Kirish Mavzuning dolzarbligi Vatanimiz
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo laboratoriyalarida ishlashning qoidalariga doir uslubiy korsatma tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni o’rganganlik darajasi
- Tadqiqotning maqsad va vazifalari
- Tadqiqot ob’ekti va predmeti
- Birinchi bob - “Adabiyotlar sharxi”
- Uchinchi bob
- Laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazishda laborantning vazifasi
- O`quvchilarni laboratoriya ishiga tayyorlash
3
4
Mavzuning dolzarbligi Vatanimiz mustaqillikni qo`lga kiritgach juda ko`p sohalarda jumladan, fan, ta`lim va ishlab chiqarish sohalarida tub burilishlar sodir bo`ldi. Haqiqiy erkinlik va istiqlolga erishish – bu mustaqillikni qo`lga kiritish emas, balki uni ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan qurish va mustahkamlash, xalqaro hamjamiyatda o`zimizga munosib o`rin egallash va hurmat qozonishdan iborat ekanini teran angladik. Bu maqsadga erishish yo`li – yer osti, yer usti boyliklaridan ishlab chiqarish va intellektual salohiyatimiz kuch qudratimizdan foydalanib ko`pni ko`rgan, mehnatkash xalqimizning aql – zakovati, g`ayrat – shijoatiga va xalqaro hamjamiyat hamkorligiga tayanib dunyodagi zamonaviy rivojlangan davlatlar qatoriga kirish yo`lidir [1]. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek, “Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jixozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma ob`ektlarini barpo etish, hal qiluvchi ustuvor yo’nalishga aylandi” [2]. Prezident Islom Karimov: “Bugun biz tarixiy davrda – xalqimiz o`z oldiga ezgu va ulug` maqsadlar qo`yib, avvalambor, o`z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo`lida ulkan natijalarni qo`lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz”, - degan edilar [3]. Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimini boshqaruvchi kuch inson ekanligini e`tiborga olib uning ishlab chiqarish faoliyatini va sog’likni saqlash ijtimoiy sotsial taraqqiyot yo`lidagi muhim omil bo`lib hisoblanadi. Shuning uchun ham sanoat korxonalarining muhim talabi faqat sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo`lib qolmasdan, balki ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo`lgan manbalarni yo`qotish, ish faoliyati inson uchun charchash, toliqish va kasalliklar manbai bo`lmasdan, quvonch va baxt keltiruvchi faoliyat bo`lishini ta`minlashga harakat qilishi zarur.
5 Boshqa sohalar kabi kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalariga taalluqli mehnatni muhofaza qilish muammolarini echimi va inson salomatligini saqlash O`zbekiston davlati taraqqiyotida muhim o`rin egallaydi. Zamonaviy ilmiy-texnika rivoji talablariga faqat har tomonlama chuqur tahlil etib, ishlab chiqarilgan mehnat muhofazasi majmui tizimigina javob bera oladi. Uning asosini ishlab chiqarishga yuqori samaradorlikka ega bo’lgan va xavfsiz, yangi texnika va texnologiyalar, mehnatni tashkil qilishning ilg’or usullarini tadbiq qilish tashkil qiladi. Ushbu sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash hozirgi kun talabidir. Biror bir soha yo’qki kimyo fani yutuqlarining mahsuli kirib bormagan bo’lsa. Kundalik ehtiyojimizda keng ishlatilayotgan tovar mahsulotlarning aksariyati kimyo bilan bog’liq bo`lgan korxonalarda malakali muxandis texnolog, nazoratchi, laborant, ishchilar va boshqa ko`plab mutasaddilarning mexnati natijasida vujudga kelgan. Kimyoning tarmoq sohalarida faoliyat yurituvchi barcha shaxslar bevosita kimyo laboratoriyasi bilan uzviy bog’liqlikda bo`ladilar. Kimyo laboratoriyalarida ishni tashkil qilish va uni amalga oshirish jarayonlari tajribalar bilan amalga oshiriladi. Bunday holda laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalarini bilish va xavfsizlik qoidalariga qat`iy amal qilish juda zarurdir. Kimyo laboratoriyasiga kirishi mumkin bo`lgan va ruxsat etilgan shaxslar jumladan o`quvchi yoshlar, talabalar, texnik va texnologlar, muxandislar, o`qituvchi va laborantlar laboratoriyada muayyan vaqt davomida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari kerak. Muayyan fanning amaliy mashg’ulotlari uchun maxsus ko`rsatmalar va shu laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari, ishlash tartibi qolaversa favqulotda ko`ngilsiz hodisalar ro`y berganda ko`rsatiladigan birinchi yordam qoidalari atroflicha izohlash orqali berilgan uslubiy yoki metodik ko`rsatmalarning ko`p va yetarli darajada emasligi muammoning dolzarbligini belgilaydi. Mavzuni o’rganganlik darajasi O`zbekistonda kimyo sohasi ancha rivojlanib kelayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Kimyoviy tajribalar joriy etilgan dasturlarga muvofiq ravishda o`rta umumta`lim maktablarida, akademik litsey va
6 kasb hunar kollejlarida, oliy ta`lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida, ilmiy markazlarda, oziq-ovqat, nooziq ovqat hamda kimyoviy ishlab chiqarishga tegishli muassasalarning laboratoriyalarida amalga oshiriladi va xavfsizlik qoidalari ham ishlab chiqilgan. Laboratoriyada ishni tashkil qilish qoidalari bo`yicha (rus tilidagi adabiyotlarda xususan, N.V.Kostin, A.N.Zaxarov,
F.Yu. Rachiniskiy), N.X.Maqsudov, T.S.Nazarova, A.A.Grabetskiy, V.N.Lavrova va boshqalarning nashr etgan ishlari mavjud.
qoidalariga doir uslubiy ko`rsatma tayyorlash. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: Mavzuga oid bo`lgan ma`lumotlarni to`plash, o`rganish va sharxlash. Kimyo laboratoriyasida ishlashni qoidalari, xavfsizlik texnikasiga doir ko`rsatma tayyorlash. BMIni bajarish davomida quyidagilarga erishildi: Kimyodan laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazish, tajriba va uning vazifalari, tajriba turlari haqidagi nazariy ma`lumotlarni to`plandi, kimyo laboratoriyasida laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishga oid tartib - qoidalar va ko`rsatmalar, xavfsizlik texnikasi bo`yicha ba`zi ma`lumotlar umumlashtirilib ko`rsatma shakliga keltirildi. Tadqiqot ob’ekti va predmeti Kimyo laboratoriyasi. Uning predmeti ishlashning umumiy qoidalari, xavfsizlik texnikasi, instruktaj. Ma`lumotlarni jamlab ko`rsatma shakliga keltirish.
o`rganilgan kimyo laboratoriyalarida ishlashni qoidalari, laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazish, noorganik va organik moddalar bilan laboratoriyada ishlash qoidalari va xavfsizlik texnikasi, xavfsizlik texnikasi ko`rsatmasini o`tkazish bo`yicha instruktaj, ko`ngilsiz hodisalar ro`y berganda ko`rsatiladigan birinchi yordam to`g’risidagi ma`lumotlar kimyo laboratoriyasida muayyan bir vaqt ichida faoliyat yurituvchi shaxslar uchun ko`rsatma yoki eslatma sifatida ishlatilishi mumkinligi jihatidan ahamiyat kasb etishi mumkin. Tayyorlangan ayrim qoidalar jamlanmasidan o’qitish jarayonida, amaliy mashg’ulotlarda manbaa sifatida foydalanilishi mumkin.
7
foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatini o’z ichiga oladi. Uning umumiy hajmi 78 bet, shundan matn qismi 78 bet. Unda foydalanilgan adabiyotlar iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, tadqiqot obe`kti va predmeti, ilmiy va amaliy ahamiyati bayon etilgan. Birinchi bob - “Adabiyotlar sharxi”. Adabiyotlar sharxida maktablarda kimyo laboratoriyasi, kimyoviy tajriba va uning vazifalari, tajriba turlari to`g`risida ma’lumotlar keltirilgan.
ishlari va ularni bajarishning umumiy qoidalari, mashg’ulotlarini bajarishga oid tartib - qoidalar va ko`rsatmalar, ba’zi asboblar va ular bilan ishlash, xavfsizlik texnikasi, instruktaj, ko`ngilsiz hodisalar ro`y berganda ko`rsatiladigan birinchi yordamlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
ularni bugungi kundagi ko`lami haqida ma`lumotlar keltirilgan. BMIning xulosa qismida bajarilgan ishlar natijalari umumlashtirlib, mavzu bo`yicha xulosalar berilgan. 8
1.1. O`rta umumiy ta`lim maktablarida kimyo laboratoriyasi: laborant va o`qituvchining vazifalari, laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazish Ma`lumki kimyo fani tabiiy fanlar qatoriga kiradi va u kimyoviy moddalar ularning bir-biriga aylanishi va o`zgarishlarni o`rganadigan fan hisoblanadi. Fanni o`zlashtirishda nazariy ma`lumotlar bilan bir qatorda amaliy-laboratoriya ishlarini ham o`rni benihoya kattadir. Amaliy ishlar nazariyani to`ldirishga tasavvurlarni yanada kengaytirishga yordam qiladi. Laboratoriya ishlari, amaliy ishlar asosan laboratoriyalarda xususan o`rta umumiy ta`lim muassasasida kimyo kabinetlarida amalga oshiriladi. Yangi taxrirdagi DTS talablariga ko`ra kimyo kabinetining maqsadga muvofiq holda yaxshi jihozlanishi eng muhim vazifalardan biri bo`lib hisoblanadi. Kabinetning jihozlanishi laboratoriya mashg’ulotlarni yaxshi o`tkazishga to`liq imkon berishi bilan birga u pedagogik, ilmiy, ruhiy fiziologik, estetik va texnikaviy talablarga javob beradigan bo`lishi shart. Kabinetdagi o`quv materiallari komplekti sinfdagi barcha o`quvchilarga etadigan bo`lishi kerak. Xar bir o`quv materiali muayyan laboratoriya amaliy mashg’ulotlarni va qilib ko`rsatiladigan tajribalarni o`tkazishga mo`ljallangan bo`ladi. Qilib ko`rsatiladigan va laboratoriya tajribalari o`quvchilar darsda o`tgan mavzuni yanada chuqurrok o`zlashtirib olishlariga yordam beradigan bo`lishi zarur. Tajribalar o`tkazishda ishlatiladigan asbob-jihozlar ixcham, qulay bo`lishi hamda doimo taxt turishi kerak. O`rta umumiy ta`lim maktablarida kimyo kabineti laboratoriya mashg’ulotlari o`tkaziladigan xona va reaktivlar saqlanadigan preparatxonadan iborat bo`ladi. Laboratoriya xonasida turli asbob va reaktivlar saqlanadigan shkaflar, o`quvchilar mashg’ulot o`tkazadigan stollar, turli xil maketlar va stendlar bo`ladi. O`quvchilarning stollar va o`qituvchi tajriba ko`rsatadigan stol xar bir darsning mazmuniga ko`ra jihozlanadi. O`qituvchi tajriba ko`rsatadigan stol yonida vodoprovod jo`mragi va gaz gorelkasi albatta
9 bo`lishi shart. O`quvchilar esa spirt lampasidan foydalanadilar. O`quvchilar stolida laboratoriya shtativi, probirkalar qo`yilgan shtativ, 100 yoki 250 ml li kolba, 2 yoki 5 millilitrli pipetka, 25 sm uzunlikda shisha tayoqcha, menzurka, voronka va chinni stakan quyilgan bo`ladi. Tuz, kislota hamda asoslarning har xil
kontsentratsiyali eritmalari laborant xonasida (preparatxonada) turadi va zarur bo`lganda o`quvchilarga laborantning o`zi quyib beradi. Bundan tashqari, laboratoriya xonasida bir chekkada va olish qulay bo`lgan joyda yong’inga qarshi kurash vositalari (qum solingan yashiq, o`t o`chirgich va boshqalar) hamda aptechka bo`lishi kerak. Kabinetda doimo bo`lishi lozim bo`lgan o`quv qurollariga quyidagilar kiradi: 1) har bir o`quvchiga tarqatib beriladigan materiallar: turli minerallar, kimyoviy xom ashyo namunasi, turli qazilma boyliklar kollektsiyasi, metallarning qotishmalari, kauchuk namunasi, toshko`mir va neftdan olinadigan mahsulotlar, alyuminiy, po`lat kollektsiyasi, kimyoviy tolalar kollektsiyasi; 2) ko`rgazmali materiallar: atom kristall panjarasi, atom modeli, turli kimyoviy ishlab chiqarish jarayonini ifodalovchi jadvallar; 3) tajriba o`tkazishga zaruriy reaktivlar: oksidlar, kislotalar, tuzlar, indikatorlar, spirtlar, al’degidlar aromatik uglevodorodlar, organik kislotalar, uglevodlar; 4) tajriba o`tkaziladigan asboblar: ozonator, eritmalarini sinab ko`rish uchun elektrolizyor, suvni elektroliz qilish asbobi, vol’tmetr, oxaktoshni kuydirish pechi, mufel’ pechi, quritish shkafi, distillyator, texnik tarozi va boshqa asboblar. O`qituvchi ish joyi yoritilishi sun`iy yoritgichlar bilan kamida 300lk, sinf doskasi 500 lk ni tashkil etishi lozim. Kimyo kabineti ana shular bilan to`liq jihozlangandagina mashg’ulotlar sifatli o`tadi. Har qanday laboratoriyada albatta laborant lavozimida ishlovchi mutaxassis shaxs faoliyat yuritadi. Har bir laborantni u faoliyat yuritayotgan muassasaning o`ziga xosligidan kelib chiqqan holda burch va vazifalari belgilab qo`yilgan.
10
Laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazishda laborantning vazifasi Kimyo kabinetida laborant asosan quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: 1. Kabinetdagi asbob-jihozlarni tartibli saqlash va kabinetni ozoda tutish jumladan, kimyo kabineti va preparatlar saqlanadigan xonalarni muntazam ravishda (vaqti-vaqti bilan) shamollatib turishi kerak. 2. Kimyoviy idish, asboblar va ba`zi yordamchi materiallarni qulay o`rinlarga joylashtirish. 3. O`qituvchining yordamida inventar va asbob-reaktivlarni hisobga olish daftarini yuritish. 4. O`qituvchining topshirig’iga muvofiq kimyo kabinetiga zaruriy reaktiv va materiallar keltirish. Alohida tuzilgan grafik daftari asosida darsga kerakli o`quv qurollarini tayyorlash. 5. Aptechkada birinchi yordam uchun zaruriy dori darmonlar bo`lishini nazorat qilib turish. Bundan tashqari, o`quvchilar laboratoriya ishini bajarayotganlarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishlarini laborant kuzatib turadi. Laborant o`zining nazariy va amaliy bilimlarini doimo oshira borishi va har yili o`qituvchiga imtihon topshirib turishi lozim. Har kuni ishning oxirida kabinetdagi elektr asboblar o`chirilganligini stollarda reaktivlar qolmasligini, vodoprovod va gaz jo`mraklari bekilganligini tekshirib, so`ngra kabinetni qulflaydi. Xar bir laborantda xalat, ko`zoynak, rezina qo`lqop bo`lishi kerak. Laborant doimo ozoda kiyingan bo`lishi, saranjom-sarishta ishlashi, moddalar bilan ishlagandan so`ng qo`lini albatta sovunlab yuvishi lozim. Laboratoriyada sintetik kiyimlar kiyish tavsiya etilmaydi. Laborant lavozimida yangi ishlayotgan kishiga quyidagicha maslaxat berish mumkin: xar bir ishni mas`uliyat sezgan holda o`ylab, ehtiyotlik bilan bajarishga harakat qilish, moddalarni kapsulyator yoki chinni qoshiqcha yordamida olish, ortiqcha moddalarni idishga qaytarib solmaslik lozim. Agar 11
modda etiketkasiz idishda bo`lsa, uni o`qituvchining ishtirokisiz sinab ko`rish yaramaydi. O`quvchilarga o`qituvchining ruxsatisiz hech qanday modda bermaslik kerak. Asbob va idishlarni tajriba o`tkazishga tayyorlashda uning nixoyatda toza bo`lishiga e`tibor berish lozim; benzin quyilgan idishni issiq suv yoki 10% li oxakli suv bilan, yupqa devorli idishlarni esa «fil’tr qog’oz parchalari bilan yuvish kerak. Reaktivlarning qalin devorli shisha idishlarda qizdirish, qizdirilgan reaktivlarni issiq holicha o`lchov kolbasiga quyish yaramaydi. Xavonchada qattiq ishqor yoki tuzni maydalashdan oldin ko`zoynak taqish va rezinali qo`lqop kiyib olishni esdan chikarmaslik lozim. O`t olib ketish xavfi bor moddalarni juda ehtiyot bo`lib qizdirish, bunda ochiq alangadan foydalanmaslik kerak. Gazometrni kislorod bilan to`ldirganda uning suvini to`kish kerak. Spirt lampalariga faqat denaturat quyiladi. Benzin, kerosin va boshqa organik moddalar qoldig’i rakovinaga emas, balki maxsus idishga quyiladi. Laborant laboratoriya mashg’ulotini o`tkazishda o`qituvchiga bevosita yordam beradi. Har bir laboratoriya mashg’ulotini o`tkazishda laborant nimalarni tayyorlashi kerakligini o`qituvchi maxsus laboratoriya jurnaliga yozib qo`yadi. Laborant va o`qituvchi o`zaro birgalikda o`quv laboratoriya tajribasini mashg’ulotdan avval birinchidan yaxshilab tayyorgarlik ko`rishlari kerak, ikkinchidan, o`quvchi ishtirokisiz ya`ni o`zlari muayyan tajribani sinov tarzida bajarib ko`rishlari kerak. Aks holda mabodo o`quvchilarga tajribalarni ko`rsatayotganda biror muhim qismi ko`ngildagidek chiqmasa (masalan gaz chiqmay qolsa yoki cho`kma tushmay qolsa yoki rang o`zgarmay qolsa) tajribani ishonchliligiga putur yetishi mumkin. Laborant ko`rsatadigan tajriba yoki laboratoriya mashg’ulotiga zaruriy asbob va reaktivlarni o`qituvchi tomonidan tuzilgan kartochka asosida tayyorlaydi. Ayrim hollarda ba`zi zarur narsalar laborantning esidan chiqib qolishi mumkin. Shu sababli tayyorlangan o`quv asbob-reaktivlarini o`qituvchi albatta ko`zdan kechirishi va yetishmagan narsalarni laborantga aytishi lozim. 12
Ko`pchilik hollarda, maktablarimizda laborantlar sifatida umumiy o`rta ma`lumotlilir ishlaydi. Shu sababli laborantning ishlarini doimo kuzatib borish, har haftaning bir kunida laborantlarning ishlari, shuningdek, nazariy bilimlar yuzasidan dars o`tib turish lozim. Ayniqsa, o`qituvchi laborantlarning quyidagi ishlarida ishtirok etishi kerak: a) turli normal va molyar eritmalar, shuningdek, ma`lum foizli eritmalar tayyorlash; b) o`quvchi stolini turli asbob va reaktiv bilan jihozlash; v) elektr toki yordamida olib boriladigan mashg’ulotni jihozlash; g) turli kislota va ishqorlarning eritmalarini tayyorlash; d) moddalarni klassifikatsiyalashda. Laboratoriya ishi bajarilayotganda laborant o`quvchilarning bajarayotgan ishlarini o`qituvchi bilan birgalikda kuzatib boradi. Lekin o`quvchining qilayotgan ishiga aralashmaydi, unga xalaqit bermaydi. Zarur hollardagina kerakli materialni olib keladi. Umuman, laboratoriya mashg’ulotining samarali o`tishi, o`qituvchi va o`quvchilarning tayyorgarligi bilan birga laborantning ongli ravishda bilib tushunib ishlashiga ham ko`p jihatdan bog’liq. Shu sababli laborant o`z vazifasini to`g’ri anglab, sidqidildan bajarishi kerak. Laboratoriyada, preparatlar xonalarida ovqat tayyorlash, ovqatlanish maqsadga muvofiq emas. Laborantning yana bir muhim vazifalaridan biri bu eskirgan va belgilangan yaroqlilik muddati o`tgan (yoki muddati yaqinlashgan) reaktiv va preparatlarni muntazam nazorat qilib bu haqida muddat tugashidan kamida 1 oy avval o`qituvchiga bildirishi yoki eslatishi kerak bo`ladi. Qolaversa etiketkasiz, tarkibi noaniq reaktivlarni laboratoriyada saqlamasligi kerak. Yuqori kontsentratsiyali, o`yuvchi yoki o`tkir xidli (yoki shularga o`xshash) moddalarni hech qachon nazoratdan chetda qoldirmaslik kerak. Ularni qulflanadigan seyf yoki shkaflarda maxsus qutilarda saqlanishi xavfsizlikni ta`minlanishiga yordam beradi. O`quvchilarni laboratoriya ishiga tayyorlash Laboratoriya ishi, ko`rsatiladigan tajribalar va amaliy mashg’ulot 13
darslarining muvaffaqiyatli o`tishi, avvalo o`quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, o`qituvchining talabchanligiga va o`quvchilarni laboratoriya ishiga tayyorlay bilishiga bog’liq. O`rta umumiy ta`lim maktabida laboratoriya mashg’ulotlarini o`tkazishda sinfdagi o`quvchilarning hammasi mashg’ulotni bir xilda bajara olishiga erishish muhim ahamiyatga ega bu narsa o`quvchilarning nazariy bilimi darajasiga, ayniqsa shu mavzuni qanday o`zlashtirib olganligiga bog’liq. Ikkinchidan, o`quvchilarning intizomi, darslarga puxta tayyorlanib kelishi, shuningdek, har bir o`quvchi stolining to`g’ri jihozlanishi ham mashg’ulotlar yaxshi o`tishining eng muhim shartlaridan biridir. O`quvchilar mavzu materialini yaxshi o`zlashtirib, mustaqil fikrlash malakasi hosil qilganliklaridan keyingina laboratoriya mashg’ulot o`tkaziladi. Shu sababli o`quvchilar o`qituvchi ko`rsatadigan tajribalarni diqqat e`tibor bilan kuzatib turishlari va uyga berilgan topshiriqlarni so`zsiz bajarib kelishlari zarur. Laboratoriya ishlarini bajarishdan oldin o`quvchilarni stollarga to`g’ri taqsimlash, zaruriy reaktiv va asboblar bilan to`liqn ta`minlagan bo`lishi lozim. O`quvchilarni asbob va reaktivlar bilan to`g’ri ishlashga o`rgatish, o`quvchining ish stoliga qo`yilgan barcha materiallar haqida to`liq axborot berish, ayniqsa kislota va ishqorlar, shuningdek zaharli moddalar bilan ishlash qoidalarini yaxshi tushuntirish kerak. O`quvchilar bu moddalar bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi qoidalariga kat`iy rioya qilishlari lozim. Stollarga qo`yilgan reaktivli idishlarga reaktivlarning nomi yozilgan kog’oz (etiketka) yopishtirilgan bo`lishi kerak. Xar bir o`quvchi reaktivlarning xossalarini, ishlatish usullarini, stoldagi shisha idish va asboblardan to`g’ri foydalanish yo`llarini yaxshi bilishi kerak. Laboratoriya mashg’ulotini o`tkazishdan oldin o`qituvchi shu mashg’ulotga doir mavzuning nomini eslatib o`tadi va mavzu materialini o`qib kelishga buyuradi. Shu bilan birga laboratoriya ishidan yoziladigan hisobot shaklini tayyorlab keladi. O`qituvchi bajarilishi lozim bo`lgan laboratoriya ishini o`quvchilarga tushuntirganda ular oldiga quyidagicha talablar qo`yadi: 14
1. Har bir ishni puxta bajarish uchun asbob jihozlardan to`g’ri foydalana bilish.
2. Laboratoriya ishini boshidan oxirigacha mustaqil bajarish va undan to`g’ri xulosa chiqarish. 3. O`tkazilayotgan kimyoviy reaksiyada yuz berayotgan hodisaning mohiyatini tushunib, undan to`g’ri xulosa chiqarish. 4. Kimyoviy reaksiyalar vaqtida issiqlik chiqish va yutilish, yorug’lik va tovush chiqish sabablarini aniq bilib olish. 5. Reaksiya vaqtida hosil bo`layotgan moddalarning rangi, hidi va agregat holatini esda qoldirish hamda yozib borish. 6. Har bir ishni xavfsizlik texnikasi qoidalariga to`la rioya qilgan holda mustaqil bajarish. Sinf o`quvchilarini laboratoriya ishiga tayyorlashda o`zlashtirmaydigan yoki intizomi bo`sh bo`lgan o`quvchilarga alohida e`tibor berish, ularning nazariy bilimini hisobga olgan holda vazifa topshirish lozim. O`qituvchi o`quvchilarni laboratoriya ishini bajarishga ruxsat etishdan oldin ularning qay darajada tayyor ekanliklarini savol javob yo`li bilan tekshirib ko`radi.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling