1-idum majburiy blok (Ona tili) 1-variant 1
Download 90.13 Kb.
|
23-iyulga
1-IDUM MAJBURIY BLOK (Ona tili) 1-variant 1. Berilgan birliklardan faqat bog’lovchilar ko’rsatilgan javobni toping. A) uchun, singari, hamda B) faqat, hamda, chunki C) xuddi, chunki, haqida D) agar, hamda, ammo 2. Qaysi gapda tinish belgilarini qo’llash qoidalariga amal qilingan? A) Hozir Humoyunning fil yonida birgina inisi oq otliq Hindol mirzo bormoqda. B) Asli qiyofangni ko’rsatishdan qo’rqishing, demak, o’zingdan nafratlanishingni bildiradi. C) Qaysi ishni qilmoqchi bo’lsang eng avvalo, o’z ko’ngling bilan kengashib ko’rgin. D) Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, men o’sha cho’qqida quchganman zafar. 3. Qaysi gapda fe’l turkumiga oid so’z imloviy jihatdan xato yozilgan? A) Shovilladi tun bo’yi shamol, Qaldiroqlar ko’chdi larzakor. B) Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar, Fayzullodek mard-u maydonlaring bor. C) Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar – Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor. D) Qayinbarglar yopib qaro ko’zini, Olislarda qolgan Usmonlaring bor. 4. Qaysi javobda “zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to’g’risidagi fan” ma’nosini beruvchi atama berilgan? A) menejment B) menejer C) monitoring D) strategiya 5. Lekin men bu gapnio hech kimga aytmagan edim. Ushbu gapda olmoshning ma’no jihatdan necha turi qatnashgan? A) 3 B) 1 C) 2 D) 4 6. Qaysi javobda “igna ustida o’tirmoq” iborasining ma’nosi berilgan? A) shoshib qolmoq B) gumonsiramoq C) bezovta bo’lmoq D) og’riqni his etmoq 7. Qaysi javobda teng bog’lovchi yordamida bog’langan qo’shma gap berilgan? A) Yo zardo’zi to’ning to’zibmi qoldi, Yoki so’kildimi suvsar telpaging? B) Chin do’st yurakdan so’zlar, chunki u sening yomon bo’lishingni aslo xohlamaydi. C) Nimaiki senga zarar keltirsa, o’sha narsani boshqalarga ham ravo ko’rma. D) Xalqni qo’rqitgan emas, balki dardiga sherik bo’lgan odam marddir. 8. Javoblarning qaysi birida berilgan birlik imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan? A) Oliy Majlis B) “O’zbekiston qahramoni” unvoni C) Oliy sud raisi D) Toshkent Davlat sharqshunoslik institute 9. Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor, Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor… Ushbu she’riy parchada ajratib ko’rsatilgan so’zlardan nechtasi ko’chma ma’noda qo’llangan? A) 3 B) 2 C) 5 D) 4 10. Qaysi gapda chiziqcha noto’g’ri qo’llangan? A) Men, oyimning aytishicha, o’sha yilning 15-martida tug’ilgan ekanman. B) Onasi uning orqasidan hay-haylagancha qoldi. C) Ular shu tariqa baxtli-saodatli umr kechirishibdi. D) XX asr ilm-fan sohasida muhim ixtirolar asri bo’ldi. Download 90.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling