shaklning alohida qismlari – bu bor-yo‘g‘i uchta oq chiziqdan iborat.
Biroq biz
ularning barchasini birgalikda idrok qilganimizda, yaxlit shakl – “Neker kubi”ni
ko‘ramiz.
Geshtaltpsixologiya tarafdorlari idrok qilishda
yaxlit narsa uni tashkil
qiluvchi miqdordan farqlanishi mumkin, deb hisoblaydilar. Natriy –
korroziya
metallini xlor – zaharli gaz bilan biriktiring, Siz umuman boshqa modda – osh tuzi
hosil qilasiz. Shakl ham xuddi shunday tarzda idrok qilinadi – ob’ekt tarkibiy
qismlari
miqdori emas, balki nimadir yangi shakl (Koek & Ra1teg, 1990). Idrok
qilish har doim sezishdan biror jihatdan ko‘proq bo‘ladi.
Shaklni idrok qilish. Tasavvur qiling, Siz videokompyuter tizimini o‘z
“ko‘z+miya” tizimingiz kabi qo‘lyozmani o‘qish
yoki odamlar yuzini tanish
darajasida loyihalashtirishingiz kerak. (Pochta xodimlari bunday skaner
yaratilishiga umid qiladilar). Bunday tizimga qanday xususiyatlar zarur bo‘lishi
mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: