1. Go`daklik davri bo`yicha psixologik nazariyalar. Go`dakda muloqot ko`lamining kengayishi


Download 87.5 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi87.5 Kb.
#1633230
1   2   3
Bog'liq
Go\'daklik davri

Asosiy qism
Go`dakning bir yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini o`rganish bo`yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L.Figurin, M.P.Denisova, M.Yu.Kistyakovskaya, A.Vallon, D.B.Elkonin, Ye.A.Arkin, S.Fayans, Sh.Byuler, F.I.Fradkinalarning asarlari alohida ahamiyatga molikdir.
S.Fayans tajribasida go`dakka chiroyli va jozibador o`yinchoqlar 9 sm masofadan ko`rsatilganda u butn vujudi bilan ularga intilgan keyinchalik oraliq 60 sm bo`lganida bolaning intilish, qo`l cho`zishi, sustlashgan va nihoyat ular 100 sm dan ko`rsatilganda bolada intilishi, cho`zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo so`ngan. U o`yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga ham ana shunday befarq qaragan. Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik kuchayib borishini kuzatib borish mumkin.
Yuqoridagi tajriba materiallari asosida, shunday xulosa chiqarish mumkin: kattalr go`dak qatnashayotgan faoliyatni jonlantiradilar. Go`dakni qurshab turgan jismlar borgan sari uning nigohini o`ziga tortib, maftun qilib, qo`zg`atuvchi vazifasini bajarib, bolaning qidirish, mo`ljal olish, chamalash faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tadqiqotchi A.V.Yarmolenko yarim yoshlik go`daklarda jozibali narsalarning o`zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Mkallif olgan ma`lumotlarga qaraganda, go`dak bexisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. Shu bilan birga harakatsiz ko`ruv qo`zg`atuvchisiga diqqatni to`plash 26 sekunddan 37 sekundgacha, harakat qilmayotgan odamga bolaning tikilishi 34 sekunddan 111 sekundgacha, harakatdagi ko`ruv qo`zg`atuvchisiga qarashi, 41 sekunddan 78 sekundgacha, harakatdagi insonga e`tibor berishi 49 sekunddan 186 sekundgacha ortgan. Tajribada go`dakning harakatlanayotgan odamga diqqatni to`plab turishi to`rt marotaba ortgani aniqlangan.
Bizningcha, go`dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini barqarorroq qaratishi uning kattalarga munosabati o`zgarganidan emas, balki ular bilan aloqaga kirishganda sust ritseptor o`rnini faolroq retseptor egallaganidandir. Go`dakda fazoviy tassavurning boyishida jismlarni idrok qilishdagi farqlashning takomillashuvi muhim vosita hisoblanadi. hayot tajribasi ortib borishi, mashqlar natijasida jismlarning alomat va belgilarni farqlash uquvi paydo bo`ladi.
Frantsuz psixologi Anri Vallon go`dakda ijtimoiy ta`sirlanish ortib borishini atroflicha tadqiq qilgan olimdir. Uning tag`kidlashicha, yarim yoshli bolada boshqa odamlardan farqli ravshda javob reaktsiyasi (ta`siri) o`zining yuqori bosqichiga ko`tariladi. Bola olti oyligida boshqa kishilarning imo-ishorasiz ta`siriga javob berishi (ta`sirlanishi) 50 foizgi tashkil qiladi, yetti oyligida esa aynan shu reaktsiya 20 foizga kamayadi, ammo imo-ishora orqali muloqot 41 foizga ortadi; yetti-sakkiz oylikda boshqa kishilarga talpinishi, tabassum qilish birinchi yarim yillikdagidan to`rt marta ko`pdir.
Yuqoridagi tadqiqotlarning fikr-mulohazalarini umumlashtirsak, qimmatli umumpsixologik fikrlarni muayyan tartibda, izchil joylashtirish mumkin bo`ladi. Birinchidan, mazkur yosh davrida bola bilan uni parvarish qilayotgan kattalar o`rtasida yaqin va nisbatan barqaror aloqa o`rnatiladi. Ikkinchidan, go`dak qatnashadigan har qanday favquloddiy holat va muammoli vaziyatda kattalar markaziy siymoga aylanadilar. Uchinchidan, go`daklik davrining oxirida hamkorlikdagi o`yin faoliyati individual o`yin faoliyatiga aylanadi.
SHunday qilib, go`daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish ehtiyoji tug`iladi va bu aloqa nutq davrigacha muloqotning o`ziga xos yangi shakli sifatida bolaning o`sishida muhim rol o`yynaydi. Bir yoshgacha davrda raydo bo`lgan ehtiyojning tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligining nomutanosibligi bir yoshdagi inqirozi keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan qarama-qarshilik o`z yechimini nutq orqali muloqot davrida topadi va bola o`sishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o`tayotganinin ifodalaydi. Go`dakning nutq faoliyati takomillashgani sayin muloqotning mazmuni boyib, ko`lami kengayib boradi. Natijada haqiqiy ma`nodagi shaxslararo munosabat vujudga keladi, go`dakning shaxsga aylanishi va ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi. Mazkur davrda go`dakning o`sishini ta`minlovchi ob`ektiv va sub`ektiv sharoitlar yaratilishi – bolaning faollligi ortishi uchun psixologik negiz bo`ladi.
Harakatning psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini qator tajribalar asosida o`rgangan olimlardan D.B.Elkoninning ishonch bilan ta`kidlashicha 2-3 haftalik go`dakda ko`z konvergentsiyasi vujudga kelsa ham, o`z nigohini turli jismlarga qaratib turish jarayoni qiyin kechadi, hayotining 3-5 haftalarida esa uning nigohi oz fursat bo`lsada, muayyan ob`ektga to`plana boshlaydi. 4-5 haftalik go`dakda 1-1,5 metr naridagi jismlarni kuzatish ko`nikmasi hosil bo`ladi. Ikki oylik bola 2-4 metr uzoqlikdagi narsani kuzatishni o`rganadi, u uch oyligida 4-7 metr oraliqdagi jismlarni ham payqay oladi, nihoyat, 6-10 haftalik go`dak hatto, aylanayotgan predmetning harakatini idrok qilish imkoniyatiga ega bo`ladi. Keyinchalik hissiy organlarining ko`z bilan funktsional aloqalar o`rnatish qaror topadi. Go`dak to`rt oyligida uning jismga tikilish va uni tomosha qilishi nisbatan barqaror bo`ladi.
Yuqoridagi fikrlarga qaramay, mazkur yoshdagi bolalarda qo`l harakati hali beixtiyor xususiyatga ega bo`lib, jismlarna maqsadga muvofiq harakatlantirishdan ancha uzoqdir. Go`dak 4 oyligidan boshlab narsaga qo`lini yo`naltiradi, asta-sekin unda payraslash uquvi namoyon bo`la boshlaydi. 5-6 oyligida predmetni ushlash va uni o`ziga tortib olish (qo`ldan yulib olish) ko`nikmalari shakllanadi. harakat va teri tuyush organlari sifatida qo`sh vazifani o`tovchi ko`rish qobiliyati bir maromda rivojlanishdan bir muncha kechikadi. Bola 6 oyligida unda o`tirish, turish, emaklash, yurish, gapirish ko`nikmalari shakllanadi.
Qo`l ushlash harakatining vujudga kelishi ham go`daklik davrining muhim rivojlanish pallasi hisoblanadi. Chunki qo`l bilan ushlash harakati, birinchidan ko`rish harakatini muvofiqlashtirsa, ikkinchidan, mazkur psixologik holat birinchi yo`naltirilgan harakatni ifodalaydi, uchinchidan, jismlarni ishlashga intilishning o`zi predmet bilan turli harakatlarni bajarish (manipulyatsiya)ning eng qulay shartidir.
Tadqiqotchilarning ta`kidlashlaricha, “yangilik” alomati bola uchun muhim ahamiyat kasb etgani sababli unda orientir refleksi borgan sari faollashib borgan. Shuning uchun “yangi” lik alomatining qo`zg`atuvchilik xususiyati bolaning faoliyatida uchraydigan takroriy va uzluksiz harakat mexanizmlarini tushinishga, idrok qilinayotgan narsalarga faol ko`z yugurtirish va predmet bilan turli harakatlarni bajarishning psixolgik mohiyatini ochishga xizmat qiladi.
R.Ya.Abramovich – Lextman go`dakning bir yoshgacha davrida predmetlar bilan harakat qilishini o`rganib, ularning oltita rivojlanish bosqichidan iborat ekanligini aytadi. Bular: a) faol sergaklik (tetiklik)-2 haftalikdan 4-5 haftalikkacha; b) sensor faollik-1,5 oylikdan 2,5-3 oylikkacha; v) harakatoldi-2,5-3 oylikdan 4-4,5 oylikkacha; g) sodda “sermahsul” harakat –4 oylikdan 7 oygacha; d) o`zaro bog`langan (uyg`un) harakat-7 oylikdan 10 oylikkacha; ye) funetsional harakat –10-11 oylikdan 12-13 oylikkacha davom etadi. Muallif har bir bosqichining o`ziga xos xususiyatlarini ham sxematik, ham tekstual tarzda ifodalagan.
Bir yoshgacha bolalarda ta`sirlanishning eng muhim jihatlari paydo bo`lishi va shakllanishi jarayonining rivojlanishi sxemasini N.L.Figurin va M.P.Denisova tuzdilar. Buning uchun ular ta`sirlanishning 34 ta ko`rinishini tanlab: ta`sirlanish mavjud emasligi, ta`sirlanish namoyon bo`lishi, uzil-kesil ta`sirlanish shakllanishi bosqichlarida psixologik tavsif berganlar.
Predmetning xususiyatiga qarab bola harakatidagi o`zgarishlarni M.Yu.Kistyakovskaya, D.B.Elkonin, Ye.A.Arkin, V.S.Muxina, N.A.Menchinskaya va boshqalar, reptseptor faoliyat mexanizmlarni I.P.Pavlov va uning shogirdlari F.R.Dunaevskiy va boshqalar o`rganishgan. Ularning talqinicha, emaklash-go`dakning fazoda mustaqil holda o`rin almashtirishi, harakat qilishning dastlabki ko`rinishidir. Mustaqil yurish – go`dakning insonlarga xos yo`sinda fazoda siljish, joyidan qo`zg`alishni amalga oshirish uchun muayyan darajada tayyorgarlikni taqozo qiluvchi harakatlarining yangi ko`rinshidir.
SHunday qilib, go`dakning jismlar bilan bevosita amaliy aloqaga kirishuvi va ular yordamida harakatlanishi narsalarning yangi xossa va xususiyatlarini bilib borishi, ular bilan munosabatini yanada kengaytirishi uchun imkon yaratadi.
Go`dakda muloqot ko`lamining kengayishi va nutqning vujudga kelishi.
Oldingi sahifalarda bayon qilinganidek, go`dakning kattalar bilan uzviy bog`liqligi majburiy muloqotga kirishishni taqozo qiladi. Shaxslararo aloqa o`rnatish zarurati bolada noverbal, nutqsiz muloqotning maxsus shakli paydo bo`lishiga olib keladi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, organizmning tashqi va ichki qo`zg`atuvchilariga javobi “jonlanish”ni keltirib chiqaradi. Muloqotning eng oddiy ko`rinishlari keyinchalik boshqa murakkabroq ko`rinishlarining vujudga kelishiga puxta zamin yaratadi.
Katta yoshli kishilar tovushiga taqlid qilib, go`dakni qurshab turgan odamlar nutqini idrok qilinishi tom ma`nodagi nutq faoliyatini tarkib toptiradi. Muloqotning so`nggi turlari go`dak hayotining ikkinchi yarim yilida ko`zga tashlanadi. Uning o`zini parvarishlayotgan, odamlarga ilk tabassum, quvonch va shodlik tuyg`usi bilan boqishi faqat xush kechinmalaridan emas, balki ichki mexanizmlarini ifodalovchi, muayyan darajada tashkil topgan ijobiy ta`sirlanishni aks ettiruvchi muloqotdan ham iboratdir. Katta yoshli odamlardan ta`sirlanish his-tuyg`usi go`dakning hayoti va faoliyatida bir necha yo`nalishda qaror topib boradi. Ulardan bittasi quvonch yoki tabassum tuyg`usida: kattalarga butun vujudi bilan talpinishi, tikilib turishi, harakatlarini kuzatishi, qo`lini uzatishi, boshini qo`zg`atuvchi kelgan tomonga burishi, o`ziga xos tovushlar chiqarishi yoki gugulashida yaqqol ko`rinadi. Ta`sirlanish his-tuyg`usi “jonlanish majmuasi” bilangina emas, balki uning alohida tarkibiy qismlari (tovush, chehra va hokazolar) ta`sirida ham vujudga keladi. Ta`sirlanish tuyg`usi keyinchalik tanlovchanlik xususiyatini kasb etib, faqat ayrim (yaqin, tug`ishgan) kishilarga nisbatangina hosi bo`ladi.
Bolaning hamkorlikdagi (ota-ona, enaga, murabbiya yoki tug`ishganlari ishtrokidagi) o`yin faoliyati ham, his-tuyg`uga berilishi ham nutq va nutq faoliyati bilan chambarchas bog`liq bo`ladi.
Olima G.L.Rozengart-Pupko bolaning nutqni tushinishi (idrok qilishi) jarayonini o`rganib, ko`ruv idroki va predmetlarga ko`z yugurtirish, ularning nomlarini tushinish rivojlanishiga yordam beradi, deya xulosa chiqaradi. Tadqiqotchilardan Z.I.Barabanova go`dakning nutqni idrok qilishini tekshirib, undagi turli analizatorlarning roliga baho beradi. Uning ma`lumotlariga qaraganda, g`o`zqatuvchi 10 marta namoyon bo`lishida ko`ruv analizatorlarining yo`nalishi 86 foiz bolaga saqlangan, eshituv analizatorining esa 60 foiz sinaluvchilarga yo`qola boshlagan. Qo`zg`atuvchining 20 marta ta`sir ko`rsatishi natijasida ko`ruv analizatorini ta`sirlanish orientirovkasi 18 foiz bolada so`ngan, eshituv analizatori xuddi shu paytda umuman batamom so`nib bo`lgan.
D.B.Elkonin xulosasiga ko`ra, nutqni tushinish vujudga kelishining asosiy shartalri quyidagilardan iborat: a) umumiy holatdagi predmetni ajrata olish; b) predmet diqqat e`tiborini to`plash; v) favqulodda holatga qarab anglanadigan his-tuyg`uning mavjudligi va boshqalar.
O`zgalar nutqini tushinish ko`ruv idrokining zamirida vujudga keladi. Bolani o`zgalar nutqini tushinishga o`rgatishda katta odamlar biror o`yinchoqdan ta`sirlanishi hosil qiladigan qo`zg`atuvchini uyg`otadi.
Nutqni idrok qilish va tushunishning oxirgi bosqichi go`dakning 9-10 oyligidan boshlanadi va uni o`zgalarnutqini tushunishning ilk shakli va ko`rinishi deb ataladi.
Tadqiqotchi F.I.Fradkina kattalarning go`dakka qaratilgan nutqidan quyidagi ta`sirlanish holatlarini ko`rish mumkinligin aniqlagan: 1) nomi aytilgan prkdmetga javob tariqasida burilib qarash (7-8 oylikdan); 2) turmush tajribasiga egallangan harakatlarni kattalar eslatishi bilanoq bajarishga intilish (7-8 oylikda); 3) kattalarning nutq orqali ko`rsatmasi bo`yicha oddiy topshiriqlarni bajarish (9-10 oylikda); 4) nutq orqali ko`rsatma bo`yicha zarur predmetni tanlab olish. (10-11 oylikda); 5) “Mumkin emas” degan taqiqlovchi so`z ta`sirida harakatini to`xtatish (12 oylikda) va hokazo.
Go`dakda o`zgalar nutqini idrok qilish va unga javob berishga intilish, xususan qo`zg`atuvchiga javoban u yoki bu harakatni amalga oshirish murakkablashib boraveradi. Bular uning aqliy imkoniyatlari darajasiga (tiyrakligiga, topqirligiga) bevosita bog`liq bo`lib, bola ulardan ta`sirlanish natijasida narsalarga nigoh tashlaydi, uni ushlab olish uchun qo`l cho`zadi, unga emaklab boradi. Tushunish vujudga kelayotgan jarayonda favqulodda holatga qarab ta`sirlanishning o`zi ham murakkablashib boradi. Dastlab ta`sirlanish biror jismga nisbatan paydo bo`ladi, keyinchalik biror jismni boshqa ob`ektlar bilan yonma-yon turgan joyidan tanlab olish birmuncha qiyinchilik bilan ko`chadi. Tushunishning rivojlanish bosqichlari ko`ruv idroki bilan nutq o`rtasidagi o`ziga xos munosabat tariqasida namoyon bo`ladi. Shuning uchun tushunish, ya`ni nutqni idrok qilish go`dakni orientirlash faoliyati negizida vujudga kelib, ko`ruv orientiri shaklida ifodalanadi. Tushunishning o`zi ham ko`ruv orientirning o`sishidan yangi bosqich hisoblanib, harakatning so`z bilan boshqaruv bosqichiga ko`chganligini bildiradi.
D.B.Elkonin fikricha, bir yoshgacha bola psixikasi o`sishining o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) kattalar nutqini tushunish hamda, dastlabki so`zlarni mutaqil talaffuz qilish; 2) predmetlar bilan xilma-xil harakatlarni uyg`unlashtirib, ish-harakatini bajarish; 3) yurishga urinishning ro`y berishi; 4) xatti-harakatni so`z bilan boshqara olish; 5) so`z bilan go`dakning idrok qilish faoliyatini boshqarish va hokazolar.
Go‘daqlik davridagi bolaning hayoti to‘liq kattalar bilan hamkorliqdagi emotsional munosabat bilan bog‘liq bo‘lib, bola qayfiyatining yaxshi bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 4-5 oyligidan boshlab, bola o‘z yaqinlarini begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalar bilan emotsional mimosabat shu yoshdagi bolalaming asosiy yetakchi faoliyati bo‘lib, bola psixik taraqqiyotining asosi bo‘lib hisoblanadi. Kattalaming doimiy ravishda bola bilan birga bo‘lishlariga unga o‘:z diqqatlarini qaratishlariga odatlanishi, uning o‘yinchoqlarga nisbatan qiziqishining susayishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyaning to‘g‘ri olib borilishi bolaning kattalar bilan bo’ladigan muomala- munosabatini predmetlar, o‘yinchoqlar bilan munosabatining almashiriishiga olib keladi. Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha xatti-harakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos bo’ladi. Kattalaming bolaga nisbatan emotsional munosabati, ulaming gaplariga bolaning o‘z diqqatini qaratishi, javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so‘zlami yodida saqlab qolib, emotsiya bildirishi, diqqat, xotira, nutq va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin bo’ladi. Ikki oylik
davridari boshlab bolada oddiy ranglanu ajratish, 3-4 oyligidan boshlab, esa predmetlaming shaklini ajratish layoqati yo’zaga kela boshlaydi.
Go‘dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o‘z onasining yo’zini va ovozini o‘zgalanikidan ajrata boshlaydi. 2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi.
3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga o‘z harakatlari bilan ko‘rish, eshitish yoki gapirishni xohlayotganligini ko‘rsatadilar. 8 oyligidan boshlab esa, bola o‘zgacha muhit va begonalar qo‘liga tushsa, o‘z xavotirini yig‘isi orqali namoyon etadi. Bu xavotii 14-18 oyligida asta-sekinlik bilan kamaya boshlaydi.
2-3 oylik bolalarda yo’zaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda predmetlaming shakli va hajmini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir yoshga yetgan bolada atrof muhitni bilishga qiiziqishi va rivojlanayotgan bilish faolligi ko‘zga (ashlanadi.
Go’dak bolalar jismoniy jihatdan tez rivojlanishi bilan birga psixik jihatdan ham juda tez rivojlanadilar. Chaqaloq bolalar psixikasining rivojlanishi, birinchidan, analizatorlaming takomillashuvi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, mustaqil harakatlarining o'sishi bilan bog’liqdir. Analizatorlaming tez takomillashuvi natijasida bola uch oylik bo’lgandan so’ng unda dastlabki shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi. Demak, ana shu davrdan boshlab bola psixikasi tez rivojlanish yo’liga kiradi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, u dastawal bolada harakat analizatorlari bilan bog’liq bo’lgan, undan so’ng eshitish va ko’rish analizatorlari bilan bog’liq bo'lgan shartli reflekslar yuzaga keladi. Ana shu tariqa barcha analizatorlarga nisbatim har xil murakkablikda shartli reflekslar tobora ko’plab yo’zaga kela boradi. Shartli reflekslaming yo’zaga kelishi bola psixikasining rivojlanishi uchun moddiy zamin bo’ladi.
Keyinchalik, ya’ni ikki-uch oylik bolalarda analizatorlar faoliyatining (akomillashuvi natijasida ta'sir qilayotgan qo’zg’atuvchilami farqlash qobiliyati yo’zaga kela boshlaydi. Dastawal turli ovozlami, so’ngra ayrim yorqin ranglami, ta’mlami, farqlay boshlaydi. Niltioyat, uch oylik bola atrofidagi juda ko’p narsalardan odamni farqlaydigan va odamga nisbatan qandaydir boshqacha reaksiya qiladigan bo'ladi. Uch oylik bola oldiga kelgan odamga tiqilib, emotsional munosabatda bo’la boshlaydi. (J odamga o’zoq vaqt tiqilib qaraydi. Lablarini harakatlantirib, tilini aylantirib, go’yo odamning nutqiga taqlid qilmoqchi bo’ladi. Ana shu davrdan boshlab bolalar bilan imkoni boricha mehribonlik ohangida gaplashib turish kerak. Ana shunday munosabatlar natijasida bolada qandaydir aktivlik, kattalarga talpinish reaksiyasi yo’zaga keladi. Psixologlar bolalarda kattalar bilan bo’lgan munosabatdan yo’zaga keladigan emotsional reaksiyalami jonlanish kompleksi deb ataganlar. Bu kompleksda bola uning bilan munosabatda bo’layotgan odamga muloyim tiqilib, jilmayadi, qo’l va oyoqlari bilan talpinib qandaydir ovoz chiqaradi. Bolada qandaydfir kuchli mamnunlik hissi yo’zaga keladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, agar bolalar bilan keragidan ortiq darajada. munosabatda bo’lib, ularda jonlanish komj^leksini yo’zaga keltira toerilsa, ular kattalarga o’rganib qoladilar va o’yinchoqlarga qarama>' qo’yadilar.
Go’dak bola yoshiga to’lguncha juda ko’p harakadami o’zlashtirib oladi. Bolaning qiladigan turli-tuman haiakatlari orasida qo’l harakatlari psixik tmaqqiyoti uchurt muhim bo’lgan harakatlardir. To’rt oylik bola narsalarga qo’l cho'zeidigan bo’ladi, ammo u hali o’zining qo’l harakatlarini idora qila olmaydi. Bola besh oylik bo’lgach, narsalami ushlab, uni paypaslab, timirsqilab ko’radigan bo’ladi Bolaning qo’l harakatlari atrofidagi riarsalami bilish quroliga aylanadi, chunki u narsalami paypaslab, timirsqilab ko’rish orqali ulaming ayrim xususiyatlarini bilib oladli.
Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlami egallab borishi juda katta rol o’ynaydi. Bola olti oylik bo’lgach, mustaqil o’tira oladigan bo’ladi. Bola o’tira boshlagandan so’ng uning nazar doirasi kengayib, unda yangidan-yangi taassurotlar paydo bo’ladi. Bola ko’z o’ngida yangi taassurotlaming paydo bo’lishi idrok, diqqat, xotira kabi psixik jarayonlaming rivojlanishiga katta yordam beradi. Bola sakkiz oylik bo’lgach yana bir murakkab bo’lgan harakatni, yani emaqlashni boshlaydi. Bola psixikasining rivojlanishida bu yangi harakatning ahamiyati kattadir. Emaklay boshlagach, bolaning atrofidagi narsalar bilan munosabatda bo'lish imkonoyati kengayadi. Natijada mustaqil harakat qilib, yangidan yangi narsalami taniy boshlaydi. Bolani hamma narsa qiziqtiradi. U bir narsani olib ikkinchi narsaga urib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq soladi. Odatda bu yoshdagi bolalar biror narsaning qopg’og’ini ochib yopishni yoqtiradilar. Bunday harakatlar bolaning qo’l muskullarini mustahkamlaydi va narsalaming turli xossalarini bilib olishga yordam beradi.
Og’ir kasallikka uchramay, jismoniy jihatdan sog’lom o’sgan bola 9- 10 oylik bo’lganda yura boshlaydi. Bolaning mustaqil tarzda yura
boshlashi, uning hayotida nihoyat katta hodisadir. Boia yura boshlagandan so’ng uning psixik taraqqiyoti uchun juda katta imkoniyatlar yo’zaga keladi. Yura boshlagan bolaning faolligi kun sayin ortib, erkin harakat qilish doirasi kengayadi. Bemalol yura oladigan bola tor uy doirasidan tashqariga chiqish inkonoyatiga ega bo'ladi. Bu esa idrok doirasini kengaytirib mazmumdor bolishiga yordam beradi.
Olti-yetti oylik bolalarda taqlid qilish harakatlaii paydo bo’la boshlaydi. Bola psixikasining taraqqiyotida taqlidning roli juda kattadir. Bola juda ko’p harakatlami va nutqni asosan taqlid qilish orqali egallaydi. Bolani besh-olti oylikdan boshlab nutqni tushunishga o’rgata boshlash lozim. Buning uchun bolaga o’yinchoq yoki biron narsani bir necha marta nomini aytib ko’rsatish kerak. Keyinchalik bolaga ba’zi narsalaming nomi aytilganda, u ko'zlari bilan shu narsani qidirib topadigan bo’ladi. Bu narsa bolaning kattalar nutqini tushuna boshlagjinidan darak beradi. Bola nutqni ozmi-ko’pmi tushima boshlagsmidan so’ng unga faqat narsahiming nomi emas, balki ayrim sodda harakatlaming nomlarini o’rgata boshlash lozim. Harakatning nomini og’zaki takrorlab ayni vaqtda shu harakatning fc'ajarilishini ham bir necha marta ko'rsatilsa, bola harakatning nomini estiitishi bilan uni bajarishga o’rganadi. Masalan, chapak-chapak, deb takrorlab turib chapak chalinsa bola sbiu so’z aytilishi bilan chapak chaladigan, yosh bolaga “assalom alaykuin”, deb ta’zim qilib ko’rsatilsa, bola shu so’zni cshitisbi bilan ta’zim qiladigan bo'ladi.
Bola ayrim so’zlarga tushuna boshlagach, kattalar bilan ko’proq aloqada bo’lishni xohlaydi. Ana shundan foydalanib, bola bilan imkoni boricha ko'proq munosabatda bo’lishga, uning nutqini o’stirishga harakat qilish lozim. Buning eng oson yo’li bola bilan mashg’ul bo’lgan paytda unga eng sodda so’z elementlarini to’g’ri ayta bilishni o’rgatishdir.Chunonchi, kuchukning rasmini ko’rsatib “rnana, vov-vov”, mushukning rasmini ko’rsatib, “mana, miyov-miyov”, xo'roz yoki tovuqning rasmini ko’rsatib, “mana ku-ku” deyish kerak.Bunda bolalar “vov-vov”, “miyov-miyov”, “kuk-ku” kabi so’z elementlarini ravon talaffo’z qilishga o’rganadilar. Bundan tashqari 9-10 oylik bolalarga o’z tana a’zolarining nomlarini ham o’rgata boshlash kerak. Bolaga - “mana bumi”, “mana og’zi”, “mana ko’zi”, “mana qoshi”, “mana qo’li” deb bir nccha marta takrorlab ko’rsatilgandan keyin, bola o’z a’zolarining nomini aytish bilan ularni birin-ketin ko’rsatadigan boladi. Keyinchalik bolalarda ana shunday sodda so'zlami umunlashtirish qobilyatini ham o'stirish kerak. Bolaga “oyingning ko’zi qani”, “qo’g’irchoqning bumi
qani”, “akangning qo’li qani?” kabi savollar berilsa, bola a’zolarini to’g’ri ko’rsatishga o’rganadi. Bola dastlabki paytlarcla tilga tushuna boshlashi katta odamlarning talafifo’z intonasiyalari va Ishoraga ko’rsatib qiladigan ishora harakatlari bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun hali yoshiga to’lmagan bolalar har bir so'zni shu so’z orqali ifodalangan konkret narsalar bilan bog’lay olmaydilar. Boshqagha qilib aytganda, yoshiga etmagan bolalarda ayrim so’zlarni tushunish hali ikkinchi signal darajasiga (ya’ni signalning signali darajasiga) ko’tarilgan emas. Bu degan so’z shuki, hali yoshiga etmagan bolalar so’zhuni shu so’zlar orqali itbdalangan narsalar bilan assosiativ tarzda bog’lash orqali emas, balki intonasiya va imo- ishora, harakatlar orqali tushunadilar. Bolalar nutqining o’sishi ular idroki, xotirasi, tiifakkuri, xayoli va irodasi kabi yuksak psixik jarayonlarining rivojlanishiga yordam beradi.

Xulosa
Shunday qilib, ilk yoshdagi bolaning psixikasi iming aktiv faoliyati, turli-tuman harakatlari, o’z atrofidagi narsalami ko’proq bilib olishi jarayonida rivojlanar ekan, uning erkin harakatlaii uchun qulay sharoit yaratish zarur. Bola harakatlarini cheklash esa psixikasining normal rivojlanishiga ma'lum darajada zarar etkazadi. Shu sababli bolani harakat qilishga imkon bermaydigan holatga solib qo’yish haddan tashqari qattiq siqib yo rgaqlamaslik, o’zoq vaqt yo’rgaldangan holatda qolib ketmasligi kerak .Bir yoshga to’lgan davrdan boshlab bolalarga ayrim gigienik odatlami singdirib borish kerak. Odat qanchalik yoshlikdan boshlab singdirilsa, u shunchalik mustahkam, ya’ni odamning qalbiga shunchalik chuqur joylashadi. Bolalarga dastawal ozodalik odatlarini singdirib borish kerak. Buning uchun ovqatlantirishdan oldin, bolaning oldiga fartukcha yoki sochiqcha tutub qo’yish va ovqatni qoshiqda oz-ozdan olish kerak. Agar ovqat bolaning og’iz atroflariga surkalib tegib ketsa, shu zahotiyoq artib turish kerak. Ana shulaming hammasi so’z bilan ifodalab bajarilsa, bola zehn solib turadi va tez orada shunga odatlanib qoladi. Keyinchalik ovqatlanishdan oldin fartukcha yo sochiq tutmasangiz, bolaning o’zi talab qiladigan bo’ladi.
SHunday qilib, bir yoshgacha go`dak egallagan eng qimmatli xususiyat paydo bo`ladi va u boladagi ijtimoiy ehtiyojning vujudga kelishida va uning shu ehtiyoj orqali katta yoshdagi odamlar bilan bevosita muloqotga kirishida o`z ifodasini topadi. Shuning uchun jismlar bilan maqsadga muvofiq xatti-harakatlarni birgalikda amalga oshirishda, bilish jarayonlari va shakllari zamirida muloqotga ehtiyoj tug`iladi. Go`dakning o`sishi kattalar bilan muloqotga kirishish natijasida ro`y beradi.

Download 87.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling