1. Hozirgacha eskirmay kelgan, unutilmagan, "otalar so’zi" deb nomlanuvchi janr qaysi? maqollar
Download 142 Kb.
|
5-sinf-adabiyot-fanidan-savol-javoblar-toplamibaxtiyor.uz (1)
Usmon Nosir
1. Ijodi va hayoti qorong’i osmonni yoritib yuborgan chaqmoqqa o’xshatilgan benazir ijodkor kim? 2. Usmon Nosir qachon va qayerda tug’ildi? – 1912 -yil 13-noyabrda Namanganda tug’ildi. 3. Usmon Nosir va uning oilasi Qo’qonga ko’chib kelganda shoir necha yoshda edi? – 4 yoshda 4. Onasining ismi nima? – Xolambibi, o’lgan otasining ismi Nosir hoji 5. U. Nosir qayerlarda o’qiydi? – Qo’qondagi internatda tarbiyalanadi. So’ng 1931-yil Samarqanddagi O’zbekiston (hozirgi SamDU) dorilfununiga o’qishga kiradi. 6. Ushbu she’riy parcha U. Nosirning qaysi she’ridan olingan? Esingdami, g’arib ona U qishlarning zahri. Yuzni momataloq qilgan U yillarning qahri. – Samarqanddan onasiga yozgan she’riy maktubi “Oq yuvib, oq tarab” she’ridan 7. U. Nosir kimlarni o’ziga ustoz deb bilgan? – Cho’lpon, Fitrat, A. Qodiriy 8. Shoir bir she’rida “Eng dahshatli sukunat – shoir jim yursa” deydi. U qaysi shoir edi? – Xurshid Davron 9. “Yur, tog’larga chiqaylik”, “Yo’lchi”, “Yoshlik”, “Bolaligimga” “Gulzor – chaman”, “Yurganmisiz birga oy bilan” she’rlari qaysi ijodkor qalamiga mansub? – U. Nosir 10. Usmon Nosirning qaysi she’rida “bir pallasi bahor toshi bilan og’ir” degan ifoda qo’llangan? – “Yoshlik” she’rida 11. She’r so’zining ma’nosi? – Arabcha “shuur” so’zidan olingan. 12. U. Nosirning qaysi she’rida lirik qahramon agar vatanni himoya qila olmasa o’zini brauning – to’pponcha bilan otib qurbon qilishga tayyorligi aytilgan? – “Gulzor – chaman” she’rida 13. U. Nosir Sibir o’lkasiga surgun qilinganda necha yoshda edi? – 24 yoshda 14. U. Nosirning qaysi asarida “Tun qancha qora bo’lsa, oy shuncha yorug’” degan misralar bitilgan? – “Nil va Rim” nomli tarixiy asarida 15. U. Nosir o’zining qisqa ijodi davomida qancha asar yaratgan? – 5ta she’riy to’plam, 4ta drama, qator dostonlar yozib qoldirgan. 16. U. Nosirning tarjimonlik faoliyati haqida? – Pushkinning “Bog’chasaroy fontani”, M.Y. Lermontovning “Iblis”, N. A. Dobrolyubovning “Haqiqiy kun qachon keladi?” singari yirik asarlari, Geyne, Gyote, Bayron she’rlarini tarjima qilgan. 17. U. Nosirning “Yoshlik”, “Gulzor – chaman” she’rlari qachon yozilgan? – 1934-yil 18. She’r deb nimaga aytiladi? – Ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasi sifatida yaratilgan hissiy nutq she’r (nazm) deyiladi. 19. Buyuk rus tanqidchisi Dobrolyubov she’r uchun 3 xususiyat zarurligini ta’kidlagan. Bu 3 xususiyat qaysi? – ezgulik, go’zallik, donolik. 20. She’r tuzilishining asosini nima tashkil etadi? – Ritmik o’lchov – hijo tashkil etadi. 21. Aruz vazni nimaga asoslanadi? – Aruz vazni hijolarning cho’ziq va qisqaligi, ya’ni sifatiga asoslanadi. 22. Barmoq vazni nimaga asoslanadi? – Misralardagi hijolarning miqdoriga 23. Barmoq vaznida yozilgan she’rlar asosan necha bo’g’indan tuzilgan bo’ladi? – 5, 6, 7, 8, 9 va undan ortiq hijolardan tuziladi. 24. Turoq deb nimaga aytiladi? – She’rda misralarning o’z ichki bo’linishlari asosida o’ziga xos ohangdorlikni tashkil etishi turoq deyiladi. 25. Qanday she’rlar oq she’r deyiladi? – Qofiyasiz she’rlar oq she’r deyiladi.Oq she’rda vazn saqlanadi, lekin qofiya bo’lmaydi, ya’ni qofiyaning o’rni oq qoladi 26. Oq she’r vaznida yozilgan asarlar? – M. Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” tragediyasi, Sofoklning “Shoh Edip”, U. Shekspirning “Otello”, “Gamlet”, “Qirol Lir”, “Romeo va Julyetta”. 27. Sarbast (erkin) she’r shakli haqida? – bunda misralardagi hijolarning qisqa yoki cho’ziqligi, ularning miqdori hech qanday ahamiyatga ega emas. Bunda misralar turlicha turoqlanadi, turlicha qofiyalanadi, ya’ni erkin bo’ladi.
Download 142 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling