1. “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani dasturi Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari


Xavfsizlikni ta’minlashda psixologiyaning ahamiyati


Download 201.31 Kb.
bet8/8
Sana20.01.2023
Hajmi201.31 Kb.
#1103952
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hayot xavfsizligi 8

4. Xavfsizlikni ta’minlashda psixologiyaning ahamiyati
Mehnatni muhofaza qilishda psixologiya muhim o‘rinni egallaydi. Zamonaviy ishlab chiqarishda avariyalar, shikastlanishlar muammosi faqat muhandislik uslublari bilan yechilmaydi. Tajribalardan ma’lumki, avariya va shikastlanishlar muhandis-konstruktorlik ishlaridagi kamchiliklar asosida yuzaga keladi. Shuningdek tashkiliy-psixologik sabablar, masalan kasb bo‘yicha xavfsizlik talablariga past darajada tayyorgarlik ko‘rilishi, yetarli bo‘lmagan tarbiya, mutaxassislarning xavfsizlik choralariga e’tiborsizligi, xavfli ishlarga yetarli malakaga ega bo‘lmagan shaxslarni jalb qilish, ishda odamlarni toliqqan va rihiy zo’riqish holatida bo‘lishi ham sabab bo‘ladi. Maishiy ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarning 60-90 foizi zarar ko‘rgan kishilarning aybi bilan sodir bo‘ladi. Xavfsizlik psixologiyasi faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik bilimlarni tadbiq qilishni ifodalaydi. Bu yerda mehnat faoliyati jarayonida ko‘rinadigan psixologik holatlar turlari to‘liq tekshiriladi, psixologik jarayonlar, psixik xususiyatlar ko‘rib chiqiladi.
Insonning psixik faoliyatida uchta asosiy guruh (qism) – psixik jarayonlar, xossalar, holatlar farqlanadi.
Psixik jarayonlar psixik faoliyatning asosini tashkil qiladi. Psixik jarayonlar bilish, sezish, his-tuyg‘u, qabul qilish, iroda, xotira va boshqalarga farqlanadi.
Psixik xossalar shaxsning o‘ziga xos xususiyatini, fazilatini (xarakteri, temperamenti) ifodalaydi. Shaxsning sifatlari ichida zukkolik, zakovatlilik, iroda, odob-axloq, mehnatsevarlik ajralib turadi va u o‘zgarmas hamda doimiydir.
Psixik holatlar xilma-xilligi, vaqtincha xarakteri bilan farqlanadi va psixik faoliyatning xususiyatlarini aniqlaydi, psixik jarayonlarga foydali yoki foydasiz bog‘lanishi mumkin.
Mehnat psixologiyasi vazifalari va xavfsizlik muammolaridan kelib chiqib holatlarni ishlab chiqarish va maxsus psixik holatlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bu ishlab chiqarishdagi shikastlanish, avariyaning oldini olish choralarini tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi. Insonning qobiliyati, samarali mehnat faoliyati uning psixik (ruhiy) kuchlanishi darajasiga bog‘liq. Psixik kuchlanish insonning mehnatiga ma’lum daraja-chegaragacha ijobiy ta’sir etadi. Faollikni kritik nuqtadan yuqoriga ko‘tarish ish qobiliyatini yo‘qotishgacha olib kelishi mumkin. Psixik kuchlanishning chegaradan yuqori shaklida insonning shaxsiy xususiyatlari pasayadi, harakat koordinati o‘zgaradi, xulqi samarasiz holatga o‘tadi yoki hayot faoliyatida boshqa salbiy o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi.
Insonning ish qobiliyatiga, psixik holatiga jiddiy ta’sir etadigan alkogol ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Insonning psixik holatiga ta’sir etadigan omillar – umidsizlanish, kayfiyatning buzilishi, qo‘pollik alomatlari, toliqish kabilar bo‘lmasligi uchun tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Shu jumladan, insonning salomatligiga, ish holatiga, psixologik faoliyatiga ijobiy ta’sir etadigan psixofarmokologik vositalar ishlab chiqilgan va ular tavsiya etilgan taqdirda qo‘llaniladi.
Xullas, maishiy va ishlab chiqarish sharoiti asosida insonning psixik holati barqaror bo‘lishi uchun chora-tadbirlar ko‘rish, takomillashgan nazorat usulini uyushtirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Asosiy adabiyotlar: 1. Yormatov G‘.Y. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Aloqachi”, 2009 2. Yormatov G‘. Y. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma. -T.: 2005. 3. O‘. Yo‘ldoshev va boshqalar. Mehnatni muxofaza qilish. -T.: Mehnat, 2005. 4. Nigmatov I., Tojieyv M. X. "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi" Darslik.-T.: Iqtisod-moliya. 2011. 5. Tojiev M. X., Nigmatov I., Ilxomov M. X. «Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» O’quv qo’llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2005. Qo‘shimcha adabiyotlar: 1. G‘oyipov H.E. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2007 yil. 2. Qudratov A. va b.. "Hayotiy faoliyat xavfsizligi". Ma’ruza kursi.“Aloqachi” -T.: 2005. 3. Bezopasnost jiznedeyatelnosti. /Pod.red. Mixaylova L.A. Kiev – Xarkov – Minsk, 2007. 4. Mikryukov V.Y. Bezopasnost jiznedeyatelnosti. Uch.posobie. RostovDon.2006 5. Norxo‘jaev A.Q., Yunusov M.Y. Favqulodda vaziyatlar va muhofaza tadbirlari. –T.: „Universitet”, 2001. 6. Tojiev M.X., Nigmatov I va b. "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi". O‘quv qo‘llanma. –T.: MCHJ., Ta’lim manbai, 2002. 7. Belov S.V. i dr. "Bezopasnost’ jiznedeyatel’nosti", "Vshaya shkola", - M.: 1999.


Internet saytlari:
1. www.mintrud.uz.,
2. www.minzdrav.uz.,
3. www.mchs.gov.uz.,
4. www.uznature.uz.,
5. www.standart.uz.,
6. www.ohranatruda.ru.
Theme fonts: Times New Roman
Size: 18
Author: Ibodullayeva Asalxon
Download 201.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling