1. Hayot faoliyati xavfsizligi inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real xavflar aniq ehtimollik asosida bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir


Download 69.66 Kb.
bet3/17
Sana18.02.2023
Hajmi69.66 Kb.
#1213820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
hayot faoliyati

Mehnat muhofazasi - ish jarayonida inson xavfsizligi, salomatligi va ish qobiliyatini oshirishni ta’minlovchi qonunlar sistemasi hamda ularga muvofiq keladigan sosial-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, gigienik va davolash profilaktikasi tadbirlari hamda vositalari. Mehnat muhofazasi bo`yicha korxonalar va muassasalardagi asosiy qonunchilik aktlari O`zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi, Fuqarolik Kodeksi va Mehnatni muhofaza qilish to`g’risidagi qonunlari hisoblanadi. O`zbekiston Ruspublikasining 1993-yil 6-maydan kuchga kiritilgan Mehnatni muhofaza qilish to`g’risidagi Qonuni ishchilar va ish beruvchilar o`rtasidagi mehnatni muhofaza qilishga oid munosabatlarni tartibga solishni huquqiy asoslarini belgilaydi. O`zbekistonda birinchi marta ish beruvchilar bilan mehnat munosabatlariga kirishayotgan jismoniy shaxslar mehnatini muhofazasi muammolarini aniq echimiga bog’liq har xil savollar qonunchilik darajasida ko`rilmoqda. Bu qonunlar ish bajaruvchilarga ham ular bilan mehnat munosabatlarida bo`ladigan ishlovchilarga ham, hamda ta`lim muassasalarini, ishlab chiqarish amaliyotlarini o`tayotgan o`quvchi va talabalarga ham bir xilda ta`sirga egadir. Ish beruvchi ishlovchilarni mehnat muhofazasi talablari bilan tanishtirishi va har bir ish joyida mehnat muhofazasi talablariga mos keladigan sharoitni yaratishi, ish joylarini mehnat sharoiti bo`yicha attestatsiyadan o`tkazishga burchlidir.
Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, uning oldini oladigan tashkiliy chora-tadbirlar va texnik vositalari majmuidir.
Yong’in xavfsizligi – ob`ektda yong’in paydo bo`lish xavfini oldini olish, shuningdek moddiy boyliklarni muhofaza qilishdan iborat.
Ishlab chiqarish sanitariyasi – ishlab chiqarishdagi zararli omillar ta`sirini oldini oladigan chora-tadbirlar va texnik vositalar majmuidir.
Ishlab chiqarishdagi xavfli omil – ishlab chiqarishda ishlovchilarga muayyan sharoitlarda ta`sir etganda shikastlanishga yoki sog’liqning keskin yomonlashuviga olib keladigan omil. Harakatlanayotgan mashina, mexanizm, yuk ko`tarish vositalari bilan ko`tariladigan yuk, mashina va mexanizmlarning muhofazalanmagan aylanuvchi, ilgarilanma-qaytma harakat qiluvchi qismlar (kardanli, zanjirli, tishli, tasmali, friktsion uzatma)ning harakati xavfli omillar qatoriga kiradi.

Download 69.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling