1. Ijtimoiy menejment obyekti


Jamoaning ijtimoiy rivojlanishi


Download 30.43 Kb.
bet2/5
Sana03.12.2023
Hajmi30.43 Kb.
#1800169
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ijtimoiy menejment Sardor

2. Jamoaning ijtimoiy rivojlanishi


Jamoaning ijtimoiy rivojlanishiga inson hayoti bilan bog'liq hal qilinishi lozim bo'lgan masalalar majmui, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar to'plami sifatida qaraladi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etishda ancha erkinliklarga ega bo'ldilar. Korxona jamoasi o'z mablag'idan o'zi mustaqil ravishda foydalanish huquqiga ega, jamoaning har bir azosi uning va u orqali butun jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy masalalarni hal qilishda faol qafnashish uchun kengroq imkoniyatlarga ega bo'ladi. Korxona jamoasi texnikaviy, iqtisodiy ko'rsatkichlar bilan bir qatorda O l z ijtimoiy muammolarini yechishga ham harakat qiladi. Bu asosan korxonani ijtmoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha ikki guruhga bo'linuvchi tadbirlar vositasida amalga oshiriladi. Birinchi guruh tadbirlar jamoa ijtimoiy tarkibini qayta tashkil etishga qaratilgan. Fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish bilan uning samaradorligi, ishlovchilarning malakasi, madaniyatiga bo'lgan talab ortadi, yangi kasblar vujudga kelib, eskilari yo'qolib boradi.
Fan-texnika taraqqiyoti, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ko'pchilikni oldin shug'ullangan ishidan bo'shatadi. Qachon, qancha ishchi ishdan bo'shashi, ularning qanchasini qayta tayyorlash, qayerga ishga joylashni oldindan ko b ra bilish zarur.
Bozor munosabatlariga o s tish, shuningdek, ishlovchilarning ijtimoiy tabaqalanishiga o'zgartirish kiritadi. Bozor iqtisodiyoti uchun tadbirkor, ijodiy yondashuvchi, bilimlarini qo'llay oluvchi, menejment, marketing va biznesni biluvchi kishilar kerak. Ijtimoiy rivojlanish tadbirlari ichida kadrlarni barqarorlashtirish va ularning qo'nimsizligini tugatish bo'yicha tadbirlar alohida o'rin egallaydi.
Ikkinchi guruhga kiruvchi tadbirlar ishchilar moddiy farovonligini oshirish (ish haqini tartibga solish, moddiy rag'batlantirish tizimini takomillashtirish), madaniy-maishiy hayot sharoitini yaxshilashga (yashash sharoiti, madaniy maishiy xizmat ko'rsatish, umumiy ovqatlanish, dam olishni tashkil etish va h.k.) qaratilgandir.
Ijtimoiy rivojlanish bo'yicha tadbirlar iqtisodiy jihatdan asoslangan va texnikaviy-iqtisodiy tadbirlar bilan uzviy bog'liq bo'lishi kerak. Boshqa tomondan texnik iqtisodiy tadbirlar ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish UChUn asos bo'lib xizmat qi]adi va mehnat jamoasi a'zolari ehtiyojlari va manfaatlarini har tomonlama qondirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Shunday qilib, mehnat jamoasining ijtimoiy rivojlanishi korxona umumiy biznes-rejasining tarkibiy qismidan iboratdir.

Download 30.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling