1. Hasharotlarning ekologik makonlari va hayotiy shakllari


Tuproqda yashovchi hasharotlarning asosiy guruhlari


Download 27.58 Kb.
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi27.58 Kb.
#1331310
1   2   3   4   5
Bog'liq
h.ekologiyasi

Tuproqda yashovchi hasharotlarning asosiy guruhlari.
Chertmakchilar. Bu hasharotlar qo’ng’izlar (Coleoptera) turkumining chertmakchilar (Elateridae) oilasiga mansub. Dunyoda chertmakchi qo’ng’izlarning 500 dan ortiq turlari mavjud. Shulardan O’zbekistonda 16 ta turi uchraydi. Ulardan Turkiston chertmakchisi (Agriotes meticulosus Sond.) va mo’ylovdor qo’ng’izsimon chertmakchi (Clon cerambycinus Sem.) keng tarqalgan.
Tardigrada - Imillab yuruvchilar. Sistematik jihatdan xalqali chuvalchanglar bilan bo’g’im oyoqlilar o’rtasida turadigan juda kichik qanotsiz, ba’zi hashorotlarning lichinkasiga o’xshab ketadigan hashorot hisoblanadi. Eng yiriklarining tana o’lchami 1 mmdan ortmaydi, ko’pchilik turlariniki esa milli metrning o’ndan bir bo’laklariga teng. Tanasi bilimsiz bo’g’imlarga bo’lingan va yupqa kutikula bilan qoplangan bo’lib to’rt juft muskilli bo’rtmalarga o’xshash harakatchang tirnoqli oyoqlari bor. Imillab yuruvchilar og’iz bo’shlig’idagi xitinli stiletlar orqali o’simlik to’qimasi hujayralari ichidagi borliqni so’rib oziqlanadi. Yirtqich turlari tuproq nematodalari va og’iz aylang’ichlar bilan oziqlanadi. Imillab yuruvchilar yo’sinlar, lishayniklar va o’rmon to’shamalarining orasida nam joylarda hayot kechiradi. Ular gidrobiont mikrofaunaga kirsa ham hayot faoliyatini yo’qotmasdan qurg’oqchilikni ham yaxshi o’tkazadi. Iqlimning yuqori va quyi haroratiga, atmosfera va tuproq havosi tarkibidagi gazlar konsentrasiyasining o’zgarishiga chidamli bo’lganidan tropik o’rmonlardan tortib shimoliy yarim sharlargacha tarqalgan, yo’sin va lishayniklar bilan qoplangan yuqori tog’ hududlaridam yashaydi. Quyidagi Macrobiotus, Hypsibius va Echiniscus avlodlarining vakillari keng tarqalgan.
Collembola - Oyoqdumlilar yoki kollembolar tuban qanotsiz hashorotlar va qalqondor kanalar Oribatei-oribatidalar tuproqning tipik aerobiont mikrofaunasi hisoblanadi. Ularning tuproqdagi biomassasi tuproqning suyuq muhitida yashovchi tipik gidgobiont mikrofauna hisoblanadigan nematodalar va og’iz aylang’ichlarnikiga nisbatan bir muncha kam bo’lib gektariga 1-2 kgni tashkil qiladi. Bu hayvonlarning tuproqdagi soni tuproqning havo rejimiga, g’ovakligiga bog’liq soz tuproqlarga nisbatan quloq tuproqlarda bir muncha ko’p, yaylov tuproqlarining yuqori qatlamida to’plangan bo’lsa haydaladigan tuproqlarning butun haydalma qatlamida tarqalgan. Oyoqdumlilar - primitiv hashoratlar bo’lib hayotiy shakli tuproq bilan bog’liq. Ular asosan o’rmon to’shamalari orasida yashaydi. Oziqlanish tipiga ko’ra saprobiontlar bo’lib o’simliklarning o’lik qoldiqlari bilan birga bakteriyalar va zamburug’ miseliylari bilan oziqlanadi. O’simlik qoldiqlarining parchalanishi va chirishida ishtrok etib moddalarning tuproq bo’ylab aylanishida muhim ro’l o’ynaydi.

Download 27.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling