1. Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari, funksiyalari va prinsiplari
)Qonun loyihasini muhokama qilish
Download 45.47 Kb.
|
Huquq ijodkorligi t
2)Qonun loyihasini muhokama qilish-qonun ijod etish jarayonining alohida muhim bosqichi.Bu bosqichda qonun loyihasi parlamentga taqdim etilib,u sessiya kun tartibiga kiritilgach boshlanadi.Qonu loyihasi ikki xil shalda muhokama qilinadi.Birinchi holda,qonun loyihasi parlament sessiyasida mukoma etiladi.ikkinchi holda,jamiyat hayotining o’ta muhim masalalasiga oid qonunlar loyihasi parlament qarori bilan umumxalq muhokamasiga chiqarilishi mumkin.Barcha qonun loyihalarini umxalq muhokamasiga qo’yish majburiy qoida emas.Umuxalq muhokamalari qonunchilik tajribasida keng qo’llanilayotgan demokratik institutdir.
Umumxalq muhokamasi -o’z mohiyati-e’tiboriga ko’ra qonun loyihasi yuzasidan xalq bilan bevosiya kengashuv,maslahatlashuvdir.Bu tadbir xalq ommasi tajribasini mujassamlashtirish,jamoatchilik fikrini aniqlash va qonunda xalq manfaatlarini,xohish-irodasini to’la-to’kis aks ettirish imkonini beradi. Parlament sessiyasi muhokamasiga kiritilgan qonun loyihalarini ko’rib chiqish,qoida tariqasida,ikki marta o’qish yo’li bilam amalga oshiriladi.Masalan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonun loyihasini birinchi o’qishda uning tashabbuskori ma’ruzasini va bosh qo’mita yoki komissiyasining qo’shimcha ma’ruzasinin tinglaydi.Loyihaning assosiy qoidalari (konsepsiyasi)muhokama qiladigan hamda o’z taklif va mulohazalarini bildiradi.Qonunlarning loyihalari va qonunchilikka oid takliflar ularni ishlab chiqish zarurligi asoslangan holda,bo’lajak qonunlarning maqsadi,vazifalari va asosiy qoidalari hamda ular amaldagi qonunlar tizimida tutadigan oqibatlarning batafsil ta’rifi bilan birga ko’rib chiqish uchun taqdim etiladi.Amalga oshirish uchun qo’shimcha moddiy va boshqa xarajatlar talab qilinadigan loyiha taqdim etilayotganda loyiha taqdim etilayotganda unga moliyaviy-iqtisodiy dalillar ilova qilinadi.8 Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilar taqdim qilinishi kerak:
qonun loyihasining konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati; o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida,shuningdek,qonun loyihasi kiritilishi bilan bog’liq qonunlarni o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risida qonun loyihasi; o’zgartirilishi, qo’shimchalar kiritilishi, o’z kuchini yo’qotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim bo’lgan qonunosti hujjatlarining ro’yhati; moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar; davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko’paytirish,shuningdek,Davlat budjeti moddalari bo’yicha o’zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihalari yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xulosasi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi bo’lmagan taqdirda, qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi tashabbusi huquqi subyektiga qaytariladi.9 Qonunchilik Palatasiga kiritilgan qonun loyihasining matniga quyidagi qoidalar kiritilishi mumkin: qonun yoki uning ayrim qoidalarining kuchga kirish muddati va tartibi haqidagi; ushbu qonun qabul qilinishi munosabati bilan avval qabul qilingan qonunlar va boshqa qonun hujjatlarini yoki ularning ayrim qoidalarini o’z kuchini yo’qotgan deb topish haqidagi (114-modda). Qonun loyihasi Qonunchilik Palatasining devonida ro’yxatga olingan kundan e’tiboran Qonunchilik Palatasiga kiritilgan hisoblanadi.Ayni vaqtda qonun loyihasiga ro’yxatga olish raqami uni ko’rib chiqish va o’tishning butun davri uchun beriladi. Qonunchilik Palatasiga kelib tushgan qonun loyihasi Qonunchilik Palatasi Spikeri tomonidan mas’ul qo’mitaga topshiriladi.Mas’ul qo’mita qonun loyihasining O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga muvofiqligi hamda qonun loyihasini kiritishning qonunda va ushbu Parlamentda belgilangan tartibiga qay darajada rioya etilganligini aniqlaydi. Ma’sul qo’mitaning qonun loyixasini Qonunchilik palatasi ko’rib chiqishi uchun qabul qilish mumkunligi yoki uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish zarurligi to’g’risida o’n to’rt kun ichida Kengash muhokamasiga taqdim etiladi. (“O’z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti”115-modda) Kengash mas’ul qo’mitaning xulosasi asosida qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko’rib chiqishi uchun qabul qilish to’g’risida yoki u belgilangan talablarga muvofiq bo’lsa,uni qonunchilik tashabussi huquqi subyektiga qaytarish haqida qaror qabul qiladi.Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin qonun loyixasi Qonunchilik palatasi ko’rib chiqishi uchun yangidan kiritilishi mumkin. Agar tegishli masala bo’yicha qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o’qishda qabul qilingan bo’lsa,ayni shu masala bo’yicha boshqa qonun loyixasi Qonunchilik palatasi ko’rib chiqishi uchun qabul qilinmaydi. Qonun loyixasi ko’rib chiqish uchun qabul qilinganda Kengash qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida ko’rib chiqishga tayyorlash muddatini belgilaydi. (“O’z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti”116-modda) Qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish va uni Qonunchilik palatasida birinchi o’qishda ko’rib chiqishga tayyorlash mas’ul qo’mita tomonidan amalga oshiriladi.( “O’z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti”117-modda) Qonun loyihasi ustida ishlash uchun mas’ul qo’mita o’z a’zolari orasidan ishchi guruhi tuzish mumkin.Ishchi guruhi tarkibiga mas’ul 1.Qo’mitaning a’zolari bo’lmagan deputatlar. 2.Qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillari. 3.Boshqa davlat organlari. 4.Nodavlat notijorat tashkilotlari. 5.Ilmiy muassasalar vakillari. 6.Ekspertlar. 7.Mutaxasisslar. 8.Olimlar. 9.Xo’jalik yurituvchi subyektlarning vakillari ham kiritilishi mumkin. Qonun loyihasi bo’yicha tushgan xulosalar,fikrlar,takliflar va mulohazalar mas’ul qo’mita majlisida ko’rib chiqiladi. Mas’ul qo’mita qonun loyihasi yuzasidan o’z tarkibidan ma’ruzachini tayinlaydi. ( “O’z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti”118-modda) Qonunchilik palatasi devonining yuridik bo’limi Kengashning yoki mas’ul qo’mitaning topshirig’iga binoan ular belgilangan muddat ichida Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasini tashkil etadi. Qonunchilik palatasi devonning yuridik bo’limi Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari asosida xulosa tayyorlaydi,xulosada quyidagi savollarga javoblar berilishi kerak: -qonun loyihasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutyasiga va O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqmi yoki nomuvofiqmi? Agar xulosada qonun loyihasining O’zbekiston Respublikasi Konstitutyasiga yoki O’zbekiston Respublikasi qonunlariga nomuvofiqligi aniqlangan bo’lsa,qonun loyihasining qaysi qonun hujjatiga nomuvofligi va bu nomuvofiqlik nimada aks etishi ko’rsatilishi kerak: Qonun loyihasining ichki mantiqi buzulmaganmi,qonun loyihasining bo’limlari,boblari,moddalari,shuningdek qismlari,bandlari,kichik bandlari va moddalarning xatboshlari o’rtasida o’rtasida qarama-qarshiliklar yo’qmi? Agar bunday qarama-qarshiliklar mavjud bo’lsa,ular aniq ko’rsatilishi,shuningdek ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berilishi kerak: yangi qonun loyihasi qabul qilinishi munosabati bilan o’zgartirilishi,qo’shimchalar kiritilishi,o’z kuchini yo’qotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim bo’lgan qonun xujjatlarining to’liq ro’yxati berilganmi? Qonunchilik palatasi devoni yuridik bo’limning xulosasi bo’lim rahbari yoki rahbar o’rin bosari tomonidan uning familyasi va imzolash sanasi ko;rsatilgan holda imzolanishi kerak.Belgilangan muddatda xulosa berishning imkoniyati bo’lmagan taqdirda bu muddat Qonunchilik palatasi devoni yuridik bo’limning asoslantirilgan taklifiga binoan Kengash yoki mas’ul qo’mita tomondan o’zlashtirilishi mumkin.( “O’z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti”119-modda) Qonun loyihasini qo’mitalarda muhokama qilish ochiq qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektinig vakili taklif etilgan holda o’tkaziladi va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi mumkin. Qomitalarning majlislarida xulosalar,fikrlar,takliflar va mulohazalar bildirish uchun qonun loyihasi yuborilgan davlar organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining,ilmiy muassasalarning vakillari,mutaxasisilar va olimlar taklifga binoan qatnashishlari mumkin.( “O’z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti”120-modda) Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o’qishda ko’rib chiqish uchun tayyorlangan qonun doirasi va unga doir materiallar Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish uchun mas’ul qo’mita tomonidan Kengashga yuboriladi. Agar Kengash tomonidan boshqa muddat belgilangan bo’lmasa,mas’ul qo’mita qonun loyihasiniolgan kundan e’tiboran ikki oy ichida: Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi birinchi o’qishda ko’rib chiqishi kiritish to’g’risidagi Kengash qarorining loyihasini: Mas’ul qo’mitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki rad etish zarurligi asoslantirilgan xulosani ilova qilgan holda Kengash muhokamasiga taqdim etadi. Kengash mas’ul qo’mita tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasini birinchi o’qishda ko’rib chiqish uchun Qonunchilik palatasi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish to’g’risida qaror qabul qiladi.( “O’z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti”121-modda) Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o’qishda qabul qilinguniga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti loyiha matnini o’zgartirish yoki o’zi kiritgan qonun loyihasini chaqirib olish huquqiga ega. Birinchi o’qishda ma’qullangach,qonun loyihasining matni ustida bevosita ish olib boriladi.Qonun loyihasini ikkinchi o’qishda moddama-modda,bo’lim va boblar bo’yicha yoki yalpi matni bo’yicha muhokama qilinadi.Muhokama chog’ida qonun loyihasi kamchiliklarini tuzatish uchun tegishli qo’mita(komissiya)yoki idoralarga qaytarilishi mumkin(Oliy Majlis Reglamenti 79-modda).Ko’rib chiqish natijasiga qarab,Oliy Majlis qonunni qabul qiladi yoli rad etadi yoxud maromiga yetkazish uchun qaytaradi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri qonun loyihasi dastlabki tarzda ko’rib chiqish uchun mas’ul qo’mita tayinlaydi.Mas’ul qo’mita yig’ilishida qonun loyihasi dastlabki ravishda ko’rib chiqiladi.Mas’ul qo’mita qonun loyihasini ko’rib chiqishga qabul qilish yoki qonunchilik tashabbusi huquqiga qaytarish to’g’risiga Oliy Majlisning qarori loyihasini tayyorlaydi. Download 45.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling