1. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z yasalish me`yorlari haqida ma`lumot
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining punktuatsion me`yori
Download 112.85 Kb.
|
1. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z yasalish me`yorlari haqid
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Tinish belgilarining ishlatilishi
3. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining punktuatsion me`yori.
Hozirgi o`zbek adabiy tilining punktuatsion me’yori yozuvda qo`llaniladigan tinish belgilarni, ularning qo`llanish o`rinlarini o`rganadi. Shuningdek, bu tinish belgilarni yozuvda qaysi o`rinda qo`llanishini ham ko`rstadi. Masalan, vergul faqat gap ichida qo`llansa, nuqta gap oxirida qo`llanadigan tinish belgi hisoblanadi. Hozirgi o`zbek adabiy tilining punktuatsion me’yori tilshunoslikning “Punktuatsiya” bo`limida o`rganiladi. O`zbek tilida 10 ta tinish belgisi bo`lib, ular quyidagi o`rinlarda qo`llanishi me’yor sanaladi. 4. Tinish belgilarining ishlatilishi Hozirgi o`zbek adabiy tilining punktuatsion me’yori tilshunoslikning “Punktuatsiya” bo`limida o`rganiladi. O`zbek tilida 10 ta tinish belgisi bo`lib, ular quyidagi o`rinlarda qo`llanishi me’yor sanaladi. 1. Nuqtaning ishlatilishi. Nuqta quyidagi o`rinda qo`yiladi: 1) tinch ohang bilan aytilgan darak, buyruq va undov (his - hayajon) gapdan keyin: Oltin kuz fasli kirib keldi. Darslarni o`z vaqtida tayyorlab yurgin. Koshki, uning kuchi yetsa. 2) birincha qismida nuqta, ko`p nuqta, undov yoki so`roq belgisi bo`lgan ko`chirma gap o`rtasoda kelgan muallif gapidan keyin: “Men hozir jo`nayman, -dedi u. –Siz esa yarim soatlardan keyin yo`lga chiqing”. 3) qisqartirilgan ism va familyaning birinchi harfi yoki qismidan keyin: M.Ism. (Mirzakalon Ismoiliy). 4) sanash yoki ayrim fikrning qismini ifodalagan va oy, kun, yilni bir – biridan ajratish uchun qo`llangan raqam yoki harfdan keyin: 27.09.2002 kabi. 2. So`roq belgisining ishlatilishi. So`roq belgisi quyidagi holda ishlatiladi: 1) so`roq gapdan keyin: Ishga tayyormisiz? 2) so`roq gap birdan oprtiq bo`lishi mumkin. Bunda: a) so`roq gap mustaqil bo`lsa, har biridan so`ng so`roq belgisi qp`yiladi: Qishloq qanday? Og`aynilar yaxshi yurishibdimi? b) agar so`roq gap mazmunan umumiy bir fikrni ifodalasa va qoshma gap tarzda bo`sa eng so`ngi so`roq gapdan keyin qo`yiladi: -kim kelyapti: sarvarmi, Rahbarmi yo akangni bolalarini yetaklab kelyapsanmi? 3) gap darak gap bo`lib, undagi biror so`z yoki ibora noaniq bo`lsa va gumon ifodalansa, undan keyin so`roq belgisi qo`yiladi: Bu ishning hammasini yarim soat (?) ichida bajarar ekanmiz. 3. Undov belgisining ishlatilishi. Undov belgisini quyidagi holda ishlatiladi: 1) his – hayajon ifodalangan gapdan keyin: Yoshligimizda naqadar baxtiyor edik! 2) buyurish, tilak, orzu ma’nosini ifodalangan gapdan keyin: Hoziroq bularni ko`zimdan yo`qot! Qani edi qush kabi osmonda parvoz qilsa! 3) gap boshida klib, kuchli his – hayojan ifodalangan undalma, undov hamda ha va yo`q so`zidan keyin: Yo`q! Rustam bunday qabihlikka bormaydi hech qachon! Azizlar! Sizni mustaqillik bayram bilan tabrikliman! Bunda undocdan oldingi so`z mustaqil gap sifatida qaraladi: 1) fikr tugallanmaganda: Agar hozir gapingizni to`xtatmasangiz…… 2) so`zlovchining o`ylashi, mulohaza qilishni ko`rsatadi: Bugun…. bugun oldingizga o`tsam bo`ladimi? 3) ba’zan kimningdir savoliga javob bermay, indamay turganini ko`rsatish uchun : -Mendan rozimassiz, bilaman kechirmaysiz….. 4) biror so`z yoki gapning tushurilganini ko`rsatish uchun: Bugun yettinchi bo`limga kelib,…….fig`oni oshdi. Ko`p nuqta, undov va so`riq belgisining birga kelishi. Gap mazmuni mazkur tinish belgisining birga qo`llanilishini taqoza qiladi. Bunda: 1) so`roq mazmunidan his – hayojon kuchliraq bo`lgan gapdan keyin avval undov, keyin so`roq belgisi birikkan holda (!?) qo`yiladi: Go`zallik olamini qutqarishga kim ishonmaydi!? 2) kuchli his – hayojon bilan berilgan savolni ifodalaydigan so`roq gapdan so`ng avval so`roq , keyin undov belgisu birikkan holda qo`yiladi: - A?! – Xonkeldiyev turgan yerida surat bo`lib qoldi. –Direktorimiz – a?! 3) kuchli his – hayojon ifodalagan va mazmunan tugallanmagan gapdan keyin avva undov, keyin ko`p nuqta birikkan holda (!...) qo`llanaliadi: - Nafisa!.. Nafisaoy!... 4) mazmunan tugallanmagan so`roq gapdan so`ng avval so`roq, keyin ko`p nuqta birukkan holda (?...) ishlatiladi: -Nima dedingiz? Bularning hammasi men uchun?... 4.Vergulni ishlatilishi. Vergul quyidagi o`rinda qo`yiladi: 1) uyishiq bo`lak orasida: 2) bog`lovchisiz birikkan uyishiq bo`lak orasida: 1. Andijon, Namangan, Qo`qon, Marg`ilon - O`zbekning chamani, bog` - u bo`stoni 3) takrorlanuvchi bog`lovchi bilan birikkan uyishgan bo`lak orasida: Ugoh kulimsiraydi, goh chuqur o`yga toladi. 4) zidlovchi bog`lovchi yordamida birikkan uyishiq bo`liak orasiga: Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. 5) undalmani gapdan ajratish uchun: ertga, azim, toqqa jo`naymiz; 6) kirish so`zni va tuzilishiga ko`ra murakkab bo`lmagan kirish gapni ajratish uchun: 1. Xulosa, ertaga shu yerda yotiladigan bo`ldi. 2. Men sizga aytsam, odamning yomoni bo`lmaydi: 7) Ha va yo`q so`zini gap bo`lakidan ajratish uchun: Ha, bu gapingiz to`g`ri. Yo`q, ertaga kela olmayman; 8) gapning ajratilgan bo`lakini ajratib ko`rsatish uchun: “Biz, 22 – guruhda o`quvchi qizlar, Xayriniso ham biz bilan yonma – yon turib o`qishini istaymiz”; 9) bog`lovchi so`z bog`langan qo`shma gapda: eshik ochildi. Ichkariga muzday havo yoprilib keldi; 10) va, ham, hamda, yoki (yolg`iz kelgan holida) dan boshqa bog`lovchi bilan bog`langan qo`shma gapda: hamma gapirdi, lekin u bir chekkada homush o`tirar edi; 11) ergash va bosh gapni ajratish uchun: Hamma yig`ilsa, majlis boshlandi; 12) muallif gapini ko`chirma gapda ajratish uchun: - Bugungi kunda qilgan ezgu ishlarimiz – dedi ota, - kelajak uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi. 6.Nuqtali vergulni ishlatilishi. Nuqtali vergul quyidagi o`rinda qo`llaniladi: 1) o`z ichida vergul bo`lgan yoyiq uyishiq bo`lak orasida Mehnat, ijod, odam sharafi; Dil yorug`I, hayot quvonchi – Hammasining asli manbai Sen, Vatanim – tinchlik tayanchi 2) o`z ichida vergul bo`lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqillikga ega sodda gaplar orasida hamda har xil turdagi gapni oz ichiga olgan qo`shma gapda: Daraxtlar, butalar shitirladi; kuzniing salqin nafasi yuziga urildi. 3) qavsli harf yoki raqam bilan tartiblangan gapning oxirgisidan boshqasida: Ko`shma gap 3 ga bo`linadi: a) bog`langan qo`shma gap; b) bog`lovchisiz qo`shma gap; d) ergash gapli qo`shma gap. 7. Ikki nuqtaning ishlatilishi. Ikki nuqta quyidagi holda ishlatiladi: 1) uyishiq bo`lakdan oldi kelgan umumlashtiruvchi so`zdan so`ng: yig`ilishda tajribali ishchilar: Salim aka, Abdukarim aka va Sobirjonlar so`zga chiqishdi; 2) Quyidagi ma’noni ifodalagan bog`lovchisiz qo`shma gapda: a) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish harakatning sababini ko`rsatsa: u ichkariga shoshib kirib keldi: telifon anchadan beri jiringlayotgan ekan; b) bir gap ikkinchi bir gapdan anlashilgan ish harakatning natijasini ko`rsatsa: shamol juda zo`raydi: daraxtlarning ancha – munchasi sinib tushdi. d) agar biror gap boshqa bir gapning mazmunini to`ldirsa yoki izohlasa: vazifangiz shu: bironta odam bu xonaga kirmasligi kerak e) ko`chirma gapdan oldin muallif gapidan so`ng: u baland ovozda so`radi: - kim bor? 8. Tirening ishlatilishi. Tire quyidagi o`rinda qo`llaniladi: 1) ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalanib kesim bilan bog`lamasiz birikkan ega va kesim orasiga: O`zbekistonning poytaxti - Toshkent. Ikki o`n besh – bir o`ttiz. Bularni amalga oshiradigan – siz. O`qish – hayotni uqish; 2) uyishiq bo`lakdan so`ng kelgan umumlashtiruvchi so`zdan oldin: akam opam va singlim – barchasi meni kutib o`tirishgan ekan; 3) ajratilgan bo`lak bilan izohlanmish orasida: Men – Valiyev To`ychi, 1973-yilda dehqonobodda tug`ilganman; 4) kirish gap bilan gap bo`laklari orasida: tunov kungi ovchi – uni o`rmonda uchratib qoldim – menga qiziq bir voqeani so`zlab berdi; 5) muallif gapi bilan ko`chiorma gap orasida: - bugun kelasizmi? – so`radi qizi; 6) diolog tipidagi ko`chirma gapda: - keldimi? – keldi; 7) kutilmagam voqea hodisani ifodalangan gapdan oldin: kecha sizlarnikiga borgan edim -Asqarjon kelibdi! 8) zid ma’noli bog`lovchisiz qo`shma gap orasida: jismimiz yo`qolur – o`chmas nomimiz. 9. Qavsning ishlatilishi. Qavs quyidagi holda ishlatiladi: 1) ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo`lagiga qo`shimcha izoh beruvchi so`z yoki ibora qavsga olinadi: Karimjon (sinfimizning a’lochisi) oliy o`quv yurtiga kiribdi; 2) kiritma gap yoki dramatik asardagi remarka qavs bilan beriladi: 1. ukam (sen uni tanisan) bu yil maktabni bitirdi. 2. Aziz kamol (xayol og`ushida). Vatanimizga qarshi ko`tarilgan ruhiy va iqtisodiy hujm shu kunlarda cho`qqisiga chiqdi: 3) misol yoki ko`chirmaning manbaiy: eshik qars etib yopildi. (O. Yo`q.); 4) kirish so`z yoki iboraga oid tinish belgiqavsning ichiga olinadi: to`satdan uning xayoliga akasining bundan besh – olti oy oldin... yozgan xati (o`shandan beri undan dam darak yo`q!)... tushdi. 10. Qo`shtirnoqning ishlatilishi. Qo`shtirnoq quyidagi hollarda ishlatilishi: 1) ko`chirma gapni ajratib ko`rsatish uchun: “Ertaga kelaman” , - dedi: 2) ko`chma, shartli nom yoki taxallus ma’nosidagi ayrim so`z va so`z birikmasi ham qoshtirnoqqa olinishi mumkin: “Tog` asali” sotadigan yigit... dovonning naryog`iga o`tib ketgan. Download 112.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling