1. Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati. Ijtimoiy tarmoqning axborot maydoniga aylanishi
Download 88.53 Kb.
|
IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLAR.
Telegram’da 18 million,
“Odnoklassniki”da 16,7 million, Facebook’da 4,7 million, Instagram’da 3,7 million, “Vkontakte”da 2,6 million, Linkedln’da 288 ming, Twitter’da 51,6 ming nafar o‘zbekistonlik foydalanuvchi mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligini yoshlar tashkil qiladi. Vaholanki, Rossiya IIV tomonidan «Vkontakte.ru» sayta Runetdagi bolalar pornetrafiyasini saqlovchi ijtimoiy tarmoq sifatida tan olingan, «Odnoklassniki.ru» va boshka ijtimoiy tarmoqlarda ham pornografiya va shafqatsizlikni targ’ib etuvchi resurslar mavjud. 2021-yilning dekabr holatiga ko‘ra, milliy domen makonidagi 289 ta veb-saytda pornografiya, 91 ta veb-saytda esa behayolik va ma’naviy buzuqlik targ‘ibotiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan holat aniqlangan va 2097 ta qonunbuzarlik holati qayd etilgan. O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 27 milliondan oshdi Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko’ra, bugun butunjaxoi Internet tarmog’ida o’z joniga qasd qilishning oson yo’llarini targ’ib qiluvchi 9 mln, erotik mazmunga ega 4 mln.dan ziyod saytning mavjudligi har birimizni mushohada qilishga undashi tabiiy. Mutaxassislar e’tiroficha, dunyodagi bolalar va o’smirlarning 42 foizi «onlayn-pornografiya» ta’siriga tushayotgan ekan. Yoki kompyuterlarga kiritilgan o’yinlarniig 49 foizi zo’ravonlik va yovuzlikni, beshafqat urushlar, otishmalar, portlashlarni targ’ib qilishi nimadan dalolat beradi? Bu kabi tahdidlar, avvalo, yoshlarniig ongini egallashga yo’naltirilgan bo’lib, xalkimizning ma’naviy xazinasi bo’lgan odob, axloq, sharm-hayo, iffat-andisha kabi yuksak fazilatlarimizga tajovuz qilib, ko’p ming yillik milliy qadriyatlarimizning ildiziga putur yetkazayotgani ham, taassufki, bor gap. Yevropa mamlakatlarida internet ham umumevropa qonunchiligi, ham har bir davlatning o’z huquqiy-me’yoriy xujjatlari bilan tartabga solinadi. Masalan: “Kiber jinoyatlar to’g’risida”gi Konvensiya, “Voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz Internet to’g’risida”gi yevropa Ittifoqi parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Fransiya kabi ilg’or davlatlarda voyaga yetmagan va yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar shular jumlasidandir. Internetni cheklab qo’yish yoki axborot olishni taqiqlash bilan muammo hal bo’lmaydi. Bu xususda yana Birinchi prezidentimiz “… yoshlarimiz nafaqat o’quv dargohlarida, balki radio – televidiniya, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang – barang axborot va ma’lumotlarni olmoqdalar. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o’rab – chirmab, uni o’qima, buni ko’rma deb, bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o’rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga ham to’g’ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokartik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz va bu yo’lda hech qachon qaytmaymiz”1. Download 88.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling