1. Идрок ҳақида тушунча. Нерв-физиологик асослари, хусусиятлари ва


Download 411.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana28.12.2022
Hajmi411.57 Kb.
#1024642
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6-mavzu .Psixologiya.. IDROK. Ma\'ruza

konvergensiyasi va divergensiyasi muhim ahamiyatga ega, chunki, jismlarning 
idrok etilishi uchun ularning tasviri chap va o‘ng ko‘zlarning to‘r pardasidagi mos 
nuqtalarga tushishi kerak, bu esa ikkala ko‘zning konvergensiyasisiz yoki 
divergensiyasisiz amalga oshmaydi. Konvergensiya deb ko‘z soqqalarining bir-
biriga nisbatan qarama-qarshi aylanishi hisobiga ko‘rish chiziqlarining 
birlashishiga aytiladi. Masalan, bu nigohning uzoqdagi jismdan yaqindagiga 
o‘tishida sodir bo‘ladi. Teskari – yaqindagidan uzoqdagi jismga o‘tishida – .ko‘z 
divergensiyasi, ya’ni, ko‘rish chiziqlarining ajralishi kuzatiladi. 
Fazo idroki chuqurlik idroki bilan chegaralanmaydi. Fazo idrokida 
jismlarning bir-biriga nisbatan joylashish idroki muhim ahamiyatga ega. 
Bundan tashqari, jismlarning fazodagi turli holatlari, inson uchun birinchi 
galda , hatto, jismning uzoqligi yoki fazo chuqurligi idrokidan ko‘ra ko‘proq 
muhim ahamiyat kasb etadi, chunki inson fazoni jismlar holatiga baho bergan 
holda oddiy idrok etmaydi, u fazoda yo‘nalishini belgilaydi, buning uchun esa u 
jismlarning joylashishi haqida ma’lum axborotga ega bo‘lishi kerak. 
Fazo idroki, uning markaz tomonidan boshqarilishini amalga oshiruvchi 
murakkab tuzilgan vositalarni talab etadi. Bunday markaziy vosita sifatida ko‘rish, 
taktil-kinestetik va vestibulyar analizatorlar ishini birlashtiruvchi bosh miya 
po‘stlog‘ining uchlamchi sohalari yoki «to‘sish sohalari» xizmat qiladi. 
Harakatni idrok qilish masalasini ko‘rib chiqamiz. Agar jism fazoda 
harakatlanayotgan bo‘lsa, u holda biz, uning harakatini yaxshi ko‘rinish sohasidan 


chiqishi bilan, unda yana nigohimizni to‘xtatishimiz uchun ko‘zlar yoki boshni 
harakatlantirishimizga majbur qilishining natijasi sifatida idrok etamiz. Bunda ikki 
hodisa sodir bo‘ladi. Birinchidan, jismning tanamiz holatiga nisbatan surilishi 
uning fazodagi harakatlanishidan darak beradi. Ikkinchidan, miya jismni 
kuzayotgan ko‘zlar harakatini qayd etadi. Ikkinchi holat harakat idroki uchun juda 
muhimdir, lekin ko‘zlar harakati haqidagi axborotni qayta ishlash mexanizmi o‘ta 
murakkab va qarama-qarshi jarayondir. 
Ammo, harakat idroki ko‘zlarning harakati bilangina tushuntirilmaydi,- ko‘z 
bir vaqtda qarama-qarshi tomonlarga harakatlana olmasada, biz bir vaqtning o‘zida 
harakatni ikki qarama-qarshi yo‘nalishda idrok etamiz. SHu bilan birga, harakat 
taassuroti uning reallikda mavjud emasligida yuzaga kelishi mumkin, masalan, 
kichik tanaffuslar bilan ekranda ob’ekt harakati fazalarini amalga oshiruvchi 
tasvirlarni ketma-ket ko‘rsatish. Bu stroboskopik ta’sir bo‘lib, uning yuzaga 
kelishi uchun alohida seskantiruvchilar ma’lum vaqt oraliqlarida bir-biridan 
uzoqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Stroboskopik ta’sirdagi eng katta tanaffus 0,45 
sek.ga teng. Kinematografiyadagi harakatlar idroki xuddi mana shu ta’sir asosida 
amalga oshiriladi. 
Harakatlar idrokida vositali harakatlar tasavvurini hosil qiluvchi qo‘shimcha 
belgilar muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘shimcha belgilardan foydalanish 
mexanizmi harakatning biror-bir belgilarini aniqlashda ularning intellektual qayta 
ishlanishi va jismning harakatlanayotgani haqida fikr bildirilishidan iborat. Xuddi 
shunday, harakat tasavvuri harakatsiz jismning qismlari uchun noodatiy holatni 
yuzaga keltirishi mumkin. Harakat haqida tasavvurlarni hosil qiluvchi «kinetik 
holatlar» qatoriga, jismning engashtirilgan holati, shaklining noaniqligi va 
boshqalar kiradi. 
Harakat idrokining barcha nazariyalarini ikki guruhga ajratish mumkin. 
Nazariyalarning birinchi guruhi harakat idrokini oddiy, ketma-ket keladigan 
ko‘rish sezgilarining harakati o‘tadigan alohida nuqtalaridan hosil qiladi va harakat 
idroki bu oddiy ko‘rish sezgilarining qo‘shilishi natijasida yuzaga kelishini 
ta’kidlaydi (V. Vundt). 
Ikkinchi guruh nazariyalarining ta’kidlashiga ko‘ra, harakat idroki bunday 
oddiy sezgilarga bog‘liq bo‘lmagan maxsus sifatga ega. Bu nazariya vakillari (M. 
Vertgeymer)ning aytishicha, kuy tovushlarning oddiy yig‘indisi emasligiga, 
ulardan farqlanuvchi yaxlitlik bo‘lgani kabi, harakat idroki ham bu idrokni tashkil 
etuvchi oddiy ko‘rish sezgilarining yig‘indisiga teng bo‘lmaydi. 
Vertgeymer fikricha, harakat idroki harakatlanuvchi jismlarning o‘zini idrok 
qilishdan farq qiluvchi maxsus kechinma hisoblanadi. Agar ob’ekt turlicha (a) va 
(b) holatdagi idrokining ikki ketma-ketligi bo‘lsa, u holda harakat kechinmasi bu 


ikki sezgilardan tuzilmaydi, balki, o‘rtada turib, ularni birlashtiradi. Bunday 
harakat kechinmasini Vertgeymer fi – fenomeni deb ataydi. 

Download 411.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling