1. Индивид, шахс, индивидуалликни таърифланг ? Шахснинг тузилишини ўқинг ва ўрганинг


Download 33.51 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi33.51 Kb.
#157857
Bog'liq
3-nazorat savollrga javoblar




1. Индивид, шахс, индивидуалликни таърифланг ?


2. Шахснинг тузилишини ўқинг ва ўрганинг.
Шахснинг фаолияти ва унинг йўналишини белгиланг.
3. Шахснинг установкалари ва муҳим ориентацияларини таърифланг.
4. Кишининг ўз-ўзига баҳо беришини изоҳланг. асосий турларини ажратинг.

ЖАВОБЛАР

1 Individ, shaxs, individuallik haqida talabalarga tushuncha berish. Individni ta’riflash. Shaxsning individdan asosiy farqlarini ajratish, individuallikning shaxsga bog’liq tomonlarini ajratish. Shaxsning tuzilishini ko’rib chiqish. Shaxsning faoliyati va uning yo’nalishini belgilash. Shaxsning ustanovkalari va orientatsiallarini o’rganish. Frustratsiya va shaxsning kelajak rejalarini o’rgatish. Kishining o’z-o’ziga baho berishi va uning talabchanlik darajasi shaxs tuzilishining elementlari ekanligini aniqlash. . Individuallik. Har qaysi inson betakror o’ziga xos xususiyatlarga ega. Shaxsning o’ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individual shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy sohalarida namoyon bo’ladi

2 Shaxs deb aniq bir kishini aytamiz. Har bir kishi jamiyat a’zosi bo’lib, tarixan tarkib topgan muayyan ijtimoiy munosabatlar sharoitida yashaydi va ishlaydi. Shaxsni ta’riflaydigan muhim psixologik belgilarga to’xtab olaylik. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, ya’ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaktsiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o’xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi qayg’u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo’lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yo’nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o’zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta’lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o’zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir. Shaxsning individual xususiyatlari uning belgisi hisoblanadi. Har bir odamning o’ziga yarasha shaxsiy xususiyatlari bor. Bir-biriga o’xshaydigan, ammo tamomila bir xil bo’lmagan kishilar bor. Odamning individual xu­susiyatlari aqlida, hislarida, irodasida namoyon Jbo’ladi. Har bir odam o’ziga yarasha idrok etadi, eslab qoladi, o’ziga yarasha fikr yuritadi va so’zlaydi. Har kirn turli hislarni o’ziga yarasha ko’ngildan kechiradi va turli sharoitda o’ziga yarasha ish qiladi. Har bir odamning o’ziga xos temperamenti va xarakteri, o’ziga yarasha individual layoqat-qobiliyatlari va qiziqish-havaslari bor. S.L.Rubinshteyn bo’yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega:

1. Yo’nalganlik - ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.

2. Bilimlar, ko’nikmalar, malakalar - hayot va faoliyat jarayonida egallanadi.

3. Individual tipologik xususiyatlar - temprament, xarakter, qobiliyatlarda aks etadi.

K.K.Platonov ta’limotiga ko’ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega:

I. Yo’nalganlik osttuzilishi - shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko’lam (hajm) darajalarini farqlash lozim.

II. Ijtimoiy tajriba osttuzilishi - Ta’lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko’nikmalar va odatlarni qamrab oladi.

III. Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi - Ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.

IV. Biologik shartlangan osttuzilish.

Miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog’liq bo’lgan patologik o’zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xosiyatlarini birlashtiradi.

A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega:

1. Yo’nalganlik - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o’zaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli g’oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi.

Ustuvor yo’nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.



2. Imkoniyatlar - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlovchi tizim. O’zaro ta’sir etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan turlicha qobiliyatlar.

3. Xarakter. Ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo’ladi. Xarakter tizimidan irodaviy va ma’naviy sifatlar ajratiladi.

4. Mashqlar tizimi. Hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korrektsiyalash), o’zini o’zi nazorat qilish, o’zini o’zi boshqarishni ta’minlaydi.

4 O’ziga-o’zi baho berish - shaxsning o’zi tomonidan o’ziga, o’z imkoniyatlariga, boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va o’rniga baho berilishidir.O’ziga-o’zi baho berish orqali shaxsning xulq-atvori to’g’rilanib, tartibga solib turiladi. kishi o’zi haqida ba’zi narsalarni allaqachon bilgani holda boshqa kishiga razm solib boradi, o’zini u bilan solishtirib ko’radi, u ham uning shaxsiy fazilatlariga, xatti-harakatlariga, faolligiga nisbatan befarq qola olmaydi, deb taxmin qiladi; ana shularning hammasi shaxsning o’ziga o’zi baho berishiga kiradi va uning psixologik kayfiyatini belgilaydi.

Psixologiyada kishining o’ziga o’zi beradigan bahoni, uning miqdoriy va sifatiy ta’rifini aniqlashning bir qator eksperimental metodlari mavjuddir. Shaxsga beriladigan baholar sistemasiga uchta ko’rsatkich - o’ziga o’zi baho berish, kutilgan baho, guruhning shaxs tomonidan baholanishi - shaxsning tuzilishiga kiradi va kishi buni xohlaydimi-yo’qmi, bundan qat’i nazar,u o’zining guruhdagi kayfiyatini,o’zi erishgan natijalarning muvaffa qiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ekanligini, o’ziga va tevarak-atrofdagilarga nisbatan nuqtai nazarlarni belgilaydigan sub’ektiv vositalarni hisobga olishga ob’ektiv ravishda majburdir.

O’ziga-o’zi baho berish shaxsning intilishlari darajasi bilan chambarchas bog’liqdir. Intilishlarning darajasi shaxs o’ziga o’zi beradigan bahoning individ o’z oldiga qo’yadigan maqsadlarning qiyinchiliklari darajasida namoyon bo’ladigan kutilgan darajasi ("Men" siymolarining darajasi) dir. Kishi navbatdagi harakatning qiyinchilik darajasini bemalol tanlash imkoniyatiga ega bo’lgan paytda o’ziga-o’zi beradigan bahoni oshirib yuborishga intilish ikkita tendentsiya o’rtasida mojaro kelib chiqishiga sabab bo’ladi: bir tomondan eng ko’p yutuqqa erishish uchun intilishni kuchaytirib yuborishga harakat qilinsa, ikkinchidan muvaffaqiyatsizlikka uchramaslik uchun intilishlarni kamaytirishga harakat qilinadi.

Shaxsning psixologik muxofazasi. Shaxsning o’zini anglashi o’ziga o’zi baho berishi mexanizmini qo’llagan holda xususiy intilishlar va real yutuqlari o’rtasidagi o’zaro nisbatni aniq qayd etadi. Amerikalik psixolog U.Djems o’zining psixologik nazariyasida XX asrning boshlaridayoq shaxs "Men"i siymosining eng muhim tarkibiy qismi-o’zini hurmat qilishi xaqiqatdan ham erishgan yutuqlarining kishi da’vogarlik qilgan, mo’ljallangan narsalarga munosabati bilan belgilanishi haqida umuman to’g’ri fikr bildirgan edi.



3 Shaxsning belgisi va o’zini anglashining mazmuni — uning biron maqsad­ni ko’zlashi, shunga intilishidan iborat.

Shaxsning muhim xossasi shuki, u biron maqsadni ko’zlaydi, shu maqsadga intiladi. Shaxs hamisha biron narsaga, biron maqsadga, biron obektga ko’z tikadi, unga intiladi.

XXI asrda ham odam individ, shaxs, sub’ekt, komil inson sifatida psixologik ilmiy tushunchalar negizida talqin qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir tushuncha mohiyatida va ko’lamida sifat o’zgarishlari yuz berishi mumkin, chunki tashqi va ichki omillar, ta’sir etuvchilar, ta’sirlanuvchilar ustuvorligi yo’qola boradi.

XXI asrda individ, inson, shaxs, sub’ekt va komil insonni o’rganish turli yo’nalishlarda, vaziyatlarda, yosh xususiyatlari, alohida yondashish negizida, o’ziga xos talhlilga, metodologik asosga suyanib olib boriladi Mustaqillik, istiqlol sharofati bilan shaxsga oid qarashlar, mulohazalar mohiyati, uning mazmuni va shaklida o’zgarishlar yuz beradikim, buning natijasida erkin fikrlash, ochiq shakldagi ilmiy farazlarni ilgari surish imkoniyati tug’iladi.

Respublikamizda yuz berayotgan tub o’zgarishlar xalqimiz, millatimiz ruhiyatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tardi, ona yurt madhi, ajdodlar merosidan g’ururlanish, ma’naviyat durdonalaridan faxrlanish hislari vujudga keladi. Vatan va vatanparvarlik tushunchalari o’zining haqiqiy, chinakam ma’nosini kasb etadi. Kishilardagi o’ta sabr-toqatlilik, itoatkorlik, tashabbuskorlikning etishmasligi o’rnini erkinlik, ijodiyot, mehnat, batamom istiqlolga erishish zaruriyati, oilaning butligi, to’kisligi va ularning istiqboli kabi sifatlar, fazilatlar, yuksak tuyg’ular, xislatlar egallay boshlaydi. Shaxsning yo’naltirilganligida anglangan motivlar asosiy rol o’ynaydi. Kishi ehtiyoj ob’ektini maqsad deb anglagan holda o’zining shaxsiy maqsadlarini o’zi kirgan jamoaning maqsadlari bilan bog’laydi va o’z maqsadlarini tegishli ravishda o’zgartiradi, mazmunga tuzatishlar kiritadi. Kishi faoliyatining natijasini xayolan oldindan belgilab beradigan maqsadning o’zigina emas, balki ushbu maqsad ahamiyatiga molik ob’ektda ro’yobga chiqishining realligi ham anglanilgan bo’lsa, bu hol shaxsning istiqboli deb qaraladi. Istiqboli anglaydigan kishiga xos ta’bi xiralik, kechinmalarga qarama-qarshi o’laroq ruhsizlik holati frustratsiya deb ataladi.Bu kishi maqsadga erishish yo’lida real tarzda bartaraf etib bo’l maydi deb hisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan to’sqinliklarga, g’ovlarga duch kelgan hollarda yuz beradi. Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va uning o’zini anglashida turli xil o’zgarishlarga olib keladi

Qiziqish - biron bir sohada to’g’ri mo’ljal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga, voqe’likni ancha to’la va chuqur aks ettirishga yordam beradigan motivdir.qiziqishning faoliyat jarayonidagi roli benihoyat kattadir. qiziqishlar shaxsni o’zida bilim olish,va anglab etish borasida hosil bo’lgan ishtiyoqni qondirish yo’llarini va usullarini faol tarzda izlashga majbur etadi. Shaxsning yo’naltirilganligini ifodalaydigan qiziqishning qondirilishi odamda uning so’nishiga olib kelmaydi, aksincha, uni qayta ko’rgan, boyitgan va chuqurlashtirgan holda bilish faoliyatining yanada yuksak darajasiga mos keladigan yangi qiziqishlarni keltirib chiqaradi. qiziqishlar bilishning doimiy qo’zg’atuvchi mexanizmi sifatida namoyon bo’ladi.

Shaxsning ko’ngildagidek rivojlanishi qiziqishlar miqyosining tor emas, keng bo’lishini taqozo etadi.

qiziqishlar barqarorligi darajasiga ko’ra ham har xil bo’lishi mumkin. Shaxsning asosiy ehtiyojlarini eng ko’proq namoyon qiladigan va shu boisdan ham uning psixologik tuzilishiga xos hislatlarga aylanib qoladigan qizi qishlari barqaror hisoblanadi.qiziqishlarning ba’zan barqaror bo’lmasligi katta yoshidagi o’quvchilarning yosh xususiyati hisoblanadi.





Download 33.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling