatvor) yopiladi;
-bolaning boshi tarozi idishining keng tomoniga qaratib yotqiziladi;
-tarozining kilogramm toshini, so‘ng grammlar toshini siljitib, bola vazni aniqlanadi;
-zatvorni yopib, bola tarozidan olinadi;
-vazn ko‘rsatgichlari yozib olinadi;
-tarozidan taglik olib tashlanadi;
-tarozi idishini zararsizlantiruvchi eritma bilan artiladi;
-qo‘lqoplarni yechib, qo‘llar yuviladi.


2. Ikki yoshdan oshgan bolalarni vaznini olchash
Maqsad:
- Bolaning jismoniy rivojlanishini baholash;
Moddiy asbob-anjomlar:
- Tibbiy tarozi;
- rezina qo‘lqoplar;
- zararsizlantiruvchi eritma, salfetka;
- ruchka, qog‘oz.
Zaruriy sharoit:
-bola ovqatlanishidan avval, muayyan bir vaqtda o‘lchanishi kerak.
Bajarish algoritmi:
-Muolajaning maqsadini va bajarish tartibini bolaga yoki onasiga tushuntiriladi;
- tarozini tekis va mustahkam joyga o‘rnatiladi;
- tarozi lo‘kidoni yopiladi;
- qo‘llarni yuvib, qo‘lqop kiyiladi;
- tarozini zararsizlantiruvchi eritmada artiladi;
- tarozini ustki sohasiga salfetkani yoyiladi;
- tarozi toshlari nulga keltiriladi;
- lo‘kidon (zatvori) ochiladi;
- tarozi muvozanatga keltiriladi;
- lo‘kidon yopiladi;
- bola poyafzalini yechib, tarozi ustki sohasiga turadi;
- lo‘kidon ochiladi;
- bola vazni avval kilogramm, so‘ngra grammlarda o‘lchanadi;
- lo‘kidon yopiladi va bola tarozidan tushadi;
- bola vazni kilogramm va grammlarda yozib qo‘yiladi;
- natija bolaning onasiga aytiladi;
- tarozi ustki sohasidan salfetka olib tashlanadi;
- tarozi zararsizlantiruvchi eritma bilan artiladi;
- qo‘lqop yechilib, qo‘llar yuviladi.



Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling