1. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z yasalish me`yorlari haqida ma`lumot
Download 112.85 Kb.
|
1. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z yasalish me`yorlari haqid
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Adabiy til me`yorlarining turgunligi va ozgaruvchanligi.
7. Tilning vazifaviy uslublari
Vazifaviy uslublar tarixan shakllangan adabiy tilning turli ko’rinishlari bo’lib, ular fikrni ifoda etish jarayonida nutq tuzilishining o’ziga xosligi bilan farqlanadi. Xuddi shuningdek, so’z, termin, va frazeologik iboralardan foydalanishda har bir uslub o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Hatto umumiste’moldagi so’zlar ham turli nutq uslublarida turlicha ma’nolarda keladi. Nutqning vazifaviy uslublaridagi ko`rinishi uslubiy me’yorni ifoda etadi. Nutqning vazifaviy uslublari turli olimlar tomonidan har xil klassifikatsiya qilingan. Neytral uslubga oppozitiv holatda nutq uslubining asosiy besh ko’rinishi mavjud: ilmiy uslub, rasmiy ish uslubi, publitsistik uslub, so’zlashuv uslubi, badiiy uslub. Bu uslublarning har biri o’ziga xos me’yorga egadir. 8. Adabiy til me`yorlarining turgunligi va ozgaruvchanligi. Umummadaniyatning ajralmas bir qismi bo’lgan og’zaki va yozma nutq madaniyatiga, adabiy me’yorga doimo e’tibor berish kerak. Demak, nutq adabiy va uslubiy me’yorga ega. Ma’lum bir qolipga kirgan, ko’pchilik tomonidan ma’qullangan va tan olingan, faol qo’llanishda bo’lgan til vositalari yig’indisi adabiy me’yor sanaladi.Til tabiiy hodisa sifatita jamiyat hayotida yetakchi rol o`ynar ekan undagi holatlarni chuqur tahlil qilish bilan uning tarixini chuqur o`rganish uchun o`zimizga yo`l ochgan bo`lamiz. Barcha narsalarda bo`lgani kabi tilda ham sekinlik bilan bo`lsa-da o`zgarishlar kuzatilib turadi. Bu o`zgarishlar ko`proq ijtimoiy siyosiy leksikaga doir bo`ladi. Shunu ta`kidlab o`tish joizki, so`zlashuv sulubiga mansub bo`lgan umumleksik birliklar odatda yuz yillar davomida o`zgarmay ishlatilib keladi. Ba`zi bir ham bu qatlamga tegishli birliklar ma`lum tarixiy sharoit bilan o`zgarishga uchrashi tajribalar davomida aniqlangan. Masalan, qadim tirkiy xalqlar non mahsulotlarini kundalik turmushda istyemol qilgani holda, o`choq boshida pishirilgan asosiy istemol mahsulotini “ko`mach” deya nomlab kelishgan va bi mahsusot ma`lum davrlarda asosiy istemol mahsuloti edi. Keyinchalik forsiy xalqlar ta`siri ostida bu ozuqaning o`rnini non ozuqasi egalladi. Ammo ma`lum bo`ladiki, bu ikkala mahsulot ham bir xil vazifani, ya`ni asosiy kundalik istemol ozuqasini bildirgan. Natijada turkiy “ko`mach” so`zi o`rniga uning forsiy muqobili bo`lgan “non” so`zi istemolga kirgan va turg`unlashib qolgan.Tildagi o`zgaruvchanlik yuqorida ta`kidlanganiday ijtimoiy-siyosiy leksikada davr o`zgarishi bilan tezda namoyon bo`ladi. Avvallari o`zbek tili asosan rus tili bilan muloqotda bo`lgan va ruscha nutqiy qurchov ta`sirida bo`lgan bo`lsa, bundan tashqari o`zbekcha-ruscha ikki tillik hukm surgn bo`lsa hozirda tilimiz mustaqil ravshda o`z ichki imkoniyatlari ostida rivojlanib bormoqda. Ko`plab ruscha internatsional so`zlar o`zbekcha muqobili bilan almashtirildi. Masalan, rayon-tuman, oblast-viloyat, spravka-ma`lumotnoma, astanovka-bekat va hakozo. Bunday me`yoriy o`zgarishlar tilning milliylashuv darajsi bilan bog`liq bo`ladi. Bujarayonda albatta. So`zlarning teng muqobilini topish talab qilinadi. Shunday holatlar bo`lganki, bu o`zgartirish ijobiy natija bermadi. Masalan, samalyot so`zini o`rniga mustaqillikdan keyin tayyora so`zi qo`llana boshlandi, ammo bu holat samara bergani yo`q natijada oldingi holatga qaytildi. So`zni almashtirish uchun uni, avvalo, xalq qabul qilishini inobatga olish kerak bo`ladi. Demak bu turg`un holatga aylangan edi. Hozirda tilshunoslik sohasi rivojlanayotgan bir davrda o`zbek-ingliz ikkitilligi, o`zbek-nemis ikkitilligi, o`zbek-fransuz ikkitilliligi taraqqiy etmoqda. E`tirof etilgan tillardan ko`plab yangi so`zlar kirib kelmoqda. Bu so`zlar til imkoniyatlarini yana ham oshirib, shu bilan birgalikda tilimizni rivojlangan tillar darajsaiga yetishiga zamin hozirlayapti. Me`yor buzilishini oldini olish ushun ko`plab amaliy ishlar qilish kerakligini davr isbotlab berdi. Ommaviy ta`sirlar natijasida milliy manaviyatimizga ozmi ko`p putur yetdi. Bu narsalar birinchi o`z aksini tilda ko`rsatadi. Bunday salbiy ta`sirlarni oldini olish uchun tilga har xil yot so`zlarni kirib me`yorga aylanishini oldini olish kerak bo`ladi. Download 112.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling