Bilish jarayonining rivojlanishi
|
Xalq bayramlari va urf-odatlari bilan tanishtirishda davom etish. O‘z taassurotlarini atrofdagilar bilan baham ko‘rish, xalq an’anaviy bayramlariga muhabbat tuyg‘usini singdirish, bayramlarning nomini anglashga o‘rgatish. Hajmli shakllarni farqlash, makondagi narsalarning holatini belgilashni o‘rgatish.
|
Ijodiy rivojlanish
|
Hamkorlikda faoliyat yuritishga ijobiy munosabatni shakllantirish, uyg‘unlik hissini tarbiyalash. Turli buyumlardan kompozisiyalar yasashga o‘rgatish.
|
Tonggi aylana / Bolalarni kutib olish/
/Tonggi gimnastika, suhbatlar, yakka ishlar, shaxsiy gigiyena ko‘nikmalari va odob madaniyati, mehnatga o‘rgatish/
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
“Dam olish kunlari qanday o‘tdi, ko‘proq nimani eslab qolding?
mavzusidagi dialog
Maqsad: Tarbiyachi bilan o‘zaro muloqotga kirishishni mustahkamlab, nutqda murakkab jumlalar va iboralardan foydalanish qobiliyatini rivojlantirish.
_____ bilan ind. ish
Tasvirga ko‘ra top” d/o‘. Maqsad: tasvirlangan predmet xususiyatlarini topishni, uning nomini aytishni o‘rgatishda davom etish.
Tabiat burchagidagi mehnat
Xona gullarini sug‘orish. Maqsad: tuvakdagi gullarni sug‘orishda suv purkagichdan to‘g‘ri foydalanishni bilish.
|
“Mening buvijonim”
mavzusida suhbat
Maqsad: oila to‘g‘risida tasavvur hosil qilish. Yaqin kishiga, buviga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini, mehribonlik fazilatlarini tarbiyalash. O‘z hislarini nutqi yordamida ifodalashga o‘rgatish.
|