Mashg‘ulotlardan tashqari
|
Oy mavzusi: ”Buncha go‘zalsan bahor!“
|
Kunlar
|
I - xafta ___dan___gacha
|
II - xafta ___dan___gacha
|
III - xafta ___dan___gacha
|
IV - xafta ___dan___gacha
|
Xaftalik mavzular
|
“ O‘zbekistonda bahor. Tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar”
“Xalqaro xotin-qizlar kuni”
|
“Kitob bilan do‘stlashamiz – Sehrli sahifalar. Kitob tarixi”
“Xalqaro bolalar kitobi kuni”
|
“Assalom, Navro‘z!”
“Navro‘z” bayramining xalqchil manbalari
|
“Hasharotlar – tabiatdagi kichik do‘stlarimiz!”
|
Rivojlantirish markazlaridagi bolalarning mustaqil erkin faoliyati
|
“Qurilish va konstruksiyalash” Markazi
/ qurilish manbalari – lego, kubiklar, bloklar, konstruktorlar, yaroqsiz ashyolar, rasmlar bilan ishlash – mavzuga oid qurilmalar, turli ko‘rinishdagi, o‘lchamdagi va ranglardagi geometrik shakllar /
|
Qurilish o‘yinlari
Bolalarga o‘zlari mustaqil ravishda tashabbus ila tasavvurlariga binoan qurilmalar yaratish va konstruksiyalashlari uchun imkoniyat yaratish.
|
Qurilish o‘yinlari
Bolalarga o‘zlari mustaqil ravishda tashabbus ila tasavvurlariga binoan qurilmalar yaratish va konstruksiyalashlari uchun imkoniyat yaratish
|
Qurilish o‘yinlari.
Bolalarga mustaqil harakat qilish imkonini yaratish.
(Chizmaga ko‘ra) yirik qurilish materiallaridan minora yasash.
Maqsad: Chizma-rasmga binoan minora yasay olish.
|
Qurilish o‘yinlari
Bolalarga o‘zlari mustaqil ravishda tashabbus ila tasavvurlariga binoan qurilmalar yaratish va konstruksiyalashlari uchun imkoniyat yaratish.
|
“Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirish” Markazi
Syujetli rolli o‘yinlar, /teatrlashtirilgan, rejissyorlik o‘yinlari va barcha teatr ko‘rinishlari/
|
Bolalarga dramalashtirilgan ”Biz – bog‘bonlarmiz” kabi Syujetli-rollli o‘yinlarda mustaqil o‘ynash va rejissyorlik qilish imkoniyatini yaratib berish.
|
“Kitob do‘koni” nomli s/r o‘yinni tashkillashtirish. Maqsad: Turfa kitoblar bilan tanishtirish, tasavvur olamini rivojlantirish.
“Kutubxona” nomli s/r o‘yinni tashkillashtirish. Maqsad: kutubxonachi faoliyati to‘g‘risida tushuncha hosil qilish.
|
“Oila”, “Sumalak pishiramiz”, “Buvim biznikida mehmon” s/r o‘yinlari.
Maqsad: o‘zbek xalqining urf-odatlari va an’analari haqida tushuncha berish. Sumalak pishirish uchun zarur masalliqlarni tanlash, rollarni taqsimlash, syujetni rivojlantirish.
|
Bolalarga syujetli-rolli o‘yinlarda mustaqil o‘ynash imkonini yaratish, “Pashsha-oypashsha” o‘yinini o‘zlarining tashabbuslariga ko‘ra sahnalashtirishga imkon berish.
Maqsad: bolalarga ahillik bilan o‘ynash, rollarni taqsimlashni o‘rgatish. Muomala nutqini rivojlantirishda yordam berish.
|
“Til va nutq” Markazi
/Axloqiy va tanishtirish suhbatlari. Mavzuli albomlar, mavzuli rasmlar, illyustrasiyalar, didaktik o‘yinlarning barcha ko‘rinishlari, o‘yinli mashqlar, mutolaa va h.
|
”O‘lkamizda bahor”, “Yil fasllari”, “O‘zbekiston tabiati” mavzusidagi albomlarni ko‘rib chiqish.
“Derazani yop” d/o‘.
“Tog‘lar, vodiylar osha” stol-bosma o‘yinlari.
“Bu qachon bo‘ladi?” koptokli o‘yini.
Maqsad: o‘yinni tashkillashtirish niyatini qo‘llab-quvvatlash bilan birga yil fasllariga xos belgilarni o‘rgatish.
|
«To‘rtinchisi – ortiqcha” d/o‘yini.
Kitoblarni belgilariga ko‘ra tasniflash.
“Qahramonlar qaysi ertakdan?” d/o‘yini.
Ensiklopediyalar, jajji-kitobchalar va jurnallarni ko‘rib chiqish.
Sahnalashtirish – o‘yini.
“Pashsha-Oypashsha”. Maqsad: turli rollarda o‘zini sinab ko‘rish istagini uyg‘otish.
|
“Qani top-chi, kim chaqirdi?” d/o‘yini.
Maqsad: bir-birlarini ovozlari orqali tanish uchun diqqatni jamlashga o‘rgatadi.
“Qismlarni to‘pla va rasmni so‘zlab ber” o‘yini.
Maqsad: qismlardan bir butunni yasash va tasvirlab berish orqali kichik hikoya tuzishga o‘rgatadi.
O‘zbek xalqining urf-odatlari va an’analari haqidagi albom va rasmlarni ko‘rib chiqish va ular to‘g‘risida suhbatlashish.
|
“Hasharotlar olami” mavzusidagi albomni va “O‘zbekiston tabiati” rasmli kitobini ko‘rib chiqish.
“Derazani yop” d/o‘yini.
“Kim qayerda yashaydi?” stol-bosma o‘yini.
Maqsad: hasharotlarning nomlanishi va uyalarini farqlashga o‘rgatish.
Jihozlar va materiallar: mavzuli kartochkalar.
|
“Fan va tabiat” Markazi
Ilmiy-izlanish tadqiqotlari – jonli va jonsiz tabiat sirlari – tadqiqotlar, tajribalar va eksperimentlar.
Olamni o‘yinli omilkorlik yordamida anglash, d/o‘yinlar va ensiklopedik adabiyotlarni o‘qish orqali o‘rganish.
|
“Qanday rang hosil bo‘ladi?”
Tajriba - eksperimenti
Maqsad: Bolalarning asosiy ranglar haqidagi bilimlarini boyitish, qanday qilib mallarang, yashil, binafsharang va jigarrang hosil qilish mumkinligini o‘rgatish. Ranglarni bir-biriga qorishtirib boshqa bir rangni hosil qilishni bilish.
Ashyo: guash, bo‘yoqlar, mo‘yqalam va suv solingan idish.
|
Bolalarda qog‘oz haqidagi bilimlarni shakllantirish maqsadida ularga turli sifatdagi qog‘oz turlarini taqdim etish, tekshiruv amallarini rivojlantirish.
Tajriba – eksperiment.
Qog‘oz xususiyatlari bilan tanishtirish.
|
Amaliy-tadqiqiy faoliyat.
Suv xossalari.
Maqsad: suvning xususiyatlarini aniqlash (shaffof, hidsiz, to‘kiluvchan).
Ashyo: kichik suvdon, suvli tog‘oracha, turli plastik idishlar.
|
“Hasharotlar va ularning yashash joyi” to‘g‘risida rasmlar taqdim etish.
Maqsad: ba’zi hasharotlarning yashash muhiti haqidagi tasavvurlarni shakllantirish/ daraxtlardagi, qumdagi, yer ostidagi, uylardagi, suvdagi va h/.
|
“San’at, musiqa va ritmika” Markazi
/turli xalqlarning madaniyati, yashash tarzi, ana’analari va urf-odatlari haqidagi badiiy ijod, dekorativ – amaliy san’at/
|
Qiziqishlarga ko‘ra bolalar ijodi
|
Ertaklardagi rasmlarni ko‘rib chiqish.
“O‘zing bo‘ya!” kitoblaridagi qahramonlarni bo‘yashni tavsiya etish.
“Sevimli ertak qahramonim” ijodiy ustaxonasi.
|
Qiziqishlarga ko‘ra bolalar ijodi
|
Qiziqishlarga ko‘ra bolalar ijodi
A.Grechaninovning “Qanday ajoyib tong” pyesasini tinglash
Maqsad: bolalarni musiqaga qiziqtirish, u bilan kayfiyatni chog‘ qilish.
|