1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


III bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limida kompetentlilik yondashuvi


Download 1.12 Mb.
bet10/291
Sana23.12.2022
Hajmi1.12 Mb.
#1049654
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   291
Bog'liq
Ilm yo‘li

III bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limida kompetentlilik yondashuvi


Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limida kompetentlilik yondashuvi bolaning o‘suvchi shaxsini hayotga, shu jumladan, maktabda o‘qishga tayyorlashni, unda ma’naviy qadriyatlar va me’yorlarni o‘zlashtirish, boshqa kishilar bilan muloqot qilish, o‘z menini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘ladigan faoliyat usullarini ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich asosiy kompetensiyalar faoliyat va xulq-atvor sub’yekti sifatida bolaning yaxlit rivojlanishini talab qiladi.


3.1. 6-7 yoshdagi maktabgacha bo‘lgan bolaning umumiy asosiy kompetensiyalari


Kommunikativ kompetensiya–muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tuta olish mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.


3.2. Bola rivojlanishi sohalarining kompetensiyalari


Bola kompetensiyalari uning quyidagi rivojlanish sohalarida aniqlanadi:

  • jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;

  • Ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

  • nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari;

  • bilish jarayonining rivojlanishi;

  • ijodiy rivojlanish.

3.2.1 Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish sohasi kompetensiyalari


“ Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” sohasida o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunida 6-7 yoshli bola :

  • jismoniy rivojlanishdagi o‘z imkoniyatlari va yosh me’yorlariga mos holda jismoniy faollikni namoyon qiladi;

  • koordinasiyalashgan va maqsadli holda harakatli faollikning har xil turlarini amalga oshira oladi;

  • turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi;

  • sezgi organlari yordamida o‘z harakatlarini tartibga soladi;

  • shaxsiy gigiyena ko‘nikmalarini qo‘llaydi;

  • sog‘lom turmush va to‘g‘ri ovqatlanish asoslarini biladi;

  • xavfsiz hayotiy faoliyati qoidalariga rioya qiladi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling