Kirish Mavzuning dolzarbligi Vatanimiz


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana31.10.2020
Hajmi0.72 Mb.
#139468
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kimyo laboratoriyalarida ishlashning qoidalariga doir uslubiy korsatma tayyorlash


Elektr toki urganda: eng avval tok elektr manbadan uzib o`chirilishi kerak, 

ochiq  havoga  olib  chiqib  o`ziga  keltirish  kerak.  Favqulotdagi  holat  tok  maydoni 

kishini oldiga himoyasiz bormaslik kerak (rezina qo`lqopsiz). Agar kishi xushidan 

ketgan bo`lsa, tokni o`chirgandan so`ng kishiga sun`iy nafas oldirish kerak.  



Elektr toki urganda birinchi yordam ko`rsatish. 

Elektr jihozlari bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalariga juda qat’iy tarzda amal 

qilish kerak. Ochiq elektr toki inson hayoti uchun havfli hisoblanadi.  

Inson  tanasi  orqali  elektr  toki  o`tganda  issiqlik,  kimyoviy  va  biologik  ta’sir 

bo`ladi, bunda normal hayotiy faoliyat izidan chiqadi.  

Tokning  kimyoviy  ta’siri:  qonni  va  boshqa  eritmalarni  elektrolizlanishiga, 

natijada ularning kimyoviy tarkibi o`zgarishiga olib keladi.  

Elektr tokini biologik ta’sirida: organism tirik hujayralarini havfli qo`zg`alishi 

sodir  bo`lib,  natijada  sudurgi  bo`lishi  shol  bo`lish  holatiga  olib  kelishi  mumkin. 

Tok urish oqibati yoki og`irlik darajasi bevosita tokni qiymatiga, va o`tish vaqtiga 

bog`liqdir.  

Elektropriborlar  bilan  ishlash  talablarini  avvaldan  instruktajdan  o`tkazishdan 

boshlanishi  kerak.  Xavfsizlik  qoidalari  bilan  to`liq  tanishganlaridan  so`ngra  ishga 


 

70 


ruhsat  etilishi  kerak.  Shunda  ham  ular  ustidan  qat’iy  nazorat  o`rnatilishi  lozim 

bo`ladi.  

Jabrlanuvchini  elektr  toki  urganda  birinchi  yordam  ko`rsatishning 

muvaffaqoyatini  eng  avvalo  atrofdagi  kishilarni  yuqori  tezlik  bilan  va  to`g`ri 

harakat  taminlaydi.  Bunday  sharoitlarda  shoshilmaslik  yoki  tezda  muhim  bo`lgan 

ishni  bajara  olmaslik  o`ziga  xos  qiyinchiliklarni  harakatni  keltirib  chiqarishi 

mumkin. Elektr toki urgan vaqtda kishi tok ta’siridan chiqib ketolmasligi mumkin, 

bunda darhol ko`rsatilgan yordam bu tokni manbadan uzish kerak.  



         Tok ta’siridan jabrlanuvchini ozod etishni ba’zi usullari. 

Tokni manbadan uzish imkoni bo`lmasa: masalan: rubilnik uzoqda joylashgan 

bo`lsa yoki unga yetish havfli bo`lsa:  

-jabrlanuvchini  tok  o`tkazuvchi  qismdan  quyidagicha  ajratilishi  mumkin: 

qo`lga rezina qo`lqop, oyoqqa rezina kalish kiyib, yoki qo`lga qup – quruq matoni 

o`rab kuchlanish ta’siridagi kishini tortib olish;  

-jabrlanuvchini kiyimini quruq qismidan ushlab so`ngra tortish; quruq matoni 

tashlab unga qarab tortib, tahta ustiga chiqarish.  

Birinchi  yordam  choralari  tok  maydonidan  ajratib  olingan  shaxsni  umumiy 

holatiga qarab belgilanadi.  

Yordam beruvchini biri zudlik bilan shifokorni chaqirishi kerak, boshqasi esa 

quyidagilarni tezda bajarishi kerak:  

- jabrlanuvchini to`g`ri yotqizib unga nafas va pulsni tekshirish.  

Agar  jabrlanuvchi  hushida  bo`lsa  uni  issiq  kiyim  yoki  adiyol  bilan  o`rab, 

harakat qilishiga yo`l qo`ymay, nafas olishini vrach kelguncha kuzatib turish kerak. 

Jabrlanuvchi  agar  hushsiz  bo`lsa,  puls  va  nafas  bo`lsa,  qulay  holda  yotqizib 

kiyimini  old  qismini  ochib  unga  novshadil  spirtidan  hidlatish  zarur.  Bularni 

barchasini shifokor kelguncha bajarish kerak bo`ladi. Agar jabrlanuvchi hushsiz va 

nafas  olmayotgan  bo`lsa  shifokor  kelgunicha:  to`g`ri  yotqizib,  sun’iy  nafas  berib 

(burnini  chimdib  yopib,  og`zi  orqali  o`pkaga  havo  yuborish)  ko`krak  qafasini 

(yuragini)  uqalash  kerak.  Shifokor  kelgach,  unga  kerakli  muolajani  bajarib 

bo`lgach bemorni shifixonaga yuboriladi.  



 

71 


Yuqoridagilardan  shuni  xulosa  qilish  mumkinki,  har  qanday  laboratoriyada 

elektr  jihozlari  bilan  ishlaganda  avvalo  ularning  texnik  sozligini  maxsus  grafik 

asosida  tekshirib  turilishi,  zarur  hollarda  ularni  ehtiyot  qismlarini  tamirlash, 

tuzatish yangilash choralarini ko`rib turish xavfsizlikni taminlashga hizmat qiladi.   

Laboratoriyada  faoliyat  yurutuvchi  shaxs  u  kim  va  qanday  lavozimda 

ishlashidan  qat’iy  nazar  xavfsizlik  qoidalariga  doimo  amal  qilishi,  uni  taminlash 

chora  –  tadbirlarini  ko`rib  qo`yishi  kerak.  Elektr  jihozlar  buzilganda  ishdan 

chiqqanda  yoki  nosoz  holatda  bo`lib  qolsa  kimyogar  uni  o`zboshimchalik  bilan 

ochib, ulab yoki tekshirishga uni kasbiy va ma’naviy jihatdan haqqi yo`q.  

Elektr    jihoz  nosoz  bo`lgan  holat  aniqlansa  darhol  elektrik  yoki  priborsoz 

mutahassisga murojaat qilishi kerak. Laboratoriyada elektr jihozlar bilan ishlaganda 

ularni  simlari,  oyoq  ostida  uzaytirgich  yordamida  xonaning  u  chetidan  bu  chetiga 

tortilgan  bir  so`z  bilan  aytganda  oyoq  ostida  o`ralashib  yotmasligi  kerak.  U 

birinchidan  ishlayotganlarga  halaqit  bersa,  ikkinchidan  kishining  hayotiga  havf 

tug`firishi  mumkin.  Elektroplitka  yopiq  plastinkali  bo`lishi  maqsadga  muvofiq. 

Agar elektroplita ochiq spiralli bo`lsa tez alangalanuvchan moddalar to`kilishi yoki 

sachrab ketishi natijasida yong`in sodir bo`lish ehtimolligi ham ortib ketadi.       

Kimyoga ta`luqli bo`lgan barcha laboratoriyalarda ko`zga ko`riladigan  qulay 

joyda  aptechka  dori  qutisi  bo`lishi  kerak.  Dorilar  qutisida  tibbiyot  va  birinchi 

yordam uchun mo`ljallangan barcha kerakli ashyolar bo`lishi zarur. Laboratoriyada 

faoliyat  ko`rsatuvchi  barcha  kishilar  birinchi  tibbiy  yordam  ko`rsatish  o`quvi 

ko`nikmasiga ega bo`lishi kerak. 

Instruktaj  bilan  tanishib,  ishlashda  xavfsizlik  metodlar  bilan  qo`llanadigan 

shaxslarga  ish  boshlashga  ruxsat  etiladi.  Ishlamoqchi  bo`lgan  shaxs  kimyoviy 

moddalarning  xossalari,  idishlar  va  probirkalar  bilan  foydalanish  qoidalari  bilan 

tanishgan  bo`lishi  kerak.  SHuningdek  laboratoriyada  ishlamoqchi  shaxs  birinchi 

tibbiy yordam ko`rsatishni va yong’inda ko`riladigan chora-tadbirlarni bilish kerak. 

 

 



 

72 


APTECHKA (dorilar qutisi) 

Dorilar qutisida: strillangan bint va paxta, yodning spirtdagi 5% li eritmasi, 

NaHCO


3

 ni 2% li eritmasi, kuyganga qarshi surtma, leykoplastr’, KMnO

4

 ni 2% li 



eritmasi,  sirka  kislotani  2%  li  eritmasi,  bor  kislotaning  2%  li  eritmasi,  spirt 

tomizgich pipetkalar, pintset, engut  shisha tayoqcha, va boshqalar. 

Devorga  o`rnatilgan  hamda  ichki  va  sirtqi  qismi  oq  bo`yoq  bilan  bo`yalgan 

ayrim  kichik  shkafchada  aptechka  saqlanadi;  kuyganda,  yaralanganda  va  boshqa 

hollarda  dastlabki  yordam  berish  uchun  ana  shu  aptechkadan  foydalaniladi. 

Aptechka yoki dori kutisida quyidagi narsalar bo`ladi. 

1.  Yod, 10% li eritma. 

2.  Borat kislota, 2% li eritma (yara bo`lgan joyni yuvish uchun) 

3. Ichimlik soda  (natriy  gidrokorbonat)  3%  li  eritma  (kislotalarni neytrallash 

uchun). 


4. Sirka (atsetet) kislota, 2% li eritma (ishqorlarni neytrallash uchun). 

5.  Zararsizlantirilgan (toza) gigroskopik paxta. 

6. Zararsizlantirilgan doka (bint) 

7. Kuyganda ishlatiladigan moy dori (vrach retseptiga muvofiq). 

8. 

Vazelin. 



Paxta va bintlar zich berkitadigan taniqli shisha bankalarda saqlanadi. 

Aptechkada bo`ladigan va birinchi tibbiy yordamda kerak bo`ladigan zaruriy 

vosita hamda preparatlarni ro`yxati. 

1. Sterillangan bint 1 qadoq   

2. Sterillanmagan bint, bir bog’lam.  

3. Sterillangan salfetka, bir qadoq.  

4. Tampon shaklidagi sterillangan gigroskopik paxta 50 g.   

5. Pintset.  



 

73 


6. Kley.  

7. Yod eritmasi 25-50ml.  

8. Vodorod peroksidni 3% li (qon to`xtatish uchun) eritmasi 50 ml.  

9. Donador shakldagi aktivlangan ko`mir.  

10. 10% li NH

3

 eritmasi (xushdan ketgan brom bug’lari bilan zaxarlanganda).  



11. Natriy sul’fasil 30% li eritmasi.  

12. etil spirti 30-50 ml.  

13. Glitsirin 20-30 ml.  

14. Natriygidrokarbanat 2% li suvdagi eritmasi 200-250 ml.  

15.  Ishqorning  zararlangan  ko`zni  yuvish  uchun  2%  li  bor  kislota  suvli 

eritmasi 200-250 ml.  

16. Pipetkalar.      


 

74 


III BOB. Xorijiy investisiyalar 

O`zbekiston 

va 

jaxon  iqtisodiyotining  kelgusi 



taraqqiyoti, 

asosan 


investitsiyalarga bog`likligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo`jalik 

yurituvchi  sub'yekt  anglab  yetganligini  nazarda  tutsak,  hozirgi  kunda 

respublikamiz  iqtisodiyotiga  investitsiyalarni  kengroq  jalb  etish  ularning 

mamlakatimizda  o`tkazilayotgan  iqtisodiy  isloxatlarning  samarali  ijrosini 

ta'minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bog`liqligini tushunib olish qiyin 

emas.  


Mamlakatni  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  siyosiy  rivojlanishida  investitsiyalarning, 

jumladan,  xorijiy  investitsiyalarning  ahamiyati  kattadir.  Ma'lumki,  har  qanday 

davlat  dunyodan  ajralgan  holda  jaxon  tajribalarini  o`rganmasdan,  dunyoning 

yetakchi  davlatlari  ilm,  fan  va  texnika  soxasida  erishgan  yutuqlarni  qabul 

qilmasdan rivojlanishi mumkin emas.  

Mamlakat  iqtisodiyotini  yuksaltirish,  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalar 

bilan  jihozlangan  yangi  korxonalarni  barpo  etish  va  rekonstruktsiya  qilish  uchun 

xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilish  nechog`liq  katta  hal  qiluvchi  axamiyatga  ega. 

Bu avvalambor, axoli bandligi, uning ish xaqi va daromadlarini oshirish kabi eng 

muhim  ijtimoiy  muammolarni  yechish  imkonini  beradi.  Shu  boisdan  ham 

vatanimizga  xorijiy  investitsiyalar  jalb  etayotgan  korxonalarni  iqtisodiy 

rag`batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o`ta muhim masalalardan biri 

xisoblanadi. 

Investitsiya  jarayonining  asosiy  kategoriyalari  uning  mohiyati,  jaxon 

bozorining  investitsiya  jarayoniga  ta'sirini  aniqlash,  xorijiy  investitsiyalarni  jalb 

qilish  tamoyillari,  asosiy  bosqichlari,  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilishni 

rag`batlantirish,  investitsiya  faoliyatini  axborot  bilan  ta'minlash,  xorijiy 

investitsiyalarni  jalb  etish  mexanizmi  va  asosiy  yo`nalishlari,  xorijiy 

investitsiyalarni  sug`urtalash,  lizing  va  franchayzing,xorijiy  investitsiyalarning 

iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan iboratdir. 

Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos iqtisodiy ri vojlanish 

yo`lidan  bormoqda.  Bu  yo`lda  investitsiya  siyosatining  axamiyati  juda  katta. 



 

75 


Chunki  investitsiyalar  iqtisodiyotda  tarkibiy  o`zgarishlar,  texnik  va  texnologik 

yangilanishlar,  korxonalarni  qayta  ta'mirlash  ishlarini  amalga  oshirishni 

rag`batlantiradi,  mamlakat  eksport  salohiyatini  oshirishga  imkon  yaratadi.  Shu 

jihatdan  O`zbekiston  davlati  o`z  tuzilmaviy  investitsiya  siyosatini olib bormoqda. 

Tuzilmaviy  investitsiya  siyosati  xududlar,  tarmoqlar  va  korxona  investitsiya 

siyosatlaridan  tarkib  topib,  ular  o`zaro  bog`liqdir.  Korxona  investitsiya  siyosati 

korxona,  axoli,  hudud  va  investor  manfaatlarini  hisobga  olgan  xolda  samarali 

faoliyat  olib  borishga  imkon  beruvchi  chora-tadbirlar  majmui  hisoblanadi. 

Korxona  investitsiya  siyosati  o`z  navbatida  korxona  rivojlanishini  ta'minlaydi, 

mahsulotlarni  eksport  qilish,  import  o`rnini  bosuvchi  ishlab  chiqarishni  tashkil 

etish, yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarga ega bo`lishni nazarda tutadi. 

Korxona  investitsiya  siyosatini  yuritishda  muhim  strategiyalar  ishlab  chiqiladi. 

Mazkur strategiyalarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim 

ahamiyatga ega.  

Mamlakatimizda  siyosiy  barqarorlik,  investitsiya  muhitini  juda  qulayligi 

xorijiy  investorlar  bilan  uzoq  muddatli  investitsiya  loyihalarini  tuzishda  asos 

bo`lmoqda. Bundan tashqari, jalb etilgan chet el investitsiyalar va kreditlar uchun 

kafolatlar  taqdim  etish,  soliq  va  bojxona  ta'riflari  bo`yicha  imtiyozlar,  zayom  va 

foiz  stavkalarini  subsidiyalash  kabi  shart-sharoitlar  yaratilmoqda,  o`nlab  qonuniy 

xujjatlar amal qilmoqda. Jumladan, xususiy investitsiyalarni   iqtisodiyotning real 

sektoriga  yanada  jalb  qilish  maqsadida  2005  yil  11  aprelda  O`zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  "To`g`ridan-to’g`ri  xususiy  xorijiy  investitsiyalarni 

jalb  qilishni  rag`batlantirish  bo`yicha  qo`shimcha  chora-tadbirlari  to`g`risida" 

farmoni  qabul  qilindi.  Bu  farmonga  binoan  sanoatning  alohida  sohalaridagi 

korxonalar  asosiy  faoliyati  bo`yicha  daromad  solig`i,  mulk  solig`i,  ijtimoiy 

infratuzilmani  rivojlantirish  va  xududlarni  obodonlashtirish  solig`i,  ekologiya 

solig`idan,  mikrofirmalar  va  kichik  korxonalarga  solinadigan  yagona  soliqdan, 

shuningdek,  investitsiya  miqdoriga  qarab  3  yildan  7  yilgacha  muddat  davomida 

ozod qilinadi. 

Mamlakatimiz  tomonidan  xorijiy  investorlar  uchun  yaratilgan  ko`plab 



 

76 


imkoniyatlar  tufayli  davlatimizda  investitsiyalar  jozibadorligi  ortib  bormoqda. 

Xususan  kimyo  sanoatida  ham  ulkan  rivojlanishlar  davri  kuzatilmoqda. 

O’zbekistonda katta kimyo kompleksi shakllangan va kimyogar olimlarning kimyo 

sanoati  va  uning  texnologiyasi  mahsulotlarining  ayrim  turlari  bo’yicha  dunyo 

taniydigan  ishlar  o’tqazilgan.  Mustaqillik  tufayli  qo’lga  kiritilgan  ne'matlarimiz 

qatoridan  jaxon  bozorining  turini  egallayotgan  republikamiz  kimyo  sanoati  va 

texnologiyasining  ko’plab  mahsulotlari  ham  o’rin  olganligi,  albatta,  quvonarli 

xoldir.  

«O’zkimyosanoat»  davlat  aksiyadorlik  kompaniyasining  bir  qator 

korxonalarining  mahsulotlari  muvaffaqiyat  bilan  eksport  qilinmoqda.  Bu 

korxonalar  respublikamizning  Navoiy,  Olmaliq,  Samarqand,  Fargona,  Qo’qon, 

Chirchiq, Qo’ng’irot va Yangiyo’l kabi shaharlarida faoliyat ko’rsatmoqda hamda 

kimyo  va    kimiyoviy  qayta  ishlash  mahsulotlari  davlatimiz  iqtisodiyoti,  uning 

bank-moliya tizimiga sezilarli foyda keltirmoqda. 

Investitsiya dasturi va texnik modernizatsiyalash bo’yicha tarmoq dasturlari 

doirasida  2009  yil  mobaynida  690  ta  investitsiya  loyihasi  amalga  oshirildi. 

Ularning  303  tasi  muvaffaqqiyatli  yakunlandi.  Respublikamizda  jami  22  ta  yirik 

ishlab  chiqarish  obyekti,  jumladan,  neft-gaz,  kimyo,  metallurgiya  sanoatida  8  ta, 

mashinasozlik sanoatida 9 ta va qurilish industriyasida 5 ta ob’yekt foydalanishga 

topshirildi. 

Mustaqillika erishilgan ilk kunlardan boshlab yosh avlod tarbiyasi va ularning 

kelajagi  uchun  zarur  bo`lgan  sharoitlarni  yaratishga  katta  e`tibor  berilmoqda. 

Xususan  ta`lim  tizimiga  ham  alohida  ahamiyat  qaratilgan.  Xalqaro  hamkorlik 

asosida  o`rta  umumta`lim  maktablari,  akademik  litsey  kasb-xunar  kollejlarining 

aksariyatida  xorijiy  (Koreya,  YAponiya  va  boshqalar)  davlatlaridan  keltirilgan 

laboratoriya  asbob uskuna  va  jihozlaridan o`quv-ilmiy  faoliyatlarda  juda samarali 

foydalanilmoqda.  Kimyo  fizika  fanlarining  laboratoriyalarida  zamonaviy  qurilma 

va  uskunalar  o`quv  jarayonlariga  tadbiq  qilingan.    Rivojlangan  davlatlarning 

nufuzli ta`lim muassasalarini O`zbekistondagi filiallari faoliyat yuritmoqda.  

Bugungi  kunda  oliy  ta`lim  muassasalari  va  ilmiy  tadqiqot  institutlari  bilan 



 

77 


ilmiy  markazlarga  birlashib  ilm-fan  taraqqiyotiga  katta  hissa  qo`shishga  xarakat 

qilmoqdalar.  

Sanoat va kundalik ehtiyojimizda ishlatilayotgan har bir mahsulot, buyum va 

tovarda kimyo fani yutuqlarining mahsuli bor desak mubolag’a bo`lmasa kerak.    

Investitsiyalarni  qo`llashni  yanada  takomillashtirish  natijasida  kelusida 

kimyoviy  ishlab  chiqarish  qurilmalari,  yangi,  zamonaviy  texnika-texnologiyalar, 

jahon  standartlariga  mos  keluvchi  zamonaviy  laboratoriyalar  soni  yanada 

ko`payadi.   

 


 

78 


Xulosalar 

 

Laboratoriya  ishlari  kimyo  fanini  o`qitish  jarayonining  muhim  qismlaridan 



biri  hisoblanadi.  Laboartoriya  ishlarini  amalga  oshiruvchi  barcha  insonlar  avvalo 

o`zlarini  va  atrofdagilarning  sog’-salomatligi,  xavfsizligini  ta`minlanishiga 

mas`uldirlar. Kimyodan  laboratoriya  ishlarini  bajarib  u  haqida  atroflicha  bilim  va 

tushunchalarga ega bo`lishlari uchun kimyoni nazariy asoslarini o`rganish bilan bir 

qatorda  laboratoriyada  ishlash  qoidalari,  xavfsizlik  texnikasini  ham  mukammal 

o`zlashtirishlari maqsadga muvofiq bo`ladi. 

1.  Bitiruv  malakaviy  ishni  bajarish  mobaynida  o`rta  umumiy  ta`lim 

maktablarida  kimyo  laboratoriyasi,  laborant  va  o`qituvchining  vazifalari,  

laboratoriya  mashg’ulotini  tashkil  etish  va  o`tkazish,  kimyoviy  tajriba  va  uning 

vazifalari,  tajriba  turlari  haqidagi  a`lumotlar  adabiyotlardan  to`plandi  va 

o`rganildi.  

2.  Kimyodan  laboratoriya  ishlari  va  ularni  bajarishning  umumiy  qoidalari, 

asboblar va ular bilan ishlash, ba`zi asboblar, moddalar bilan laboratoriyada ishlash 

qoidalari va xavfsizlik texnikasi va instruktaji to`g’risidagi ma`lumotlar o`rganildi. 

Tajriba  ishlarini  boshqaruvchi  shaxslar  o`zlari  eng  avvalo  ishlashning  qoidalarini 

mukammal  hamda  puxta  bilishlari  va  bu  orqali  o`rganuvchiga  shaxsiy  namuna 

bo`lishlari maqsadga muvofiq bo`ladi. 

3.  Ba`zi  vaziyatlarda  ko`ngilsiz  hodisalar  ro`y  berganda  ko`rsatiladigan  

birinchi  yordam  to`g’risidagi  ma`lumotlar  to`plandi  va  tahlil  qilindi.  Tajribani 

bajarishdagi  ehtiyot  choralar  ishni  muvaffaqiyatli  yakuniga  etkazishni  va 

xavfsizlikni ta`minlanishiga zamin yaratadi. 

4.  Kimyo  laboratoriyalarida  ishlashni  tashkil  etish,  ishlashning  umumiy 

qoidalari  umumlashtirildi,  xavfsizlik  texnikasi  bo`yicha  atroflicha  malaka  hamda 

ko`nikmalarga ega bo`lindi va ma`lumotlar uslubiy ko`rsatma shakliga keltirildi.  

 

 

 


 

79 


Foydalanilgan adabiyotlar 

1. 


O`zbekistin Respublikasi prezidenti Islom Karimovning “Тarixiy hotira va 

inson omili buyuk kelajagimizning garovidir” risolasini o`rganish bo`yicha 

o`quv  qo`llanma.  Toshkent  “O`qituvchi”  nashriyot  –  matbaa  ijodiy  uyi. 

Toshkent 2012, 65 – bet. 

2. 

I.A.Karimov.  Asosiy  vazifamiz-  vatanimiz  taraqqiyori  va  xalqimiz 



farovonligini  yanada yuksaltirishdir.  - Toshkent: “O’zbekiston”, 2010.43-

b. 


3. 

Islom  Karimov.  Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch.  –  Toshkent: 

“Ma’naviyat”, 2008. 105 – bet. 

4. 


А.Э.    Янгибаев,    М.Эргашева  «Умумий  ўрта  таълим  мактабларида 

кимё    фанидан  лаборатория  ишларини  ташкил  этиш  ва  ўтказиш» 

Қўлланма.  Тошкент – 2010 й. 59 бет. 

5. 


T.С.Назарова,  A.A.Грабетский,  В.Н.Лаврова.  Maктабда  химиядан 

тажриба ўтказиш. T. “Ўқитувчи”. 1992, 6-11, 104-105 б. 

6. 

Г.Р.Ҳамидова Кимё ўқитиш методикаси умумий курсидан маърузалар 



матни. Тошкент, 2001й. 45 бет. 

7. 


Нишонов  М,  Тешабоев  С.  Мактабда  кимёдан  лаборатория 

ишлари Т.Ўқитувчи. 1995 й 104 б. 

8. 

Асқаров  И.Р.,  Мамадалиев  М.М.,  Мажидов  А.Х.  Мактабда 



амалий машғулотлар Т. Ўқитувчи,1992й. 66 б. 

9. 


О.Содиқов,    А.  Каримжонов,  Н.Исхоқов.  Органик  химиядан 

практикум «Ўқитувчи» Тошкент 1973 йил. 

10.  Насриддинов  Т.Й.,  Асқаров  И.Р.  Кимёни  ўқитишда  меҳнат 

мухофазаси ва хавфсизлик техникаси.   Т. Ўқитувчи, 1995. 75 б. 

11. 

http://www.altai.fio.ru/projects/group2/potok34/site/normativ/tbes.htm



 

12.  Назарова  Т.С.,  Грабецкий  А.А.  Лаврова  В.Н.    Мактабда 

химиядан тажриба ўтказиш. Т. Ўқитувчи 1992.й 17-21 б. 

13.  Kimyo xonasi. Toshkent. «Bilim» nashriyoti 2003 yil.   



 

80 


14.  Ёш  химик  энциклопедик  лугғати.  М.А.Прокофьев  бош  мухаррирлиги 

остида.    Ўзбекистон  миллий  энициклопедия  нашриёти  Тошкент  1990 

йил 

15.  Й.Р.Тошматов,  Б.С.Жўраев,  Р.С.  Деҳқонов.  Анорганик  кимёдан 



машғулотлар. НамДУ нашри 2002 йил. 38 б.

 

16.  Г.М.Чернобельская  Основы  методики  обучения  химии.  Уч.  пособие. 



М., Просвешение, 1987, 255 с. 

 

17.  Верховский И.Н. Смирнов А.Д. Техника химического эксперимента: в 



2-х т. М. Просвешение, 1973-83. 

18.  Плетнер Ю.В., Полосин В.С. Кимё ўқитиш методикасидан практикум: 

Ўқув қўлланма. Т. ”Ўқитувчи”. 1977, 206 б. 

19.  Н.Х.Мақсудов,  Умумий  химиядан  практикум.  «Ўқитувчи»  Тошкент 

1979 йил. 29 б. 

20.  Ф.Ю.  Рачиниский,  М.Ф.  Рачиниская.  Техника  лабораторних  работ. 

«Химия» Ленинград 1982 г. С. 120-128. 

21.  Х.Рахимова,  А.Аъзамов,  Т.Турсунов.  Меҳнатни  муҳофаза  қилиш. 

Тошкент «Ўзбекистон» 2003 йил. 56 б. 

22.  Л.Н.Захаров.  Техника  безопасности  в  химических  лабораториях. 

Ленинград, “Химия”,  Ленинградское отделение. 1991 г. С.330.  

23. 


http://reshit.ru/laboratornye-raboty-chto-vazhno-o-nix-znat

 

24. 



https://festival.1september.ru/articles/607810/

 

25. 



http://reshit.ru/laboratornye-raboty-po-ximii

 

26. 


http://uz.denemetr.com/docs/768/index-284863-1.html

 

27.  Асқаров  И.Р.  Тўхтабоев  Н.Х..Ғофуров  К.    Кимё  8-  синф.  Дарслик. 

Тошкент  2010 й. Янги йўл полиграф сервис 198 б.  

28.  Асқаров  И.Р.  Тўхтабоев  Н.Х..Ғофуров  К.    Кимё  9-  синф.  Дарслик. 

Тошкент  2010 й. Ўзбекистон миллий энициклопедия нашриёти. 193 б. 

 

 



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling