1. Идрок ҳақида тушунча. Нерв-физиологик асослари, хусусиятлари ва


Download 411.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana28.12.2022
Hajmi411.57 Kb.
#1024642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
6-mavzu .Psixologiya.. IDROK. Ma\'ruza

Binokulyar yo‘l-yo‘riqlar 
Bizning ko‘zlarimiz bir-biridan 2,5 dyuym masofada joylashganligi sababli 
ularning to‘rpardalari atrof-muhit manzaralarini biroz turlicha qabul qiladi. Miya 
ushbu manzaralarni solishtirganda, aynan to‘rsimon nomutanosiblik (ikki manzara 
o‘rtasidagi farq) masofani aniqlashga yordam beradi. Agar Siz barmog‘ingizni 
burun uchiga deyarli tegizilgan holda ushlab tursangiz, to‘rpardalarda barmoqning 
2 ta har xil aksi paydo bo‘ladi (Siz bunga rasmda ko‘rsatilgandek, navbatma-
navbat bir ko‘z, so‘ngra esa ikkinchi ko‘z qisilganda va barmoqlaringiz ingichka 
kolbasa ko‘rinishida bukilganda bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin). Katta 
masofada esa, aytaylik, uzatilgan qo‘l masofasida ushbu nomutanosiblik kamroq 
bo‘ladi. 
Stereoskopik filmlarni yaratuvchilar bir-biridan bir necha dyuym (1 dyuym – 
25,5 mm) masofada joylashtirilgan ikkita kamera yordamida suratga olish orqali 
to‘rsimon nomutanosiblikdan kuchli taassurot hosil qiladilar (xuddi shunday 
imkoniyatni, ehtimol, kuzatuv olib borishi mumkin bo‘lgan kompyuterda ham 
yaratishni istardik). So‘ngra ekranga ko‘zoynak yoki chap ko‘z bilan chap 
kameraning “ko‘rish maydoni”, o‘ng ko‘z bilan esa – o‘ng kameraning “ko‘rish 
maydoni”ni ko‘rish imkonini beradigan maxsus moslama orqali qaralganda
to‘rsimon nomutanosiblikning odatdagi samarasi hosil bo‘ladi. Kompyuter 
namunalari uchun ham ushbu samara xosdir.
1
Idrokning yana bir muhim xossasi – bu uning faolligi, yoki tanlab 
o‘tkazishi. Bu xossa bizning istalgan vaqtda faqat bir jism yoki ma’lum jismlar 
guruhini idrok qilishimizdan, real olamning boshqa ob’ektlari esa idrokimizning 
foni bo‘lib xizmat qilishidan iborat. Xuddi shunday, ma’ruza tinglab yoki kitob 
1
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 410р


o‘qib o‘tirganingizda ortingizda nimalar sodir bo‘layotganiga e’tibor bermaysiz. 
Shunday qilib, idrok faolligi tabiati ongimiz tabiati tomonidan belgilangan. 
Endi idrok turlarini ko‘rib chiqamiz. Hozirgi zamon psixologiyasiga oid 
adabiyotlarda idrokning tasniflanishiga doir bir qancha yondoshuvlarni keltirish 
mumkin. 
Tasniflanishlardan 
birining 
asosida 
idrokda 
ishtirok 
etuvchi 
analizatorlardagi tafovutlar yotadi. Idrokda qaysi analizator yoki modallikning 
ahamiyatliligiga muvofiq ravishda ko‘rish, eshitish, teri- tuyish, kinestetik, hid 
bilish va ta’m bilish idroklari mavjud. 
Odatda, idrok – qator analizatorlar o‘zaro ta’sirining natijasi bo‘lib 
hisoblanadi. Misol tariqasida taktil va kinestetik analizatorlar ishtirokidagi teri-
tuyish idrokini aytib o‘tish joizdir. Idrok turlari sof holda juda kam uchraydi. 
Odatda, ularning o‘zaro uyg‘unlashib ketishi natijasida idrokning murakkab turlari 
hosil bo‘ladi. O‘quvchi tomonidan matn idroki ko‘rish, eshitish va kinestetik 
idrokni o‘z ichiga oladi. 
Idrokning boshqa tur tasnifining asosini materiyaning mavjud bo‘lish 
shakllari: fazo, vaqt va harakat tashkil etadi. Bunga muvofiq ravishda fazoviy 
idrok, vaqt idroki va harakat idroki ajratiladi (5.1 rasm). 


Download 411.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling