1. Hasharotlarning ekologik makonlari va hayotiy shakllari
Download 27.58 Kb.
|
h.ekologiyasi
Hymenoptyera - Pardaqanotlilar turkimi juda xilma-xil bo’lgan qanotli hashoratlarni o’z ichiga oladi. Ular orasida fitofag, yirqich, parazit va nekrofaglari bor. Pardaqanotlilar orasida ayniqsa chumolilar tuproq hosil bo’lish jarayonida katta ahamiyatga ega. N. A. Dimoning ko’rsatishicha chumolilar 15 sm gacha qalinlikda tuproqni 8-10 yil davomida qayta ag’darib chiqadi. Ular ayniqsa tropik va subtropik iqlimli o’lkalarda keng tarqalgan. O’rta Osiyoda keng tarqalgan turi bu qir chumolilaridir. U o’simliklarning urug’lari bilan oziqlanadi. Qum chopqir chumolisi - Cataglyphis aenescens oilasi 100-130 individlardan iborat. Bu chumoli gil soz tuproqli saxroda in qurib yashaydi. Ini tegishli tuproqdan hosil qilingan halqasimon do’nglik bilan o’ralgan. Chumoli o’simliklarning urug’larini iniga tashib to’playdi. Taqir tuproqlarda esa qora chopqir chumoli tarqalgan. Chumolilar in qazib tuproqni yumshatib, g’ovak qiladi, tuproqning quyi mineral qatlamlarini yuqoriga ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Chumolilar o’simlik urug’larini iniga oilb kirib tuproqni organik moddalar bilan boyitadi. Mikroorganizmlar kabi tuproqning paydo bo’lishi va rivojlanishida bo’g’im oyoqlilar tipi vakillari katta ahamiyatga ega. Bular tuproqdagi organik qoldiqlarning parchalanib, mineral holatga o’tishida ma’lum bosqichda turadi.
Tuproq hosil bo’lish jarayoni harorat, suv, havo ishtirokida tabiatda moddalar kichik biologik va katta geologik aylanishining o’zaro ta’sirida yerning yuza qismida har xil birikmalarning parchalanishi va aralashishning murakkab hodisalar yig’indisidir. Ushbu hodisalarning har bir sharaoitda o’ziga xos kechishi va bosqichlarda o’tishi muayyan bir tuproq tiplarining hosil bo’lishini ta’minlaydi. Har bir tuproq tipining hosil bo’lishini umumiy, xususiy va maxsus jarayonlarga bo’lish mumkin. Umumiy jarayonlarga organik moddalarning tushishi va chirishi, tuproqda moddalarning biologik akkumulyatsiyasi va chiqib ketishi, minerallarning parchalanishi va sintezlanishi. Tuproq tipi uchun xususiy jarayonlar - gumusning hosil bo’lishi va to’planishi, birlamchi minerallarnig parchalanishi va ikkilamchi minerallarning hosil bo’lishi. Xususiy tuproq hosil bo’lish jarayonlari mikro va makro jarayonlarga bo’linadi. Makrojarayon butun bir tuproq qatlamini qoplab oladi va tuproq profilining shakillanishiga olib keladi. Mikrojarayon esa ma’lum bir mikrozonani, alohida qatlamni yoki mikrobiologik yaralmalar uchun xarakterlidir. Profilning bir genetik qatlami uchun xos mezojarayonlar ham kuzatiladi. S. A. Zaxarov, S. S. Neustruev, B. B. Polinovlar elementar tuproq hosil bo’lish jarayoni (ETHJ yoki EPP) ta’rafdorlaridir. I. P. Gyerasimov elementar tuproq hosil bo’lish jarayonini 13 taga ajratadi, hozirgi olimlar ko’proqqa bo’ladilar. Elementar deyilishi, g’ishlar yig’indisidan butun bir bino barpo qilingandek, ushbu jarayonlar yig’indisidan butun bir tuproq hosil bo’lish jarayoni shakillanadi. T. V. Aristovskiy elementar tuproq hosil bo’lish jarayoning anologi elementar tuproq-biologik jarayonni taklif qiladi. Elementar tuproqbiologik jarayon: 1) tuproq qatlamida va uning yuzasida organik moddalarnig parchalanishi, 2) gumusning hosil bo’lishi, 3) mikroorganizmlar tomonidan gumusning parchalanishi, 4) tuproq mikroorganizmlari va ularning metobolitlari ta’sirida tuproq hosil qiluvchi jinslar minerallari sturukturasining buzilishi, 5) mikroorganizlar tomonidan minerallarning hosil bo’lishi. Yuqorida ko’rsatilgan jarayonlar barcha tuproqlarda har xil darajada kechadi undan tashqari ayrim tuproq tiplari uchun xos xususiy tuproq hosil bo’lish jarayonlari ham kuzatiladi. T. V. Aristovskaya bularga gleeylar, orshteynlar, tuzlar va boshqa yangi yaralmalarning hosil bo’lishini kritadi. Zoomikrobiologik kompleks. Zoomikrobiologik kompleks - deb tuproqda va o’rmon to’shamasida umurtqasiz hayvonlar bilan saprotrof mikroorganizmlarning qalin aloqada bo’lishiga aytiladi. Mikroorganizmlar hayvonlarning faqat tana yuzasida emas balki ularning ichki organlar sistemasining komponentlari hisoblanib kavsh qaytaruvchi umurtqali hayvonlarning shiradonida, umurtqasiz hayvonlarning hazm qilish organlar sistemasida ko’plab bo’ladi. Ba’zi bir jamoa bo’lib yashovchi hashoratlar o’zlarining uzoq davom etgan evolyutsion jarayonlarida mikroorganizmlar bilan mutalistik ham jamoa bo’lib yashashga moslashganlar ular bir-birisiz yashayolmaydilar. Masalan, Markaziy Amerikada yashovchi barg qirqar chumoli va ba’zi bir termitlar o’zlarining yer osti inlarida parchalangan barg qoldiqlari yoki ekskrementlarining yuzasida ― zamburug’ bog’larini barpo etadilar. Zamburug’li ozuqasiz bu hasharotlar yashay olmaydi. Rossiyaning o’rmonlarida keng tarqalgan Formica rufa – sariq o’rmon chumolisining inida Debaryomyces turkumiga mansub achitqilar bo’ladi, bu achitqilar chumolilarsiz yashay olmaydi. Ba’zi po’stloqxo’r qo’ng’iz va yog’och zararkunandalari, tuxum qo’yadigan po’stloqlar orasidagi izlariga zamburug’larni o’stiradi va tuxumdan chiqqan lichinkasi zamburug’ gifalari bilan oziqlanadi. Tuproq hayvonlarining yakka o’zi o’simlik qoldiqlarini parchalay olmaydi, parchalanishning har xil bosqichlarida mikroorganizimlar ishtirok etadi. Ushbu komleks jarayonida hayvonlar o’simlik qoldiqlarining strukturaviy tuzilishini buzib, mexanik parchalab, muhitda va o’zlarining ichaklarida, ekskrementlarining yuzasida mikroorganizimlarning o’sib ko’payishi uchun qulay sharoit yaratadi. Oshqozon ichakda parchalangan o’simlik qoldiqlarini, mikroorganizmlar oson parchalaydilar va oson o’zlashtiradilar. Tuproqqa nisbatan hayvonlarning ichki tana bo’shlig’i geterotrof mikroorganizmlarning o’sishi, rivojlanishi uchun zarur bo’lgan doimiy gidrotermik sharoitga, konsentirlangan substratga, mineral birikmalarga, vitaminlarga va almashtirilmaydigan aminokislotalarga boy bo’ladi. Umurtqasiz hayvonlar tana o’lchamining kichrayib borishi bilan ular oziq ratsionida mikroorganizimlar miqdori ortib boradi. Mezofauna vakillari (zahkash va simqurt) ning oziq ratsionining 20 -30 % ni mikroorganizmlar tashkil qilsa, ushbu ko’rsatkich mikroartropodalarda 60- 70 % ni tashqi qiladi, ko’pchilik tuproq sodda hayvonlarinig asosiy ozuqasi mikroorganizmlar hisoblanadi. Mezafauna o’zlari iste’mol qiladigan organik moddalarning 8 - 10% ni mineralizatsiyalaydi. Ularing ekskrementlari bilan muhitga mikroorganizimlar tomonidan o’zlashtiriladigan moddalar almashinuvinig gazsimon va suyuq mahsulotlari tushadi. Mayda bo’g’imoyoqlilar tuproqda va to’shamalarda organik moddalarning oqimini ta’minlab, saprotrof mikroorganizlar sifat va miqdorni boshqarib turadi. Hayvonlar bilan birgalikda hasharotlar uchun tuproqning ahamiyati katta, tuproq ularning yurushi uchun substrat vazifasini bajaradi. Tuproq faunasida tirik jonivorlar va hasharotlarning joylashish miqdori va shakli turlicha; geobiontlar – tuproqda doim yashovchilar ularga ko’pchilk birlamchi qanotlilarlar kenja sinfining vakillari kiradi: geofillar – tuproqda faqat biror bir rivojlanish fazasida yashovchilar bularga chigirtkasimonlar, tripslar, ko’pchilik qo’ng’izlar (qoratanlilar, qirsildoq qo’ng’izlar), tunlam kapalaklari va boshqalar kiradi, geoksenlar – vaqtinchalik tuproqda yashovchilar, bularga suvaraksimonlar, qandalalar va qattiqqanotlilar turkumining ko’pgina vakillari kiradi. Bulardan tashqari tuproqda yashovchi hasharotlar aktiv va passiv guruhlarga bo’linadi. Aktiv guruhga kiruvchilar tuproqda aktiv harakatlanadi va oziqlanadi. Ya’ni tuproqda modda almashinuvini tezlashtiradi: bularga lichinka yoki oziqlanuvchi imago fazasida tuproqda yashovchi qirsildoq qo’ng’izlar, qoratanli, yaproqcha mo’ylovli qo’ng’izlar va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga kiruvchilar tuproqda harakatlanmaydi va oziqlanmaydi, tuxumlik, g’umbaklik hamda diapauza davridagi imago fazalari tuproqda bo’ladi. Masalan, chigirtkasimonlar va boshqa ko’pgina to’g’ri qanotlilar tuxumini tuproqqa qo’yadi. Ko’pchilik hasharotlar tuproqda g’umbakka aylanadi va qishlaydi. Tuproqda yashovchi hasharotlar hayoti uchun tuproqning fizik va kimyoviy xususiyati muhim rol o’ynaydi. Fizikaviy xususiyatlaridan ayniqsa tuproqning mexanik tarkibi. Strukturasi zichligi, namligi, harorati va aeratsiya katta ahamiyatga ega. Ba’zi hasharotlar, masalan, marmar may qo’ng’izi, chumolisherlar lichinkalari va boshqalar qumloq joyni yoqtiradi. Ba’zilari masalan tok fillokserasi, aksincha yoqtirmaydi. Turli tuproq strukturasi va zichligiga ham hasharotlar turlicha moslashgan bo’ladi. Misol, iyun tilla qo’ng’izi go’ng qo’ngizlar, dala uzunmo’ylovlisi qo’ng’izlari, ba’zi chigirtkalar taqir, zich tuproqni, qora tanli qo’ng’izlarning lichinkalari esa haydalgan yumshoq tuproqni xush ko’radi. Shunga o’xshash tuproq namligi harorati, aeratsiayasi tuproqdagi foydali va zararli Hasharotlar miqdoriga va ularning tarkibiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Demak tuproqqa ta’sir etish orqali, ya’ni agrotexnikani to’g’ri qo’yish orqali tuproqdagi foydali va zararli hasharotlar miqdoriga, tuproq tarkibiga umuman tuproq hasharotlar faunasiga katta ta’sir etishi mumkin. Tuproqning kimyoviy tarkibi ham muhim rol o’ynaydi, ba’zi hasharotlar neytral tuproqni, bazi hasharotlar sho’rhoq tuproqni yoqtiradi. Bundan tashqari, tuproqdagi organik moddalr miqdori hasharotlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Chunki organik moddalar ko’pchilik hasharotlarning oziq ratsionini tashkil etadi. Tuproqda yashovchi hasharotlar boshqa tuproqda yashovchi umurtqasiz hayvonlar bilan birgalikda tuproq hosil bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Chumoli va termitlar yerda uya qazib, chuqurlikdagi unumsiz tuproqni yer betiga chiqaradi va yer yuzidagi ko’p organik moddalarni inlariga olib kiradi. O’tkazilgan maxsus kuzatuvlarga ko’ra chumolilar bir gektar yerda yil davomida 72.2 tonna tuproqni o’rnidan qo’zg’atar ekan. Hasharotlar tuproqdagi o’simlik va hayvon qoldiqlarini chiritishda ham katta ahamiyatga ega. Hasharotlar har yili tuproqda to’planadigan o’simlik qoldiqlari (barg poya barg) ni chiritib ularni oddiy oziq moddalarga aylantiradi. Hasharotlar sayyoramizning eng samarali parchalanishi, tana go'shtidan go'nggacha tushgan yog'ochlarga aylanishidir. Ular begona o'tlarni nazorat qiladilar, o'simlik zararkunandalari va tuproqli o'simliklar va boshqa gullarni o'simliklarni o'ldiradilar. Hasharotlar viruslarni, bakteriyalarni va protozoyalarni (yaxshiroq yoki yomonroq) olib yuradi. Ular qo'ziqorinlarni urchitish va urug'larni tarqatishadi. Hatto katta hayvonlarning populyatsiyasini ham kasallik bilan yuqtirish va ularning qonini emizish orqali boshqarishga yordam beradi. Xulosa Ko'rinib turganimizdek, ulkan dunyoda mayda jonzotni saqlab qolish juda qiyin. Ammo kichik o'lchamning afzalliklari bor. Hasharot tushganda, og'irlik uni minimal zarar bilan yerga tushirishga imkon beradi. Ular suvda, shiftda yurishlari va hayvonlar va odamlar kira olmaydigan boshqa ko'plab nayranglarni amalga oshirishlari mumkin. Hasharotlar sayyoramizda ustunlik qiladi. Olimlarning fikriga ko'ra, hasharotlarning 30 millionga yaqin turi mavjud va ularning ko'plari o'rganilmagan. Ehtimol, biz ularni topmasdan oldin ular yer yuzidan yo'q bo'lib ketishi mumkin Shunday qilib, ular quyoshning qayerdaligini, hatto bulutlar ortida yashiringanligini va harakatlanishiga imkon berishini bilib olishlari mumkin. Aks holda, bu boshqa tur. Mingdan ortiq turli xil chivinlarning turlari tasvirlangan. Burga balandligi o'n santimetr va o'ttizdan oshib ketadigan bir nechta sakrashlarni amalga oshirishi mumkin. Bu degani, tupurik bilan bir tomchi suv hajmini olish uchun sizga bir yarim milliondan ortiq burga kerak bo'ladi. Boshsiz xato bir necha oy yashashi va hatto boshsiz singillariga qaraganda ancha yoshi ulg'ayishi mumkin. Dantel o'zining old oyoqlarini bir daqiqaga ko'tarishi mumkin, uning og'irligi ikki mingga ko'paytiriladi. Ular jonzotlar kabi yashaydilar va butun hayotlari davomida, bir necha hafta o'tgach, kuchlari etishmay o'lishlariga qadar ro'za tutdilar. Erkaklar xursand bo'lib titrayotganlarida, urg'ochilar uchishga ruxsat berilmaydi va burmalar va yoriqlarda yashirinishni afzal ko'rishadi. Ular bugungi kunda yashaydigan va er yuzidagi eng qadimgi odamlar orasida eng ibtidoiy hashoratlardan biridir. Download 27.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling