# Bola shaxsini ta’limga psixologik tayyorgarligi deganda nimalar nazarda tutiladi?
+ intellektual, emotsional, ijtimoiy etuklik
- bolaning idrokining o‘tkirligi, ravshanligi diqqat xususiyatlarini rivojlanishi.
- bolaning ob’ektiv va sub’ektiv jihatdan maktab talabiga tayyorligi.
- maktabda o‘qish hohishi, intilishi, katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishishi.
# Rivojlanishning eng yaqin zonasi bola amalga oshiradigan qanday amallardan tashkil topadi?
+ kattalar yordamida bajara oladigan amallar;
- umuman bajara olmaydigan amallar;
- mustaqil bajara oladigan amallar;
- bajarishni hoxlamaydigan amallar;
# Quyidagi yosh davrlarining qaysilarida boshqa odamlar bilan bo‘lgan muloqot etakchi faoliyat sifatida gavdalanadi?
+ go‘daklik, o‘smirlik;
- maktabgacha yosh davri, o‘smirlik;
- o‘smirlik, o‘spirinlik;
- ilk bolalik, kichik maktab yoshi;
# Fanda ma’lum yosh inqirozlaridan adabiyotlarda dastlab qaysi inqiroz davri keng yoritilgan?
+ jinsiy etilish davri inqirozi;
- tug‘ilish davri inqirozi;
- 3 yosh inqirozi;
- 7 yosh inqirozi;
# Bevosita-emotsional muloqot va predmetli-manipulyativ faoliyat qaysi yosh davrida etakchi faoliyat bo‘lib hisoblanadi?
+ go‘daklik davri;
- ilk bolalik davri;
- maktabgacha yosh davri;
- kichik maktab yoshi;
# Yangi tug‘ilgan chaqaloqning sensor tizimlari orasida qaysilari nisbatan yaxshi rivojlangan bo‘ladi?
+ hid bilish, teri tuyish, ta’m bilish;
- teri tuyish, ko‘rish, ta’m bilish;
- eshitish, ta’m bilish, hid bilish;
- ko‘rish, hid bilish, eshitish;
# Rang ajrata olish qobilyati bola tug‘ilgach taxminan necha oydan keyin shakllanadi?
+ 5 oy;
- 3 oy;
- 1 oy;
- 7 oy;
# Bola yuzida shaklan tabassumga o‘xshash harakatlar qaysi davrdan kuzatiladi?
+ chaqaloqlik;
- go‘daklik davri;
- ilk bolalik davri;
- maktabgacha yosh davri;
Do'stlaringiz bilan baham: |