1. Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar Ichki nazoratning turlari


Download 269 Kb.
bet3/15
Sana24.03.2023
Hajmi269 Kb.
#1291033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1. Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar Ichk

Optimal markazlashtirish (tashkily tuzilmaning adekvatligi, mos kelishi). Ichki nazorat doimiy harakatda bo’lishi, barqarorlik, uzluksizlik talablari asosida tashkil etilishi bu korxona tarkibiy tuzilishini optimal darajada tashkil etilganligini hamda ichki nazorat tizimi korxonaning hajmi va murakkablik darajasiga javob berishi lozim. Har bir tizimda o’ziga xos kamchiliklar mavjud. Masalan, ma’lumotning sekin harakati, qarorning kech qabul qilinishi yoki yuqori va quyi o’rindagilarning e’tiborining bir biriga mos kelmasligi. Har bir variantning kuchli va kuchsiz tomonlarini baholash lozim.

  • Yagonalashgan javobgarlik. Har bir nazorat faqatgina bitta javobgarlik markazi uchun biriktirilishi lozim. Ma’suliyatsizlikdan kechish maqsadida aloxida bir funktsiyani ikkita yoki bir nechta javobgarlik markazlariga biriktirib qo’ymaslik kerak. Ammo bir nechta nazorat qilish funktsiyalarini bitta javobgarlik markaziga biriktirib qo’shimcha ruxsat etiladi.

    Misol
    Bosh buxgalterning alohida nazorat funktsiyasi bo’lib amalga oshirilgan xo’jalik muomalalari O’zbekiston Respublika qonunchiligi talablariga mos kelishini nazorat qilish hisoblanadi. Bosh buxgalter qonunchilik xolatlari buzilishi to’g’risidagi ma’lumotlarni raxbariyatga yetkazmaganligi uchun javogarlikka tortilishi lozim. Ichki auditorning nazorat funktsiyasi esa bunday hollarda, buxgalter tomonidan o’z nazorat funktsiyalarining sifatli bajarilishi ustidan tekshirishlarni amalga oshirib borish hisoblanadi. Auditor aks ettirilgan xo’jalik muomalarini baholaydi, biroq u buxgalteriya hisobida qonun buzilishini aniqlamaganligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkun.

    1. Funktsional o’rin almashish. Ichki nazoratning aloxida sub’yektlarning va vaqtinchalik chiqib ketishi nazorat qilish amallarining uzilib qolishiga olib kelmasligi zarur. Buning uchun, o’z navbatida, har bir xodim (ichki nazorat sub’yektga) o’zidan yuqori turuvchi, o’zidan quyi turuvchi va o’z darajasidagi bir yoki ikkita xodimning nazorat qilish ishlarini bajara olishi lozim, bu esa ularning chiqib ketishi davrida nazorat qilish ob’yekti bilan mos bo’lgan aloqa yo’qotmasligining oldini olishga imkoniyat yaratadi.


    2. Download 269 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling