8.INNOVATSION LOYIHALAR PORTFELINI SHAKLLANTIRISH
Innovatsiya tushunchasi, innovatsiyalarning tasnifi. Innovatsion loyihani shakllantirish va uning bajarilish bosqichlari Reja:. “Innovatsiya” tushunchasi 1 Innovatsion loyihalarning tasnifi 2.“Innovatsion infratuzilma”, “texnopark”, “texnopolis” tushunchalari. 3 3 Innovatsion loyihalarning o’ziga xos jihatlari 4 4 Venchur fondi 5 Innovatsion loyihalarni shakllantirish va bajarilish bosqichlari 6 Innovatsion rivojlanish vazirligi 7
“Innovatsiya” atamasi lotincha “novatio” sо‘zidan olingan bо‘lib, “yangilanish” (yoki “о‘zgarish”), “in” qо‘shimchasi esa lotinchadan “yо‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovatio” kо‘rinishida tarjima qilsak – “о‘zgarishlar yо‘nalishida” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bо‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bо‘ldi.
“Innovatsiya” tushunchasi о‘zining yangi hayotini “innovatsion kombinatsiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi о‘zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qо‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi. Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli о‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi.
Innovatsiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi Ilm-fan – bu ma’lum mablag‘larni bilimlar va g‘oyalarga aylantirish Innovatsiyalar – bu bilimlar va g‘oyalarni mablag‘larga aylantirishdir. Ixtiro – bu yangi konsepsiyani yaratish demak. Kashfiyot- izlanish, tekshirish, ilmiy tadqiqot natijasida ba’zan esa tasodifan topilgan yaratilgan ilmiy yangilik. Innovatsiya – bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib kо‘rsatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirish.
Tashabbuskor bо‘ling. О‘zgarishlarning yetakchisiga aylaning. Har qanday xatarni oldindan kо‘ra biling. Jarayonni yarating. Sinergiya* yarating. Hamma narsani shubha g‘alviridan о‘tkazib kо‘ring. Har kimga о‘xshamang. Diqqatingizni xaridorga qarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |