1. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z yasalish me`yorlari haqida ma`lumot
Download 112.85 Kb.
|
1. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z yasalish me`yorlari haqid
1.Hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z yasalish me`yorlari haqida ma`lumot. Har bir tilning so`zlari, leksikasi (lug`at tarkibi) doimo harakatda bo`lib, uning tarkibi doimo yangilanib, boyib boradi. Bunday boyish, yangilanish hayot talabi bilan bog`liq, Bu talab jamiyatning, ongning taraqqiyotiga ham bog`liq. Turmushda paydo bo`lgan biror yangilikni atash uchun, avvalo, til o`zining ichki imkoniyatlaridan foydalanadi, ya’ni ichki imkoniyat asosida yangi so`zlar yaratiladi. So`z yasalishi leksikologiya bilan ham, grammatika bilan ham, uslubiyat bilan ham aloqador. Shu ma’noda so`z yasalishining ham o`z me’yorlari bop. Masalan, Islamoq va iskamoq fe’llaridagi -la va -ka yasovchi affikslarining semantik vazifasi bir xil, ya’ni otdan fe’l yasalgan. Bu jihatdan ular sinonim affikslar. Ammo uslubiy bo`yog`i va aniq qaysi hodisaga tegishliligi jihatidan farq qiladi. Islash odamlarga xos bo`lsa (Gul hidin islasam xush havolarda (S. A.), iskash hayvonlarga xosdir (It u yer-bu yerni iskagan bo`lib olg`a siljidi).O`zbek tili so`z yasalishida qator usullar mavjud. Bularning barchasi o`z navbatida qo`llanilishi bilan o`zaro farqlanadi. Bulardan konversiya, affiksatsiya usullari bilan so`z yasalishida uslubiy imkoniyatlar katta.Konversiya (ko`chish) bir leksik-grammatik kategoriyadagi so`zning boshqa kategoriyaga o`tishidir. Bunda so`z o`z shaklini o`zgartirmay, boshqa turkum vazifasida qo`llanadi. Konversiya yo`li bilai yasalgan so`zlar nutqda hissiy ta’sirchanlikka ega bo`ladi. Nutqni jonli va ta’sirchan qiladi: Yomonning yaxishsi bo`lguncha, yaxshining yomoni bo`l. (Maqol.) Birniki mingga, mingniki tumanga. (Maqol..) So`z yasovchi affikslardagi polisemantiklik, omonimlik va sinonimlik xususiyatlari ham boy uslubiy imkoniyatlarga ega. Ma’lumki, so`z yasovchi sinonim affikslardagi ma’no nozikligi nutqni ta’sirchan, shirali qiladi. So`z yasovchi polisemantik qo`shimchalardagi ma’no ottenkalarini yaxshi farqlay olmaslik turli nutqiy xatolarga olib kelishi mumkin, u adabiy til me’yoriga putur yetkazadi. Masalan, -kor, -dosh, -chi, paz, -soz, -shunos kabilar shaxs oti yasovchi qo`shimchalar hisoblanadi. Ammo ularning barchasidan bir asosdan bunday ot yasab bo`lmaydi. Xususan, til- tilchi, tilshunos kabilar yasalishi mumkin, ammo tilkor, tilpaz kabilarni hosil qilib bo`lmaydi. Qiyoslang: paxtakor- paxtachi yoki paxtapaz emas. Download 112.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling