1. Hasharotlarning ekologik makonlari va hayotiy shakllari
Download 27.58 Kb.
|
h.ekologiyasi
Mavzu: Hasharotlarning tuproqda yashashga fiziologik mosashishi va oziqlanishi orqali tuproqning hosil bo’lish jarayonidagi tutgan o’rni Reja: 1. Hasharotlarning ekologik makonlari va hayotiy shakllari. 2. Tuproqda yashovchi hasharotlarning asosiy guruhlari. 3. Hasharotlarga ta’sir qiluvchi faktorlar. 4. Hasharotlarning tuproq hosil bo’lishidagi o’rni. Hasharotlar (Insecta) - boʻgʻimoyoqli umurtqasiz hayvonlar sinfi. Yer sharida 1,5 mln.ga yaqin turi maʼlum. Turlarining koʻpligi va shakllarining xilma-xilligi jihatidan biosferada birinchi oʻrinni egallaydi. Hasharotlar sinfi oyoqdumlilar, qoʻshdumlilar, qoʻngʻizlar, tuyaboʻyinlar, toʻrqanotlilar, kapalaklar, burgalar, termitlar, qandalalar kabi 34 turkumga boʻlinadi. Tanasining uzunligi 0,2 mm — 33 sm, odatda tashqi skeletni tashkil qiluvchi zich kutikula bilan qoplangan. Tanasi bosh, koʻkrak va qorin qismlardan iborat. Boshida bir juft murakkab koʻz va koʻzchalari, bir juft moʻylovlari (hid bilish va sezgi organi) hamda ogʻiz apparati joylashgan. Ogʻiz apparati yuqori lab, yuqori va pastki juft jagʻlardan tashkil topgan. Kemiruvchi ogʻiz apparati barcha toʻgʻriqanotlilar, qoʻngʻizlar, chumolilar va boshqalarga xos. Soʻruvchi hasharotlarda esa xartum bor. Gulshira bilan oziqlanuvchi asalaritr xartumida kemiruvchilarning asosiy belgilari saqlangan, kapalaklarda xartum spiralsimon buraladigan naydan iborat; pashshalarda u faqat soʻrishga emas, balki qattiq ozuqani qirishga ham moslashgan. Qandalalar, oʻsimlik bitlari, tripslar, koksidlar, qon soʻruvchi chivinlar va boshqa sanchib soʻruvchi ogʻiz apparati yordamida oʻsimliklarning hujayra shirasi hamda hayvon qonini soʻrib oziqlanadi. Koʻkrak qismi old, oʻrta va orqa koʻkraklarga boʻlinadi. Har bir skelet halqasi yelka (us-tidan), koʻkrak (pastki tomondan), plevralardan (biqindan) tashkil topgan. Koʻkrakning har bir boʻgʻimi (segmenti)da bir juft oyoqlari joylashgan. Oyoqlar toscha, koʻst, son, boldir va 2 tirnoqli boʻgʻimlarga boʻlingan panjalardan tuzilgan; qanotli hasharotlarning oʻrta va orqa koʻkraklarida bir juftdan qanotlar bor. Urgʻochisi qornining uchida 11 boʻgʻimdan iborat tuxum qoʻygich, erkaklarida esa bir juft oʻsimtalar mavjud. Ovqat hazm qilish yoʻli ozuqani mexanik hamda kimyoviy qayta ishlaydigan ichaklardan tashkil topgan. Hasharotlarning individual rivojlanishi bir necha bosqichli (fazali) toʻliq yoki chala oʻzgarish (metamorfoz) bilan kechadi. Chala oʻzgarish bilan rivojlanish 3 faza (bosqich)da: tuxum, lichinka (imagoga oʻxshash) va voyaga yetgan hasharot — imago orqali amalga oshadi. Toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanishda esa lichinka (odatda chuvalchangsimon) bilan imago oraligʻida /umbaklik davri ham kuzatiladi. Hasharotlarning hayot sikli boʻgʻin (avlod)lar soni, mavsumiy dinamika (oʻzgarish)ning oʻziga xosligi va diapauza xususiyatlari bilan belgilanadi. Tabiatda hasharotlar turli-tuman va katta ahamiyatga ega. Ular butun quruqlikni egallagan; ayniqsa sernam subtropik yerlarda koʻp tarqalgan. Koʻpchiligi yerda, qator turlari suvda yashaydi, baʼzilarining hayoti tuproq bilan bogʻliq. Hasharotlarning xilma-xil mahsulotlar bilan oziqlanib, tabiatda moddalar alma-shinuvida ishtirok etadi. Hasharotlarning juda koʻp tur zararkunandalari o’simliklar, hayvonlar va odamlarga zarar keltiradi. Oʻsimliklarni changlatish, zararkunanda hasharot va begona oʻtlarni yoʻqotishda ham roli katta; foydali hasharotlardan asalari, ipak qurtlar, lak beruvchi chervetslar qimmatbaho mahsulot beradi; ayrimlari ovlanadigan hayvonlar uchun ozuqa manbai. Hasharotlar xilma-xilligi va ularning olamini entomologiya fani, foydali hashoratdan amaliyotda foydalanish va zararkunanda hashoratlarga qarshi kurash usullarini qishloq xoʻjaligi entomologiyasi fani oʻrganadi. Muhit harorati, abiotik faktorlar ichida hayotiy muhit sharoitni yaratishda iqlim faktorlari – issiqlik, yorug’lik, namlik va havo harakati muhim ro’l o’ynaydi ayniqsa, hasharotlar uchun isssiqlik termik faktor katta ro’l o’ynaydi Chunki hashoratlar sovuqqonli -poykliloterm organizmidir, ya’ni doimiy haroratga ega emas. Shuning uchun hasharotlarning hayot funksiyasi, ularning o’sish tezligi, populyatsiya dinamikasi tashqi muhit harorati bilan aniqlanadi. Hasharotlar odatda 10-40 C o’rtasidagi issiqlikda harakatchan bo’ladi. Harorat pasayganda hasharotlar ovqatlanishdan, so’ngra harakatlanishdan to’xtaydi, nobud bo'ladi. Haroratning normadan ortiq ko’tarilishi ham hasharotlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Harorat hasharotlar jinsiy mahsulotining yetilishiga ham tasir ko’rsatadi. Suli shved pashshasi g’umbakdan chiqqandan keyin 22 C issiqlikda 10 kundan so’ng, 17 C - 14, 14 C - 36 va 4 C da esa 50 kundan so’ng tuxum qo’yadi. Turlarning muhit omillariga talabchanligi har xil va bir-biridan keskin farq qiladi. Ba’zilari issiqlikka talabchan, ya’ni issiqlik sevuvchi yoki -termofil, boshqalari sovuqlik sevuvchi kriofil, namlik sevuvchi — gigrofil va quruqlik sevuvchi — kserofil. O’simlik qoplamida yashovchilar — fitofil, tuproqda yashovchilar — geofillar va boshqalar. Turlarning bu qobiliyati irsiy bo’lib evolyusiya natijasida vujudga kelgan. Bu turlarning ekologik omillarga talabchanligi deb aytiladi. Abiotik yoki anorganik omillar: organizmga iqlim sharoitlarini (issiqlik, namlik, yorug’lik va boshqalar) hamda tortish kuchi, atmosferaning tarkibi va xususiyati, radioaktivlik, relyef va boshqa omillarning ta’sir etishi hisoblanadi. Abiotik omillar ichida hayotiy muhit sharoitini yaratishda iqlim omillari — yorug’lik, issiqlik, namlik muhim rol o’ynaydi. Download 27.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling