1. Идрок ҳақида тушунча. Нерв-физиологик асослари, хусусиятлари ва


Download 411.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana28.12.2022
Hajmi411.57 Kb.
#1024642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
6-mavzu .Psixologiya.. IDROK. Ma\'ruza

 
2. Идрокнинг асосий 
хоссалари ва турлари 
qilish va sintez jarayonlari idrok ob’ektining atrof-muhitdan ajratib olinishini 
ta’minlaydilar, va shu asosda uning barcha xossalari yaxlit obrazga birlashadi. 
Idrok jarayonini ta’minlovchi vaqtinchalik nerv aloqalari ikki xil: bir 
analizator chegarasida va analizatorlar o‘rtasida hosil bo‘ladigan turlarga 
ajratilishi mumkin. Birinchi turdagilari organizmga bir modallikka ega bo‘lgan 
ko‘p tomonlama seskantiruvchining ta’sir etishida alohida o‘rin egallaydilar. 
Masalan, bunday seskantiruvchi sifatida eshitish analizatoriga ta’sir ko‘rsatuvchi 
alohida tovushlarning o‘ziga xos uyg‘unligidan iborat bo‘lgan kuy xizmat qilish 
mumkin. Bu to‘plam yagona murakkab seskantiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 
Bunda nerv aloqalari seskantiruvchining o‘ziga nisbatan javob o‘rnida emas, balki, 
ularning vaqtinchalik, fazoviy va shu kabi munosabatlariga nisbatan ham hosil 
bo‘ladi. Natijada katta yarim sharlar po‘stlog‘ida integratsiyalash yoki murakkab 
sintez jarayoni sodir bo‘ladi. 
Ko‘p tomonlama seskantiruvchi ta’sirida hosil bo‘ladigan nerv aloqalarining 
ikkinchi turi – bu turli analizatorlar chegarasidagi aloqalar, ularning yuzaga 
kelishini I.M. Sechenov assotsiatsiyalar (ko‘rish, kinestetik, sezish va h.k.) 
mavjudligi bilan tushuntirgan edi. Odamda bu assotsiatsiyalar so‘zning 
eshitiladigan obrazi bilan birgalikda kuzatiladi, bunda idrok yaxlitlik xususiyatiga 
ega bo‘ladi. Masalan, agar ko‘zlaringizni bog‘lab qo‘yib, qo‘lingizga aylanasimon 
jism tutqazilsa, oldindan uni iste’mol qilish mumkinligi uqtirilsa, bunda siz uning 
o‘ziga xos hidini sezishingiz, tatib ko‘rishingiz, va hech qiynalmasdan, nima 
haqida gap ketayotganini tushunib olishingiz mumkin. Bundan, analizatorlar 
o‘rtasidagi aloqalar hisobiga jismlar yoki hodisalarning idrok qilinishi uchun 
maxsus moslashtirilgan analizatorlari bo‘lmagan xossalarini idrokda aks 
ettirishimiz mumkinligi kelib chiqadi (masalan, jismning kattaligi, sof og‘irligi va 
boshqalar). 
Shunday qilib, idrok obrazini tuzishning murakkab jarayoni asosida 
seskantiruvchilarni yaqqol ko‘rish sharoitlari bilan jism xossalarining o‘zaro 
ta’sirini murakkab yaxlitlik sifatida hisobga olgan holda ta’minlaydigan ichki 
analizatorli va tashqi analizatorli aloqalar yotadi. 
Idrokning 
asosiy 
xossalariga 
predmetlilik, 
yaxlitlik, 
strukturaviylik, 
konstantlik, anglanganlik, appersepsiya, faollik 
kiradi. 
Idrokning predmetliligi – bu real olam jism va hodisalarini bir-biri bilan 
bog‘lanmagan sezgilar to‘plami ko‘rinishida emas, alohida jismlar shaklida aks 
ettirish qobiliyati. Predmetlilik idrokning tug‘ma xossasi emas. Bu xossaning 
paydo bo‘lishi va takomillashtirilishi bola hayotining birinchi yilidan boshlab


ontogenez jarayonida sodir bo‘ladi. I.M.Sechenov fikriga ko‘ra, predmetlilik 
bolaning jism bilan aloqasini ta’minlaydigan harakatlar asosida shakllanadi. 
Idrok predmetliligini ta’minlashda harakatlarning o‘rni haqida gap 
ketganida, idrokning motorli tarkibiy qismi haqida so‘z yuritishimiz lozim, motorli 
tarkibiy qismga jismni paypaslayotgan qo‘l harakati; ko‘rinib turgan shaklni 
kuzatib chiqayotgan ko‘z harakatlari; tovush chiqarayotgan hiqildoq harakatlari va 
h.k.lar kiradi. 
Ko‘zlar va qo‘llar harakatida umumiylik mavjudligini ta’kidlash lozim. 
Ko‘zlar, qo‘llar kabi surat va jism shakllarini «paypaslagandek» ketma-ket kuzatib 
chiqadi. Ko‘zlar harakati turli-tuman bo‘lib, ko‘pchilik vazifalarni bajaradi. 
Ko‘rish idrokida ko‘zlarning mikro va makroharakatlari alohida o‘rin tutadi. Agar 
odam harakatsiz jismning qandaydir nuqtasiga tikilib tursa, u holda unda sub’ektiv 
ravishda bu nuqtani harakatsiz nigohi bilan qayd etayotganidek tasavvur paydo 
bo‘ladi. Haqiqatda esa ko‘rish idroki inson uchun ixtiyorsiz va sezilarsiz 
mikroharakatlar bilan birgalikda kechadi. Shunday qilib, jismni idrok qilish 
imkoniyati idrok jarayonida motorli tarkibiy qismning ishtiroki bilan belgilangan. 
Idrokning boshqa xossasi uning yaxlitligidir. Jismning alohida xossalarini 
aks ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, idrok jismning yaxlit obrazini yaratadi. 
Sezgining tarkibiy qismlari o‘zaro shu darajada mahkam bog‘langanki, jismning 
yagona murakkab obrazi odamga ob’ektning alohida xossalari yoki alohida 
qismlari bevosita ta’sir ko‘rsatganida ham hosil bo‘ladi. Idrokning yaxlitligi, hatto, 
idrok etilayotgan ob’ektning alohida xossalari chala aks ettirilganida ham qabul 
qilingan axborot xayolan aniq jismning yaxlit obrazi holatiga etkazilishi bilan 
ifodalanadi. 
Idrokning yaxlitligi uning strukturaviyligi bilan bog‘liq. Ushbu xossa 
ko‘pchilik hollarda idrokning daqiqali sezgilarimizning proeksiyasi va ularning 
oddiy yig‘indisi emasligidan iborat bo‘ladi. Bizlar bu sezgilardan ajratib olingan, 
bir muncha vaqt davomida shakllanadigan umumiy tuzilishni idrok etamiz. 
Masalan, agar odam biror-bir kuyni tinglayotgan bo‘lsa, yangi nota jaranglashi 
haqida axborot etkazilguniga qadar uning ongida avval tinglangan kuyning notalari 
jaranglayveradi. Odatda, tinglovchi kuyni tushunib etadi, ya’ni, uning tuzilishini 
yaxlitligicha idrok etadi. Shunday qilib, idrok ongimizga biz real olamda duch 
kelgan jism yoki hodisaning tuzilishini etkazib beradi. 
Idrokning navbatdagi xossasi uning konstantligidir. Konstantlik deb, idrok 
qilish sharoitlarining o‘zgarishida jismlar ba’zi bir xossalarining nisbiy 
doimiyligiga aytiladi. Perseptiv tizimning idrok sharoitlarining o‘zgarishini 
to‘ldirish qobiliyatida namoyon bo‘ladigan konstantlik tufayli, bizni o‘rab turgan 
jismlarni nisbatan doimiy jismlar sifatida idrok etamiz. Yuqori darajadagi 
konstantlik jismlar rangi, kattaligi va shaklini ko‘rish idrokida kuzatiladi. 


Rangni idrok qilish konstantligi yoritilganlikning o‘zgarishida ko‘zga 
ko‘ringan rangning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Masalan, ko‘mir bo‘lagi 
yozning quyoshli kunida, kech tushgan vaqtdagi bo‘rdan ko‘ra taxminan 8-9 marta 
yorqinroq ko‘rinadi. Lekin ko‘mirni qora rangda idrok etamiz, bo‘rning tusi esa
kechqurun bo‘lsa ham, biz uchun oq bo‘ladi. Rangning konstantlik hodisasi qator 
sabablar, shu jumladan, ko‘rish maydoni yorqinligi umumiy darajasining yorqin 
ranglarning keskin o‘zgarishiga moslashishi, shuningdek, yoritilganlik 
sharoitlarida jismlarning haqiqiy rangi haqidagi tasavvurlarning ta’siri bilan 
belgilanadi. 
Jismlar kattaligi idroki konstantligi jismlarning turlicha uzoqlashganlik 
masofalaridagi jismlarning ko‘zga ko‘ringan kattaligining nisbiy doimiyligida 
ifodalanadi. Xuddi shunday, bir xil odamning bo‘y o‘lchami 3,5 va 10 metr 
masofadan, ko‘z to‘r pardasidagi tasvirining kattaligi uzoqlashish masofasiga ko‘ra 
turlicha bo‘lsada, o‘zgarmas holatda idrok etiladi. Bu holat jismlarning uncha katta 
bo‘lmagan uzoqlashish masofasida ularni idrok qilish kattaligi faqatgina ko‘z to‘r 
pardasidagi obrazning kattaligi bilan emas, balki, qator omillar ta’siri bilan ham 
tushuntiriladi. Bunday ahamiyatga molik bo‘lgan omillardan jismni turli 
masofalarda qayd etishga moslashayotgan ko‘z mushaklarining zo‘riqishidir. 
Jismlar shakli idroki konstantligi jismlar holatining kuzatuvchi nigohi 
chizig‘iga nisbatan o‘zgarishi sharoitida idrokning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. 
Ko‘zlarga nisbatan jism holatining har bir o‘zgarishida uning to‘r pardadagi 
tasvirining shakli o‘zgaradi (masalan, jismga to‘g‘ri, yon, orqa tomondan qarash 
mumkin va h.k.). Lekin ko‘zlarning, bizga avvalgi tajribadan ma’lum bo‘lgan 
jismlar shakli va chiziqlariga xos bo‘lgan uyg‘unliklarni ajratish bo‘yicha 
harakatlari tufayli idrok etilayotgan jism shakli biz uchun doimiy bo‘lib qoladi. 
Idrok konstantligi manbai bo‘lib perseptiv tizimning faol harakatlari xizmat 
qiladi. Aynan o‘sha jismlarning turli sharoitlarda ko‘p martalab idrok etilishi 
perseptiv obrazlarning o‘zgaruvchan sharoitlarga nisbatan doimiyligi (invariantlik, 
o‘zgarmas tuzilish)ni, shuningdek, retseptor apparatining harakatlarini ta’minlaydi. 
Idrokning xususiyatlari insonning barcha orttirilgan amaliy va hayotiy 
tajribasi bilan belgilanadi, chunki idrok jarayoni faoliyatdan ajralmasdir. Idrok 
seskantiruvchining xususiyatining o‘zigagina emas, balki, sub’ektga ham bog‘liq 
bo‘ladi. Ko‘z va quloq emas, ma’lum bir jonli inson idrok etadi. Idrokning psixik 
hayotimizning umumiy mazmuniga bog‘liqligi appersepsiya deb ataladi. 
Appersepsiyada insonning bilimlari, orttirilgan tajribasi, avvalgi amaliyoti 
katta o‘rin egallaydi. Bilim va tajriba idrokning aniqligi va yorqinligiga muhim 
ta’sirga ega. Chet tilini idrok qilishda tanish bo‘lmagan so‘zlarni bilmasdan turib, 
o‘z ona tilimizni, hatto, so‘zlar tushunarsiz talaffuz etilganda ham, bexato 
anglaymiz. 


Idrok mazmuni inson oldiga qo‘yilgan vazifa, hamda uning faoliyati 
motivlari, uning qiziqishlari va yo‘nalganligi bilan belgilanadi. 
Appersepsiyada asosiy o‘rin idrok mazmunini o‘zgarishi mumkin bo‘lgan 
mayl va hissiyotlarga ajratiladi. Uxlayotgan bolaning onasi ko‘chadagi 
shovqinlarni eshitmasada, bola tomondan kelgan har bir tovushga darhol 
munosabat bildiradi. 
Noto‘g‘ri (soxta) yoki izdan chiqqan idrok hodisasi idrok illyuziyasi deb 
ataladi. Illyuziyalar idrokning turli ko‘rinishlarida (ko‘rish, eshitish va b.) 
kuzatiladi. Illyuziyular tabiati faqat mayl. yo‘nalganlik, hissiy munosabatlar va 
h.k.lar kabi sub’ektiv sabablar bilan emas, balki, yoritilganlik, fazoviy holat va 
boshqalar kabi jismoniy omillar va hodisalar bilan belgilanadi. 
Idrokning anglanganligi. Perseptiv obrazlar har doim ma’lum mazmun 
ahamiyatiga ega bo‘ladi. Inson idroki, avval ta’kidlaganimizdek, tafakkur bilan 
uzviy bog‘langan. Tafakkur va idrokning aloqasi, avvalambor, jismni ongli idrok 
qilish – unga tafakkurda nom berishda, ya’ni, uni ma’lum guruh, sinfga tayinlab, 
ma’lum so‘z bilan bog‘lashda ifodalanadi. 
Idrok etiladigan axborotni anglash jarayoni struktura-mantiqiy chizma 
yordamida taqdim etilishi mumkin. Idrok jarayonining birinchi bosqichida axborot 
oqimidan rag‘batlar to‘plamini ajratib olish va ularning aynan bir xil ob’ektga 
tegishli ekanliklari haqida qaror qabul qilish amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda 
ob’ektni identifikatsiyalash mumkin bo‘lgan sezgilarning belgilar to‘plamining 
tarkibiga yaqin yoki o‘xshash bo‘lgan sezgilarni xotirada izlash jarayoni sodir 
bo‘ladi. Uchinchi bosqichda idrok etilgan ob’ektni, qabul qilingan qarorni e’tirof 
yoki inkor etuvchi qo‘shimcha belgilarni izlash bilan birga, ma’lum darajaga 
kiritish jarayoni sodir bo‘ladi. Va, nihoyat, to‘rtinchi bosqichda ob’ekt bilan bir 
sinfga tegishli ob’ektlarga xos bo‘lgan, lekin hali idrok etilmagan xossalari bilan 
birgalikda, ob’ekt haqida yakuniy xulosa shakllanadi. Shunday qilib, idrok – bu 
ahamiyatga molik darajadagi intellektual jarayon. 

Download 411.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling