1. Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati. Ijtimoiy tarmoqning axborot maydoniga aylanishi
Download 88.53 Kb.
|
IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLAR.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi
- Uchinchi
- Zamonaviy axborot ilmi asoschilaridan bo’lgan mashhur Marshall Maklyuen (Kanada) o’tgan asrning 70-yillarida “Har bir yangi axborot vositasi o’sha zamon kishilarini imtihondan, sinovdan o’tkazadi”
Intranet - bu internet texnologiyasi, programma ta'minoti va protokollari asosida tashkil etilgan, hamda ma'lumotlar bazasi va elektron xujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini beruvchi korxona yoki konsern miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog`idir. Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi bilan farqlanadi. Bir yoki bir necha serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron ma'lumot, ma'lumotlar bazasi va fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda, qaysi direktoriyada qanday nom bilan saqlanganligini, ularga kirish usul hamda shartlarini bilishi zarur bo`ladi.
Server - bu boshqa kompyuter va programmalarga xizmat ko`rsatadigan kompyuter yoki programmadir. Yani boshqa kompyuterlarga o`zining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi kompyuter Server hisoblanadi. Bitta kompyuterda bir necha Server ishlashi mumkin. Internetda esa bunday noqulayliklarni oldi olingan bo`lib, uning foydalanuvchisi bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari internet tarmog`ida mavjud bo`lgan barcha elektron xujjat va ma'lumotlar bazasini giperbog`lanishlar yordamida o`zaro bog`lab yagona informatsion muxit qurish, unda qulay informatsion qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo`ladi. Internet tarmog`ining texnik ta'minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sun'iy yo`ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan. Internet tarmog`ining dasturiy ta'minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta'minlovchi dasturlar. Internet tarmog`ining axborot ta'minoti Internet tarmog`ida mavjud bo`lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo ko`rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan. XXI asr boshida hayot suratlarining beqiyos darajada tezlashuvi, axborot oqimining kuchayishi oqibatida avtoritar – nufuz masalasi ham yangicha ma’no kasb etayotir. Ba’zi yoshlar o’zining bilim olish va hayotga munosabatini belgilashda ota – ona, ustoz – murabbiyini emas, OAV hamda internetni avtoritar sifatida e’tirof etishi, ulardagi axborot va ma’lumotlarni mutloq chin deb ishonishi tashvishlanarli holdir. Bugun xaqiqatni uydirmadan ajrata olmaydigan, bu boradagi hali tajribasi ham bo’lmagan yoshlarning hayotiy tushuncha va tasavvurlarini asosan ta’lim – tarbiya muassasalarining ish faoliyatini qiyinlashtirib qo’ymoqda. Sir emaski, internet tez va arzon axborot yoki ma’lumot olish, yetkazish hamda qayta ishlashda beqiyos manba sanaladi. Kundan – kun safi kengayib, foydalanuvchilar soni ortayotgan mazkur tizim dunyo hamjamiyatining axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirmoqda. “Uzoqni yaqin qiladigan” manba sifatida qaraladigan internetning ko’proq yoshlar kiradigan saytlarini tubdan yangilash zarur. Sababi — sog’lom turmush tarzini shakllantirish, yuksak ma’naviyat, pok axloq asosida o’g’il–qizlarni tarbiyalash vazifasi ana shuni taqazo etadi. “Ommaviy ma’daniyat” niqobi ostida g’arbona kiyinish, g’arbona muomala singari milliy – ma’naviy qadriyatlarimizga zid g’oyalar yoshlarimiz ongini zaharlashiga loqayd qarab turib bo’lmaydi. Shuning uchun, ayniqsa, ta’lim tizimidagi saytlarning ma’lumotlar bazasini sog’lom tarzi talablariga mos ravishda giyohvandlik, kashandalik, ichkilikbozlikka qarshi kurashga oid axborotu ma’lumotlar bilan boyitish, yangilash zarur. Yosh avlodda bu jihatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo’lishi lozimki, ular virtual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Faqat shundagina, globallashuv jarayonlarida yoshlarning ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish, ularni noto’g’ri talqin qilishiniig oldi olinadi. Axborot iste’moli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi. Dunyoda yoshlar kamoli haqida qayg’urmaydigan millat, ularning kelajagi uchun jon koyitmaydigan davlat topilmasa kerak. Yoshlar har bir millatning davomchilari bo’lishi barobarida, davlatning tayanchi, kelajagani hal qiluvchi kuch sifatida namoyon bo’ladilar. Ammo, shunday kuchlar ham borki, ular o’z qarashlarini singdirish yo’lida har qanday usullardan ham voz kechmaydi. Bunday kuchlarning qo’lida insoniyat ongining mahsuli bo’lgan eng yuksak texnologiyalar, usullar ham qurol vositasini o’tayotganligi barchani tashvishga soladi. Ayniqsa, hozirgi davrda internet saytlarida yoshlar dunyokarashiga ijobiy ta’sir kiluvchi axborotlar oqimidan tashkari buzgunchi g’oyalar asosida shakllantirilgan materiallar ham uchrab turadi. Internet saytlarida yoshlarga kuchli ta’sir etuvchi axborotlarni quyidagicha tasniflash mumkin. Birinchi toifadaga axborotlar sirasiga yot, buzg’unchi g’oyalar (diniy ekstremizm va terrorchilik g’oyalari, millatchilik, irqchilik, sadizm kabilar)ni kiritish mumkin. Ikkinchi toifadagi axborotlar esa g’arb hayot tarziga xos, o’zbek mentalitetiga zid odatlar va ko’nikmalarni targ’ib etadi. Bu ayniksa, g’arb yoshlarining kiyinishi, odatlarini targ’ib qiluvchi maqolalar, kliplar, filmlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Uchinchi toifaga esa pornografik axborotlarii kiritish mumkin. To’rtinchi toifaga esa hali tekshirilmagan, o’z isbotiga ega bo’lmagan turli xujumkor axborotlarni kiritish mumkin. Internet saytlaridan tarqatilayotgan bu kabi yot g’oyalar va axborotlarni yoshlar tomonidan qabul qilinayotganligi va uning oqibatlari jaxondagi barcha mamlakatlari halqini ham tashvishga solmokda. Yosh avlodda bu jixatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo’lishi lozimki, ular virtual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uiing taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Fakat shundagina, globallashuv jarayonlarida yoshlarning ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish, ularni noto’g’ri talqin qilishining oldi olinadi. Axborot iste’moli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi. Kelgusida yoshlarning axborot muxitidagi ijtimoiy ongini monitoring qilish tizimini shakllantirish, “virtual” axborot hududida ularning ustuvor nuktai-nazarlarini o’rganiig, kelajak avlodning axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborotdan aholini himoya qilish, o’sib kelayotgan avlodning media-savodxonligini muntazam oshirib borish, yoshlarning ma’naviyatiga ta’sir ko’rsatuvchi “ommaviy madaniyat” tahdidi va yot oqimlarning haqiqiy moxiyatini ochib beruvchi ma’lumotlarni yetkazish tizimini yo’lga qo’yish bo’yicha faoliyatni yanada rivojlantirish kabi masalalar jamiyatimiz oldida turgan vazifalardan bo’lib qoladi. Teletomosha hamda radio tinglash madaniyati, internet, ayniqsa, mobil telefondan foydalanish madaniyati — barchasini umumlashtirib aytganda, axborot madaniyati asri odamlarni chin ma’noda shoshirib qo’ymoqda. Zamonaviy axborot ilmi asoschilaridan bo’lgan mashhur Marshall Maklyuen (Kanada) o’tgan asrning 70-yillarida “Har bir yangi axborot vositasi o’sha zamon kishilarini imtihondan, sinovdan o’tkazadi”, deganida, hali kompyuter, internet, mobil telefon odamzod xayoliga kelmagan edi. Lekin ushbu dono bashorat naqadar to’g’riligini bugungi hayot, turmush tarzi har qadam, har lahzada ko’rsatmoqda, isbotlamoqda. Haqli savol tug’iladi: o’z ixtiyorimizdagi axborot vositalaridan foydalanish madaniyati me’yorlarini nechog’li o’zlashtirganmiz? Ularni amalda qo’llayapmizmi? O’sha jonsiz buyumlar har birimizni imtihondan, sinovdan o’tkazayotganini — fe’l-atvorimizda yangi axborot madaniyatiga ehtiyoj orta borayotganini yetarli darajada his etyapmizmi? Download 88.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling