1. Идрок ҳақида тушунча. Нерв-физиологик асослари, хусусиятлари ва


Download 411.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana28.12.2022
Hajmi411.57 Kb.
#1024642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
6-mavzu .Psixologiya.. IDROK. Ma\'ruza

 
 
 
 
 
5.1 Rasm. 
Barcha jismlar fazoda joylashadi va istalgan hodisa ma’lum vaqtda mavjud 
bo‘ladi. Jismning fazoviy xossalariga kattalik, shakl, fazodagi holat kiradi. 
Вақтни идрок қилиш 
Идрок асосий турларининг таснифи 
Асосий модаллик бўйича 
Кўриш орқали идрок қилиш 
Эшитиш орқали идрок 
қилиш
Тери-туйиш идроки 
восприятие 
Ҳид билиш орқали идрок 
қилиш 
Таъм билиш орқали идрок 
қилиш восприятие 
Материя мавжудлигининг 
шаклига кўра 
материи 
Фазони идрок қилиш 
Ҳаракатни идрок қилиш


Jismning kattaligini idrok qilishda uning to‘r pardadagi tasviri muhim 
o‘rinni egallaydi. Idrok etilayotgan jismning ko‘zning to‘r pardasidagi kattaligi 
ko‘rish burchagining kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rish burchagi kattaligi 
qanchalik katta bo‘lsa, ko‘z to‘r pardasidagi tasvir ham shunchalik katta bo‘ladi. 
Jism kattaligini idrok qilish jismdan asta-sekin uzoqlashsakda, ko‘z to‘r 
pardasidagi jism tasviri kichiklashib borishi holatida ham saqlanadi. Bu hodisa 
jism kattaligi idrokining konstatligi deb ataladi. 
Jism kattaligi idroki jismning faqat to‘r pardadagi tasvirining kattaligi bilan 
emas, balki, jism bilan kuzatuvchi o‘rtasidagi masofaning idroki bilan belgilanadi. 
Bu qonuniyatni quyidagicha ifodalash mumkin: 
Idrok etilayotgan jism = Ko‘rish burchagi x Masofa. 
Jismlarning yo‘qolishini qayd etish, asosan, ulargacha bo‘lgan masofaning 
o‘zgarishida, bizning jismlarni idrok qilishimiz tajribamiz hisobiga amalga 
oshiriladi. Tanish jismlarni ko‘rganimizda, kattalik konstantligi ancha oshadi va 
ajratib olingan geometrik shakllar idrokida sezilarli darajada kamayadi. Agar 
jismdan juda uzoqda bo‘lsak, u bizga haqiqiy ko‘rinishidan kichkina bo‘lib 
ko‘rinadi. Masalan, samolyotda uchib ketayotgan bo‘lsak, pastdagi jismlar bizga 
juda kichik bo‘lib ko‘rinadi. 
Jism fazoviy idrokining boshqa xususiyati jismlarning kontrastligidir. Biz 
idrok etayotgan jismning atrofidagi jismlar uning idrokiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatadi. Masalan, o‘rta bo‘yli odam bo‘ylari baland odamlar orasida o‘zining 
haqiqiy bo‘y o‘lchamidan ancha kichik bo‘lib ko‘rinadi. Boshqa misol – geometrik 
shakllar idroki. Katta aylanalar o‘rtasidagi aylana, kichik o‘lchamli aylanalar 
orasidagi xuddi shunday diametrli aylanaga nisbatan kichik bo‘lib ko‘rinadi. 
Bundan tashqari, jism kattaligi idrokiga jismning rangi ta’sir etadi. Och rangli 
jismlar to‘q rangli jsmlarga qaraganda bir muncha kattaroq bo‘lib ko‘rinadi. Katta 
hajmli shakllar, masalan, shar yoki silindr ularga mos bo‘lgan yassi tasvirlardan 
kichikroqdek tuyuladi. 

Download 411.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling