1. Go‘dak bolalarning vaznini o‘lchash Maqsad


Bir yoshgacha bolalar boyini o‘lchash


Download 49.5 Kb.
bet2/3
Sana07.03.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1243827
1   2   3
Bog'liq
1-mavzuga tegishli algaritmlar

3. Bir yoshgacha bolalar boyini o‘lchash


Maqsad:

- Bolaning jismoniy rivojlanishini baholash.


Moddiy asbob-anjomlar:
- Gorizontal bo‘y o‘lchagich;
- taglik;
- rezina qo‘lqoplar;
- zararsizlantiruvchi eritma;
- salfetka, ruchka, qog‘oz.
Bajarish algoritmi:
- Onaga muolaja o‘tkazish maqsadini va tartibini tushuntiriladi;
- bo‘y o‘lchagichni tekis va mustaxkam joyga o‘rnatiladi;
- qo‘llarni yuvib, qo‘lqop kiyiladi;
- bo‘y o‘lchagich zararsizlantiruvchi eritma bilan artiladi;
- bo‘y o‘lchagich ustiga toza taglik to‘shaladi (raqamlar shkalasi yopilib qolmasligi kerak);
- bolaning boshi bo‘y o‘lchagichning surilmaydigan tomoniga tegib turadigan holda yotqiziladi;
- oyoqlar esa qo‘l bilan tizzasidan asta bosib turiladi;
- suriladigan taxtacha oyoq kaftlariga keltiriladi;
- bola bo‘y o‘lchagichdan olinadi;
- natija yozib qo‘yiladi va onasiga aytiladi;
- taglik olib tashlanadi;
- bo‘y o‘lchagich zararsizlantiruvchi eritmada artiladi;
- qo‘lqop yechilib, qo‘llar yuviladi.


4 Bir yoshdan oshgan bolalarning bo‘yini o‘lchash
Maqsad:
- Bolaning jismoniy rivojlanishini baholash.
Moddiy asbob-uskunalar:
- Vertikal bo‘y o‘lchagich;
- rezina qo‘lqoplar;
- zararsizlantiruvchi eritma, salfetka;
- qog‘oz, ruchka.
Bajarish algoritmi:
- Bola onasiga muolaja o‘tkazish maqsadini va tartibini tushuntiriladi;
- bo‘y o‘lchagichni tekis va mustahkam joyga o‘rnatiladi;
- qo‘llarni yuvib, qo‘lqop kiyiladi;
- bo‘y o‘lchagichni zararsizlantiruvchi eritma bilan artiladi;
- oyoq qo‘yish joyiga salfetka to‘shaladi;
- bola poyafzalini yechib, o‘lchagichga chiqadi;
- to‘rtta nuqta: bolaning tovonlari orqasi, dumbasi, kuraklari va ensasi o‘lchagichga tegib
turishi kerak;
- bolaning boshi sal oldinga shunday engashib tursinki, ko‘z burchaklari va qanshari
gorizontal holatni olsin;
- bo‘y o‘lchagichning surma lo‘kidonini (planshetkasini) bola boshining gumbaziga
tekkuncha tushiriladi;
- shkalaga qarab bolaning bo‘yi santimetrlarda aniqlanadi;
- bola bo‘y o‘lchagichdan tushiriladi;
- natija yoziladi va onasiga aytiladi;
- salfetka olib tashlanadi;
- bo‘y o‘lchagich zararsizlantiruvchi eritmada artiladi;
- qo‘lqoplarni yechib, qo‘llar yuviladi



Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling