1. “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani dasturi Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari


 Xavflarni tahlil qilish usullari, xavfsizlikning tizimli tahlili


Download 201.31 Kb.
bet2/8
Sana20.01.2023
Hajmi201.31 Kb.
#1103952
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hayot xavfsizligi 8

1. Xavflarni tahlil qilish usullari, xavfsizlikning tizimli tahlili
Texnik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda, xavfni baholash va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish sanoat xavfsizligini ta’minlash va mehnat xavfsizligini ta’minlashda muhim muammo hisoblanadi. Haqiqatan ham, xavfni noto‘g‘ri yoki past baholash katta avariyalarga olib kelishi mumkin, xavfni o‘ta yuqori baholash esa juda katta mablag‘ talab qiladigan xavfsizlik choralarini qo‘llashni talab qilishi mumkin. Bu esa ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini pasayishiga yoki yo‘qqa chiqishiga olib kelishi mumkin.Mamlakatimizda va xorijda xavf-xatarlarni tahlil qilish juda ko‘p usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
1-usul. Xavfni baholashning sifatiy (muhandislik) usullari ularni yanada murakkab usullar bilan o‘rganish uchun xavf manbalarini aniqlashga qaratilgan. Ushbu muhandislik usullari miqdoriy hisob-kitoblar bilan mustahkamlanmaydi.
2-usul. Xavflarni ekspress baholash usullari ob’ektlarni xavflilik darajasi bo‘yicha kategoriyalarini aniqlashda foydalaniladi (yong‘in, portlash, kimyoviy, radiatsiya va boshqalar). Bunday usullarni qo‘llashning asosiy maqsadi xavf manbalarini aniqlash zarurati bilan bog‘liq. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ob’ektlarga xavfsizlik talablari qat’iyroq qo‘llaniladi.
3-usul. Xavflarni baholashning ehtimollik usullariga miqdoriy baholash usullari (matematik statistika usullari, matematik modellashtirish, simulyasiya va boshqalar) kiradi.
Xavflarni baholashning yuqorida sanab o‘tilgan usullari prognozning aniqligi va dastlabki zarur ma’lumotlarning miqdori bilan farq qiladi. Ushbu yoki boshqa usullarni qo‘llashda xavfni baholash maqsadlaridan kelib chiqiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda murakkab xavfsizlik muammolarini hal qilishda xavf-xatar metodologiyasi keng tarqalgan bo‘lib, unda yuzaga keladigan hodisalar va ularning oqibatlari ehtimoli aniqlanadi. Ushbu metodologiyaning jozibadorligi, xavfning miqdoriy ko‘rsatkichlaridan foydalanib, potensial xavfni o‘lchash va turli xavflarni solishtirish mumkinligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, xavf ko‘rsatkichi sifatida odamlarning o‘limi (yoki kutilayotgan zarar qiymat) bilan bog‘liq shaxsiy yoki ijtimoiy xavf qabul qilinadi.
Xavflarni tahlil qilish metodologiyasini tizimli tahlil va inson hayotiga, mulkka va atrof muhitga zarar etkazishning oldini olish yoki kamaytirish uchun qarorlar qabul qilishning bir qismi sifatida qarash mumkin. Xavflarni tahlil qilish ikki asosiy bosqichdan iborat: xavflarni baholash bosqichi va tavakkalni boshqarish bosqichi. Xavflarni baholash bosqichida xavf-xatarlarni aniqlash, xavf-xatarlar paydo bo‘lishining imkoniyatlari va oqibatlarini baholash. Xavflarni boshqarish bosqichida turli xil variantlar tahlil qilinadi va eng ma’qul bo‘lgan variant tanlanadi. Yakuniy qaror qabul qilish uchun xavfni baholash natijalari muhandislik, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jihatlar hisobga olingan holda ko‘rib chiqiladi. Amalda statistik ma’lumotlarning yetishmasligi tufayli tavakkalni baholash usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday hollarda, ko‘rib chiqilayotgan hodisalarni ro‘y berish ehtimolliklari topiladi. Ba’zi hollarda ekspertlar baholaridan foydalanish yaxshi natija beradi.
Xavf-sabab- oqibat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ular ko‘ngilsiz hodisaning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisaning oqibatilari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Potensial (yashirin) xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoit sabablar deyiladi. Sabablar vaziyatlar to‘plamini xarakterlaydi, unga ko‘ra xavflar paydo bo‘ladi, u yoki bu kutilmagan oqibatlarni va zararlarni keltirib chiqaradi. Zarar yoki kutilmagan oqibatlarning shakllari har xildir: har xil og‘irlikdagi jarohatlar, zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan kasalliklar, atrof-muhitga keltiradigan zarar va boshqalar.
Baxtsiz hodisalarning oldini olish asosida sababini qidirish yotadi. Bir necha misollar keltiramiz: Zahar (xavf) - xato (sabab) - zaharlanish (ko‘ngilsiz oqibat). Elektr toki (xavf) - qisqa tutashuv (sabab) - yong‘in (ko‘ngilsiz oqibat). Ichkilik (xavf) - ko‘p ichish (sabab) -o‘lim (ko‘ngilsiz oqibat).
Tizimli tahlil - murakkab muammolar bo‘yicha qarorlarni tayyorlash va asoslashda ishlatiladigan metodologik vositalar yig‘indisidir, shu jumladan xavfsizlikda ham.

Download 201.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling