1. ilmiy tadqiqotlar ishlanmalar va texnologiyalar natijalarini tijoratlashtirish bosqichlari fan tushunchasi Bakalavriatni bitirib magistraturaga o‘qishga kirgan magistrantlar «Katta fan»


PATENT, LITSENZIYA VA SERTIFIKATLAR OLISH UCHUN SHARTNOMALAR TUZISH


Download 104 Kb.
bet10/10
Sana18.12.2022
Hajmi104 Kb.
#1027101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT FANI 13 TA MAVZU SIRTQI

12.PATENT, LITSENZIYA VA SERTIFIKATLAR OLISH UCHUN SHARTNOMALAR TUZISH
Qonun bilan muhofaza hujjatlari olish uchun zarur maxsus tartiblar belgilab berilgan.Eng avvalo muhofaza hujjati (patent, guvohnoma) berishga tegishli talabnomani tuzish va uni Patent idorasiga taqdim etish zarur. Bunda masalan, ikki ixtirochi bir–biridan mustaqil ravishda bir–biriga o‘xshash ixtiro yaratgan bo‘lsa, bu bir xil ob’ektga egalik huquqi kim birinchi bo‘lib to‘g‘ri tuzilgan talabnomani Patent idorasiga taqdim etsa, o‘sha kishiga tegishli bo‘ladi. Unda ustuvorlik bor deb hisoblanadi.Obyektning ustuvorligi- qonunchilikka muvofiq ravishda belgilanadigan vaqt bo‘yicha birinchilikdir.Muhofaza hujjatlari olish uchun talabnoma berish, shuningdek boshqa yuridik harakatlarni va tartiblarni amalga oshirish uchun talabnoma beruvchi davlat patent bojlarini to‘lashi zarurligini qayd etib o‘tamiz. Patent bojlari to‘lanadigan harakat va tartiblar ro‘yxati, ularning miqdori va to‘lash muddatlari, shuningdek bojlarni to‘lashdan ozod qilish, bojning miqdorini kamaytirish yoki qaytarib olish uchun asosnomalar Patent idorasi tomonidan Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, shuningdek boshqa manfaatdor davlat boshqaruv organlari bilan kelishgan holda belgilanadi.
Rasmiy ekspertiza vaqtida birinchi navbatda talabnomaning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi tekshiriladi. Masalan, talabnomaning to‘liqligi (zarur hujjatlarning mavjudligi, talab etiladigan nusxalar soni va hokazo) tekshiriladi, oldindan noto‘g‘riligi ma’lum bo‘lgan talabnomalar (masalan, sanoat namunasi taklif etiladi, lekin ixtiroga patent berilishi so‘raladi) ajratiladi, shuningdek boshqa rasmiy jihatlari (muallifning imzosi, talabnoma beruvchi korxona muhri va hokazolar mavjudligi) tekshiriladi.
13.SANOAT TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION LOYIHALARNING AHAMIYATI
Davlat mustaqilligi e’lon qilingandan beri o‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda katta yutuqlarga erishiladi .
Milliy iqtisodiyot – bu ushbu mamlakatning ma’lum xududiy chegaralarida tarixan shakllangan, yagona tizimga birlashtirilgan iqtisodiy tarmoqlarining yig‘indisidir.
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish Prezidentimiz I.A.Karimov ilgari surgan besh asosiy tamoyilga asoslanadi. Ular bozor munosabatlariga o‘tishning milliy modelini shakllantirishning butun dasturi negiziga qurigan.
Mustaqillik shakllangan qisqa davr ichida respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning qonuniy – huquqiy asoslari yaratiladi. Zarur bo‘lgan hamma xo‘jalik – huquqiy me’yorlar, subyektlarning iqtisodiy erkinligini, xususiylik va tadbirkorlikni himoya qilishni kafolatlovchi bir qator qonunchilik xarajatlari va hujjatlar paketi qabul qilinadi va ular amalga oshirilmoqda.
Sanoat korxonasi milliy iqtisodiyotning muhim subyekti, moddiy subyektlar ishlab chiqaradigan O‘zbekiston sanoat majmuasining boshlang‘ich xalqasidir.
Ishlab chiqarish – bu odamlar hayot faoliyatidagi obyektiv zarurat, kishilik jamiyati mavjud bo‘lishning asosidir. Faoliyatning istalgan turi bilan shug‘ullanishni boshlashdan avval odam o‘z xayotining moddiy sharoitlarini yaratish: oziq-ovqat, kiyim, turar joy topishi kerak.
Ishlab chiqarishning asosiy maqsadi – inson talablarini qondirish.
Talablar esa chegarani bilmaydi. Bu ishlab chiqarishni doimiy rivojlantirib borishni taqozo etadi .
Qandaydir tovarni ishlab chiqarish jarayoni yakka tartibda – korxonada amalga oshiriladi. Boshqa tomondan esa iqtisodiyot – bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan turli xildagi korxonalar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning murakkab yig‘indisidir. Shunday tarzda ishlab chiqarish doimo ijtimoiy shaklda namoyon bo‘ladi. Shunchaki tashkil qilingan ishlab chiqarish yo‘q
Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling