1. Hayot faoliyati xavfsizligi inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real xavflar aniq ehtimollik asosida bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir


Yong`in ofati, uning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari, yonish fazalari va ularning xususiyatlari


Download 69.66 Kb.
bet14/17
Sana18.02.2023
Hajmi69.66 Kb.
#1213820
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
hayot faoliyati

Yong`in ofati, uning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari, yonish fazalari va ularning xususiyatlari. Iqtisodiyot tarmoqlari binolari, inshootlari va qurilish materiallariniig yong`inga qarshi bardoshlilik darajalari. Yong`in-maxsus joydan boshqa joyda yonuvchi, moddiy zarar keltiruvchi va nazorat qilib bo`lmaydigan yonish jarayonidir. Yong`inning odam va hayvonlarga ta`sir qiluvchi xavfli va zararli omillari: ochiq yong`in, atrof-muhit va narsalarning yuqori harorati, toksik moddalarni yonishi, tutun, havo tarkibida kislorod kontsentratsiyasining kamayishi, qurilish konstruktsiyalarining qo`layotgan qismlari; portlashdagi to`lqin zarbi, otilayotgan qismlar va zararli moddalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish unda ishlatiladigan yoki saqlanadigan materiallarning yonish xususiyati bo`yicha 6 ta kategoriyaga ajratiladi va ular - A, B, V, G, D, e ko`rinishlarida shartli belgilanadi. A-kategoriyadagi ishlab chiqarish, portlash-yonishga xavfli ishlab chiqarish bo`lib, unga bug`larining alangalanish harorati 28°S dan kam bo`lgan va havo tarkibida 10 % gacha portlashga xavfli havo yoki materiallar bo`lgan hamda suv, kislorod, havo yoki o`zaro ta`sirda alangalanuvchi materiallar ishlatiladigan ishlab chiqarish kiradi. B-kategoriya - portlash-yonishga xavfli ishlab chiqarish. Bunga bug`larining alangalanish harorati 28 dan 61°S gacha bo`lgan suyuqliklar. Havo tarkibida 10 % gacha portlashga xavfli siqilgan gaz, changlar bo`lgan, shuningdek 5 % gacha pastki portlash miqdori Npv>65 g/m3 bo`lgan changlar mavjud ishlab chiqarishlar kiradi. V-kategoriya – yonishga xavfli ishlab chiqarish, alangalanish harorati 61°S dan yuqori bo`lgan suyuqliklar ishlatiladigan va Npe>65 g/m3 miqdordagi yonuvchi chang, gazlar mavjud havo muhiti bo`lgan, shuningdek qattiq yonuvchi materiallar ishlatiladigan ishlab chiqarishlardir. G-kategoriya - yong`inga xavfli ishlab chiqarish. Yonmaydigan materiallarga issiqlik yoki alanga ta`sirida ishlov berish ko`llaniladigan ishlab chiqarish. D-kategoriya - yong`inga va portlashga xavfsiz ishlab chiqarish. Bunda yonmaydigan materiallarga sovuq holatda ishlov beriladi (yigish, ajratish, yuvish tsexlari). e-kategoriya – portlashga xavfli ishlab chiqarish. Yonuvchi gaz va bino hajmining 5 % miqdorida portlashga moyil changlar bo`lgan ishlab chiqarish. Bunday muhitda yong`insiz portlash sodir bo`ladi.

Download 69.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling