1. Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati. Ijtimoiy tarmoqning axborot maydoniga aylanishi


Download 88.53 Kb.
bet10/10
Sana05.11.2023
Hajmi88.53 Kb.
#1749671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLAR.

Xulosa o’rnida
Zamonaviy texnologiyalarning tez sur’atlarda o’sishiga qaramay, ba’zan odamlar ulardan oqilona foydalanish qanday kechishi kerakligini to’liq anglab yetmaydi. Kompyuter va internetgacha bo’lgan davrda o’sib-ulg’aygan ko’plab ota-onalar va muallimlarning katta qismi, agar bola internetdan foydalana boshlasa, buning, albatta, foydasidan zarari ko’proq, deb o’ylaydi. Bolani kompyuter yoki internetdan chalg’itish harakati zamirida aslida boshqa bir muammo, ya’ni kattalarning bu masalada nisbatan savodsiz ekani aniqlandi. Biroq agar ular o’zlari avval texnologiyalar savodsizligi masalasiga jiddiyroq yondashib, uni bartaraf etishsa, maqsadga muvofiq bo’lardi. Negaki, savodsizlik masalasidan qochish orqali bolani texnologiyalardan ajratib qo’yish to’g’ri emas. Buning ustiga yana bir jihat e’tiborga loyiq: aynan kattalarning tutgan yo’lidan kelib chiqqan holda bolalarda kibernetik do’stiga nisbatan munosabat shakllanadi. SHubhasiz, internet bilim va kerakli axborotni olish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi, biroq tarmoqqa joylashtiriladigan katta hamjdagi axborotning barchasini ham ishonchli va foydali deb bo’lmaydi. Foydalanuvchilar ma’lumotlarning to’g’riligini aniq ajrata bilishi uchun tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishi talab etilarkan, bu jihat «Internetda bo’lsa, demak, to’g’ri» deya fikrlaydigan bolalarga ham tegishlidir. Bu borada ularga internetda xohlagan inson o’z sahifasini yaratishi, unga har qanday ma’lumotni joylashtirishi va bunda unga hech kim to’siqlik qila olmasligini vaqtida tushuntirish zarur. Bolalarga keng doiradagi manbalardan foydalanishga yo’naltirish natijasida faktlarni fikrlardan farqlashga, to’g’riligi tasdiqlanmagan axborotdan himoyalanishga ularni o’rgatish mumkin.
Xususan, bugungi kunda matbuot, noshirlik va axborot sohasida tegishli huquqiy asos yaratilgan bo’lib, 10 dan ortiq qonun va 30 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilingan. 1677 ta matbaa korxonalari, 118 ta nashriyot davlat ro’yxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan alisher navoiy nomidagi o’zbekiston milliy kutubxonasi, 14 ta hududiy birlik axborot-kutubxona markazi, tuman va shahar markazlaridagi ta’lim mussasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazlari tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko’rsatilmoqda. O’zbek tilidagi birinchi elektron kutubxona – www.ziyouz.com 2004 yili tashkil etilgan bo’lib, hozirda portalda ko’p qismi noyob nashrlardan iborat 10000 dan ortiq elektron kitoblar mavjud. Android platformasidagi telefonlar uchun 30 dan ortiq kitob ilovalari ishlab chiqilgan. Hozirgi kunga qadar har bir ilovani 1 mln dan ortiq foydalanuvchi yuklab olgan.
O’tkazilgan nazariy tahlil va empirik tadqiqotlar natijasiga ko’ra shaxsning axborot madaniyatini rivojlantirishda mediakompetentlik yondashuvini joriy etish istiqbolda o’z samarasini berishi aniqlandi. Mamlakatimizning raqamli iqtisodiyot va axborot jamiyatiga o’tishi shaxs axborot madaniyatini yanada yuksaltirish masalasini taqazo qilmoqda.
Jamiyatni axborotlashtirishning barcha asosiy xususiyatlari, shu jumladan uning dinamikasi axborot madaniyatiga sezilarli darajada bog’liq. Biroq sa’yharakatlarning xilma-xilligi, maqsadli ravishda tashkil etilgan axborotni o’rganish jarayonining yo’qligi tufayli jamiyatning axborot madaniyati darajasi nisbatan pastligicha qolmoqda.
Xususan, bugungi kunga kelib shaxsning axborot madaniyatini nafaqat an’anaviy balki yangi axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda axborotga bo’lgan ehtiyojlarni muvofiq qondirish bo’yicha maqsadli va mustaqil faoliyatni ta’minlovchi dunyoqarash hamda bilim va ko’nikmalarlar tizimining yig’indisiga aylandi.
Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, «... biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o'tgan, yuksak ma'naviyat xazinasi bo'lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz». Binobarin, bugungi davr bizdan dunyo miqyosida bo'hton va uydirmalarni tarqatish orqali yoshlarimizni aldab, o'z qarmog'iga ilintirishga intilayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi turli salbiy holatlarga hech qanday imkon bermasligimizni talab etmoqda. Zero, milliy ma'naviyatimizni asrash orqali yoshlarimizni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, o'z xalqiga, yurtiga bo'lgan muhabbatini

1 Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. -T.: Manaviyat, 2008.115-6.

11 AKT: tezkor, qulay va ilg`or// Xalq so`zi. - 2012. - 24 aprel.

2 Aloqa va axborotlashtirish masalalari mukokamasi //Xalq so’zi. - 2012. - 24 iyul.

11 Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. -T.: Manaviyat, 2008.114-6.

Download 88.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling