1. Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati. Ijtimoiy tarmoqning axborot maydoniga aylanishi


Statista.com sayti eng ommabop messenjerlar ro‘yxatini e’lon qilgan


Download 88.53 Kb.
bet6/10
Sana05.11.2023
Hajmi88.53 Kb.
#1749671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLAR.

Statista.com sayti eng ommabop messenjerlar ro‘yxatini e’lon qilgan:

  • Facebook Messenger 2 mlrddan ortiq

  • WhatsApp — 2 mlrd;

  • Wechat — 1,3 mlrd;

  • Instagramga 800 mln dan ortiq

  • QQ – 574 mln;

  • Snapchat – 557 mln;

  • Telegram – 550 mln foydalanuvchiga ega.

Eng ommabop messenjer WhatsApp’dan:

  • bir kunda 100 milliarddan ortiq xabar yuboriladi;

  • mobil qurilmalar orqali bir kunda ilovadan o‘rtacha 38 daqiqa foydalaniladi;

  • 26-35 yosh atrofidagi foydalanuvchilarning ulushi 27 foizni tashkil etadi;

  • foydalanuvchilarning 46,1 foizi ayollarni tashkil etadi.

O‘zbekistonda eng ommabop messenjerlar ro‘yxati:

  • Telegram — 80 foiz;

  • WhatsApp — 22 foiz;

  • Facebook Messenger — 6 foiz.

Datareportal.com ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston aholisining qariyb 70 foiz qismi internet foydalanuvchisi hisoblanadi. Aholining 18,3 foiz qismi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi.
Mamlakatda foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p Instagram ijtimoiy tarmog‘idan foydalaniladi. Hozirgi kunda ushbu tarmoqdan foydalanuvchilar soni 4,8 milliondan ortiq. Ularning 34,4 foiz qismi ayollar, asosiy qismi yoshlarni (18-35 yosh) tashkil etadi.
2011 yili Appsoreda Piktaboo nomli ilova paydo bo’ldi Ko’p otmay ilovaning nomi snapchatga o’zgardi. 2016 yili Esa jonli muloqotni yo’qtiradigan foydalanuvchilar uchun Bigolive ilovasi ishga tushuriladi 2016 yilga qadar hech qaysi dasturchi instagramdan qiziqarliroq sayt yoki ilovani taqdim eta olmadi. Lekin 2016 yili bu hatoni xitoylik dasturchilarning Douyin ilovasi to’girladi. Ushbu ilova insonlarga o’zining fikrlarini qisqa 1daqiqalik video orqali etkazishga imkon berardi. 1 yil o’tib ilovani yuklab olganlar soni 10 mlndan ordi. Shundan song dasturchilar ilovaning nomini Tik tokga almashtirdi . Ayni vaqtda 1 yilda tiktokga 1mlddan ortiq video yuklanar ekan. Ayni vaqtda esa yuzlab nomdagi ishtimoiy tarmoqlar mavjud bo’lib ular bizga birgina xabar almashish emas balki ko’plab imkoniyatlarni beradi .
Mo’jizakor axborot vositalaridan zararli maqsadlarda foydalanish, farzandlarimizning noto’g’ri yo’llarga chalg’ishi, oldi-qochdilarga umrini sovurish, ayniqsa, mobil telefon bois kelib chiqayotgan ko’plab noroziliklar, ko’ngilsizliklar bu borada qilinadigan ishlar nihoyatda ko’pligidan darak beradi. Taraqqiy topgan davlatlarda axborot madaniyati (infoetika, mediaetika, mediata’lim va hokazo) alohida fan, alohida muammo, alohida pedagogika, alohida siyosat darajasiga chiqdi. Ilmiy markazlar, olimu mutaxassislar ushbu muammolar tevaragida ixtisoslashgan holda, yuz berayotgan holatni o’rganishmoqda, tahliliy asarlar yaratishyapti. Bu bejiz emas. -Amerikalik olim E. Toffler “Uchinchi to’lqin” asarida “Insoniyat ortda qoldirgan yo’l uch bosqichdan iborat”, degan fikrni ilgari suradi. Ya’ni qishloq xo’jaligi, sanoat hamda hozirgi axborot tamaddunlari. Tabiiy savol tug’iladi: xo’sh, keyin-chi? Insoniyat to’rtinchi to’lqin davrini ham boshdan kechiradimi? Unga qanday nom beriladi? Taraqqiyot shiddati bashariyatni qayerlarga olib boradi? O’zimiz yaratgan, erishgan va erishayotgan taraqqiyot cho’qqilarida omon qolish hamda yashash epini topa bilamizmi?
Sog’lom aql-idrok va mantiqdan kelib chiqilsa, hozirdanoq to’rtinchi to’lqin axborot odobi, madaniyati tamadduni, deb nomlanishi birdan-bir to’g’ri hamda oqilona chora ekanligini ko’rsatadi. Ha, endilikda odamlarning, oilalarning, milliy qadriyatlarning — insoniyatning rivoji, farog’ati va istiqboli mazkur xaloskor madaniyatga bevosita bog’liq bo’lib qoladi.
Ayonki, texnik taraqqiyotni to’xtatish mumkin emas: biz buni xohlaymizmi-yo’qmi, kompyuter texnologiyalari hayotimizda mustahkam o’ringa ega, kompyuter savodxonligi ko’rsatkichi esa ko’p hollarda insonning yuqori saviyasini belgilab beruvchi omilga aylanib bormoqda. Bugun kompyuterda ishlashni bilmaydigan xodimni yaxshi mutaxassis deyish qiyin. Agar o’tgan asrning 90-yillari o’rtalarida yoshlarning eng sevimli mashg’ulotlari musiqa tinglash va teleko’rsatuvlar ko’rish bo’lsa, ayni kunda esa kompyuter va internet avvalgi qiziqishlarni yosh avlod hayotidan siqib chiqardi. Hozirgi zamon yoshlarining 70 foizi o’z qiziqish va sevimli mashg’ulotlari haqida so’z yuritganda sport, do’stlar bilan suhbatlashish, ma’naviy va madaniy hordiq chiqarish chiqarish bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari, internetga bo’lgan qiziqishini birinchi o’rinda tilga oladi.

Download 88.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling