1. “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani dasturi Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari
Download 201.31 Kb.
|
Hayot xavfsizligi 8
Ijtimoiy xavf-xatarlar kelib chiqishini hukumat organlari va tashkilotlarining o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmasligi va malakasizliklarini, o‘z ustida ishlamasligi, yangi innovatsion g‘oyalarni yaratmasliklari, siyosiy partiyalarning noqonuniy ishlari, xatolari, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini viloyat va shaharlarda keng ommaga yoritilmasligi bilan bog‘lasak bo‘ladi.
Iqtisodiyotda ijtimoiy xavf-xatarlar bu sohadagi iqtisodiy defektlardan, iqtisodiy siyosatni to‘g‘ri yo‘naltirmaslikdan, iqtisodiy munosabatlarni noto‘g‘ri tashkil etilganligidan, iqtisodiy jinoyatlar ko‘lamining oshishidan va boshqa sabablardan yuzaga keladi. Ijtimoiy sohada esa xavf-xatarlar kelib chiqishining asosiy sabablarini fuqarolarning qonuniy huquqlari buzilgan, hukumatning ularga nisbatan e’tiborsizligi va ijtimoiy himoya qila olmasligi, sog‘liqni saqlash tizimining yaxshi rivojlanmaganligi, aholining jismoniy va ruhiy holatlari yomonlashganligi va aholini demografik holati bilan bog‘lashimiz mumkin. Ijtimoiy xavf-xatar vujudga kelganda jamiyatda hukumatga nisbatan noroziliklar oshadi, aholi orasida turli qatlamlarga tabaqalanish, ular o’rtasida qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar vujudga keladi va bu oxir oqibat jamiyatni tannazulga yuz tutishiga sabab boladi. Asosiy ijtimoiy xavf-xatarlarga quyidagilar kiradi: - jamiyatda qatlamlar, tabaqalarining vujudga kelishi va kam taminlagan oilalar sonining ortishi; - jamiyatda turli millatga oid aholi o’rtasida konfliktlar vujudga kelishi va ular sonining ortishi; - ishsizlikning ortishi, iqtisodiyotning xususiy sektorlariga qarashli tashkilotlarda ishchilarni ijtimoiy jihatdan juda past himoyalanishi va taminlanishi; - diniy sohada aholi o‘rtasida vaziyatning chigallashuvi va noto‘g‘ri oqimlar va qarashlarning vujudga kelishi; - jamiyatda aholi tug‘ilishi kamayishi va savodsizligi, yoshlarda milliy g‘oyaning rivojlanmaganligi uning insonlar ongi va qalbida singdirilmaganligi; - o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, kommunal, transport va boshqa xizmatlarning pasayishi. Ijtimoiy xavf - jamiyatda insonlar o‘rtasidagi sodir bo‘lib ularning hayoti va sog‘lig‘iga, mol-mulki, huquq va qonuniy manfaatlariga tahdid soluvchi salbiy jarayonlar va hodisalar hisoblanadi. Ularning shakllanishi va rivojlanishi manbai mamlakatda, xalqaro maydonda, shuningdek, inson faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy rivojlanish ichki va tashqi ziddiyatlarining turli shaklda bo‘lishidir. Ijtimoiy xavflar shunisi bilan xarakterliki insoniyat ko‘pgina iqtisodiy, siyosiy, etnik, ma’naviy va boshqa muammolarni hal etish uchun kardinal yechim topa olgani yo‘q. Bundan tashqari, ayrim ijtimoiy muammolar va ziddiyatlar rivojlanishning har bir yangi bosqichida yanada o‘tkir xavf bo‘lib, doimo ularga qarshi va ulardan himoya qilish mexanizmlarini qidirishni talab etmoqda. Ijtimoiy xavf-xatarlar - muayyan sinflar, guruhlar, qatlamlar, shaxslarning boshqalarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan (oldindan rejalashtirib yoki bilmagan holda) harakatlar. Shuningdek, jismoniy va ma’naviy tanazzulga olib keladigan, shahs, jamiyat va davlatni yo‘q qilishga olib keladigan hayotiy shart-sharoit va narsalardan mahrum qilish. Ijtimoiy xavflarning eng yirigi bu urush harakarlaridir. Dunyoda yuz berayotgan xavf-xatarlani ko‘rib ulardan saboq olishimiz lozim. Ko‘pni ko‘rgan xalqimiz yaxshi biladi, faqat tinchlik va osoyishtalik bo‘lgan, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat hukm surayotgan davlatda, jamiyatda farovon va baxtli hayot qurish mumkin, eng ezgu orzu-maqsadlarga yetish mumkin. Biz boshimizdan kechirayotgan zamon barchamizdan, har birimizdan ogoh va sezgir bo‘lib yashashimizni, bugungi va ertangi kunimizni, tinch hayotimizni o‘zimiz asrashimizni talab etadi. Ogohlik – davr talabi. Download 201.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling