Kirish Mavzuning dolzarbligi Vatanimiz


Kimyo laboratoriyasida  tarozida tortishda rioya qilinishi kerak bo`lgan


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana31.10.2020
Hajmi0.72 Mb.
#139468
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kimyo laboratoriyalarida ishlashning qoidalariga doir uslubiy korsatma tayyorlash


 

Kimyo laboratoriyasida  tarozida tortishda rioya qilinishi kerak bo`lgan 

qoidalar

1.  Texnik  tarozida  moddalar  tarozining  yon  tomonida  emas,  ro`parasida 

stulda o`tirib tortiladi. 

2. Tarozi bilan juda ehtiyot bo`lib ishlanadi. 

3. Tarozi doimo toza tutiladi. 

4. 


Moddalarni  tortishda  maxsus  toshlardan,  toza  va  quruq  idishlardan 

foydalaniladi. Uchuvchan va suv shimadigan moddalar yopiq idishlarda tortiladi. 

5. 

Tarozi  pallasiga  issiq  (ayniqsa  qizdirilgan)    yoki  sovuq  narsalarni 



qo`yish yaramaydi. Tortiladigan narsalar 10-15 daqiqa tutib turiladi, buning uchun 

eksikatordan foydalaniladi.  

6. 

Tarozida  narsalarni  tortish  va  toshlarning  o`rnini  almashtirish  yoki 



toshlarni olish ishlari tarozini arretirlagan holatdagina bajariladi 

7. Arretirni ko`tarish yoki tushirish uchun tarozi dastasi bir tekisda oxirigacha 

buraladi. Bunda tarozi pallalari tebranmasligi kerak. Tarozi strelka shkala o`rtasida 

turgandagina arretirlanadi. 

8. Tarozi pallasiga toshlar pintset bilan quyiladi va olinadi. 

9.  Har  bir  analizda  bitta  tarozidan  va  shu  taroziga  tegishli  toshlardan 

foydalaniladi. 

10.  Tarozida  moddalarni  tortishdan  oldin  tarozi  nol’  nuqtasiga  to`g’rilab 

qo`yiladi.  Tinch  holatda  turgan  va  hech  qanday  og’irligi  bo`lmagan  tarozi 

strelkasining  ko`rsatishi  tarozining  nol’  nuqtasi  deyiladi.  Tarozida  modda 

tortilayotganda modda bilan toshlar muvozanatga kelganda ham strelka nol’ nuqta 

atrofida  tebranib  turishi  kerak.  Nol’  nuqta  strelkaning  5  marta  tebranib  turganda 

ko`rsatgan sonini o`rtacha qiymati bo`ladi, masalan:  


 

48 


 

Strelka-


ning 

tebranish

Strelkaning chetka 



chiqishi nuqtasi 

O`rtachasi 

Nol’ 

nuqtasi 


CHapga  

O`nga  


7,7; 7,9; 8,1 

12,6; 12,4 

7,9 

12,5 


10,2 

   


11.  Tarozining  o`ng  tomoniga  toshlar  qutichasi,  chap  tomoniga  esa 

tortiladigan  modda  quyiladi.  Tortiladigan  moddaning  xarorati    laboratoriyadagi 

xaroratga baravarlashuvi uchun modda tarozi yonida 5-10 daqiqa saqlanadi. 

12.  Tortiladigan  modda  tarozining  chap  pallasiga,  toshlar  esa  o`ng  pallasiga 

qo`yiladi. 

13.  Modda  bilan  toshlar  muvozanatga  kelganda,  ya`ni  strelka  shkaladagi 

noldan chap va o`ng tomonga baravar chetga chiqa boshlagandan so`ng toshlarning 

og’irligi yoziladi va bu yozuv toshlarni qutichaga qo`yishda tekshirib ko`riladi. 

14.  Modda  tortib  bo`lingandan  keyin  tarozi  pallalarida  hech  narsa 

qoldirmasligi va tarozi oriyentirlanishi lozim.  

 

2.3. Laboratoriyada  ishlatiladigan ba’zi asboblar va ular bilan ishlash 

Organik  kimyo  laboratoriyasida  anorganik  kimyo  laboratoriyalaridagi  kabi 

asboblar  –probirkalar,  stakanlar,  konussimon,  tekis  va  yumaloq  tubli  har  xil 

kolbalar  ishlatiladi.  Bundan  tashqari  organik  kimyo  laboratoriyalarida  turli 

sovitkichlar,  deflegmatorli  haydash  kolbalari  va  maxsus  moslamalardan 

foydalaniladi. 

Organik  kimyo  laboratoriyasida  ishlatiladigan  asboblarni  olib  boriladigan 

ishning hajmi, xarakteri-reaktsiya sharoitiga qarab tanlash muhim ahamiyatga ega. 

Laboratoriyada  ishlatiladigan  eng  oddiy  asboblardan-kimyoviy  stakanlar, 

oson  uchuvchan  organik  erituvchilar-efir,  benzol,  spirt  va  boshqa  tez  yonuvchan 

moddalarning  ishtirokisiz  bajariladigan  ishlarda  faqat  suvli  eritmalar  bilan 


 

49 


ishlashda  yordamchi  idish  sifatida  ishlatiladi.  Stakanlarni  ba`zi  bir  past  xaroratda 

olib  boriladigan  (100

o

S  dan  oshmaydigan)  havo  va  nam  ta`sir  etganda  ham 



reaktsiya osonlik bilan boradigan ishlarda ham ishlatish mumkin. 

 

Kolbalar.  Tekis  tagli  va  konussimon  kolbalar  eritmalar  tayyorlashda, 

erituvchilarni  saqlashda  va  shunga  o`xshash  ishlarni  bajarishda  ishlatiladi.  Bu 

kolbalar  yuqori  xaroratda  olib  boriladigan  ishlarda  va  ayniqsa,  bosim  yoki  past 

bosim-vakuum bilan olib boriladigan tajribalarda ishlatilmaydi. YUqori xarorat va 

vakuumda olib boriladigan hamma ishlar har xil katta-kichiklikdagi yumaloq tubli, 

noksimon kolbalarda o`tkaziladi. 

Keyingi  yillarda  har  xil  katta-kichik  shlifli  kolbalar  va  laboratoriyada 

ishlatiladigan boshqa ko`pgina asboblar ishlab chiqarilmoqda. Laboratoriyada olib 

boriladigan ishlarni ana shu shlifli asboblarda o`tkazish har tomonlama qulaydir. 

SHlifli  asboblarni  afzalligi  shundaki,  reaktsion  aralashmani  ancha  tozaligini  

ta`minlaydi  va  yig’ilgan  asboblarning  ko`rinishi  chiroyli    bo`lishi  bilan  birga  har 

qanday murakkab moslamalar yig’ishni ham osonlashtiradi. 

Ba`zi  bir  ishlarni  bajarish  uchun  maxsus  moslama  yig’ishda  kichik  shlifli 

kolbani  katta  shlifli  sovitkichka,  boshqa  biror  asbobga  ulash  kerak  bo`lsa  yoki 

aksincha,  kichik  shlifli  sovitkichni  katta  shlifli  kolbaga  ulashga  to`g’ri  kelsa, 

bunday hollarda standart bo`lgan normal shlifli muftalardan foydalanish mumkin. 



Sovitkichlar.  Ko`pincha  birorta  reaktsiya  olib  borishda  yoki  moddalarni 

tozalashda  engil  uchuvchan  organik  erituvchilarni  qizdirishga  to`g’ri  keladi. 

Bunday  hollarda  erituvchini  uchib  ketmasligi,  tajriba  o`tkazayotgan  kishi 

zaharlanmasligi  uchun  bu  ishlarni,  odatda,  qaytarma  yoki  oqimi    pastga 

yo`naltirilgan  sovitkichlar  bilan  jihozlangan  kolbalarda  olib  borish  kerak. 

Sovitkichlar,  suyuqlik  bug’larini  kondensatlash  uchun  ishlatiladi.  Suvli 

sovitkichlarda  suv  har  doim  sovitkichning  pastki  o`simtasi  (naycha)dan  kirib 

yuqoridagi  o`simtasidan  chiqib  ketishi  kerak;  sovitkichga  suv  shunday 

yuborilgandagina  u  suv  bilan  to`g’ri  to`ldirilgan  bo`ladi  va  teskari  oqim  hosil 

qilinadi, aks holda sovitkich suv bilan to`lib turmaydi.  



 

50 


Qaytarma sovitkich bilan ish olib borilganda bug’lanib chiqayotgan erituvchi 

bug’lari sovitkichda kondensatlanib suyuqlikka aylanadi va qaytadan kolbaga oqib 

tushadi.  erituvchi  yoki  biror  moddani  xaydab  olayotganda  oqimi  pastga 

yo`naltirilgan  Libix  sovitkichidan  foydalaniladi,  bunda  bu  holida  bo`lgan  modda 

yoki erituvchi sovutkichda kondensatlanib, yig’gich kolbaga kuyiladi. 

Qaynash 


xarorati 

yuqori 


bo`lgan 

moddalar 

haydalayotganda 

va 


qizdirilayotganda  Libix  sovutkichining  forshtossidan  yoki  diametri  10-15  mm  li 

shisha naylardan havo sovutkichi sifatida foydalaniladi. Bu sovutkichning sovitish 

qobiliyati  kamroq  bo`lib,  unda  kondensatlanayotgan  suyuqlik  yig’gichka  laminar 

oqim bilan oqib tushadi.  

Ba`zan suyuqliklarni yuqori xaroratda qizdirishda bir necha sharsimon qismli 

forshtossdan  tayyorlangan  havo  sovutkich-sharsimon  havo  sovutkichidan 

foydalaniladi.   

Organik  kimyo  laboratoriyalarida  Libix  sovutkichi  va  turli  qaytarma 

sovutkichlar ko`p ishlatiladi. Libix sovutkichida asosan, 120 

o

S gacha qaynaydigan 



moddalar  va  organik  erituvchilar  sovutkichidan  suv  o`tkazib  turilgan  hamda  120-

150 


o

S  xaroratda  qaynaydigan  moddalar  esa  suv  oqimi  to`xtatib  qo`yilgan  holda 

xaydaladi. Bu sovutkichdan qaytarma sovutkich sifatida ham foydalanish mumkin. 

Ko`pincha  qaytarma  sovutkich  sifatida  sharsimon  forshtossli  sovutkichlar 

ishlatiladi.  Bu  sovutkichlarning  sovitish  qobiliyati  Libix  sovutkichiga  qaraganda 

ancha yaxshi bo`ladi. 

Ba`zan oson uchuvchan erituvchilarni qizdirishda qaytarma sovitkich sifatida 

burama sovitkichlar ham ishlatiladi.  

Juda  past  xaroratda  qaynaydigan  moddalarni  qizdirishda  SHtedeler 

sovitkichidan  foydalaniladi.  Bu  sovitkichga  muz  bilan  tuz  aralashmasi  yoki  qattiq 

korbonat  angidrid  va  atseton  solish  bilan  ancha  past  xaroratda  ish  olib  borish 

mumkin.  



Voronkalar. Deyarli barcha kimyo laboratoriyalarida cho`kmalarni fil’trlash 

uchun  turli  katta  kichiklikdagi  oddiy  varonkalardan,  Byuxner  va  SHotta 

voronkalardan  foydalaniladi.  Ko`pincha  fil’trlash  fil’tr  qog’ozi  qo`yilgan  oddiy 


 

51 


shisha  varonkalarda  olib  boriladi.  Yirik  dispersli  cho`kmalarni  eritmalardan  oddiy 

fil’trlash  yo`li  bilan  ajratish  mumkin,  lekin  mayda  dispersli  zarrachalarni  fil’trda 

qolishi  qiyinroq  bo`ladi.  Bunda  fil’trat  tiniq  bo`lmasa  fil’tratni  yana  shu  fil’trdan 

ikkinchi marta o`tkaziladi.  

Biror  moddani  sintez  qilib  olishda  ish  davomida  faqat  eritma  kerak  bo`lib 

cho`kma  tashlab  yuboriladigan  bo`lsa,  bunday  hollarda  eritmalarga  fil’trlashdan 

oldin  yordamchi  tozalovchi  vositalar  (aktivlangan  ko`mir,  asbest,  kizel’gur)  solib 

fil’trlanadi.  

Ko`pincha,  kristall  holdagi  cho`kmalarni  fil’trlashda  fil’tratni  cho`kmadan 

so`rib  olish-vakuumda  fil’trlash  usulidan  foydalaniladi.  Ko`p  miqdordagi 

moddalarni vakuumda fil’trlash uchun g’alvirak teshikli Byuxner varonkasidan va 

yon  tomonidan  o`simta  nayi  bor  qalin  devorli  konussimon    Bunzen  kolbasidan  

foydalaniladi.  

Ba`zan  Byuxner  varonkasining  o`rnida  SHotta  varonkasi  ishlatiladi.  Bunda 

ishlatilayotgan  varonkaning  katta  kichikligi  fil’trlanadigan  moddaning 

(cho`kmaning)  miqdoriga,  Bunzen  kolbasi  esa  fil’tratning  hajmiga  mos  bo`lishi 

kerak. 

Agar  fil’trlanayotgan  cho`kma  kuchli  ishqoriy  yoki kislotali  eritmada  bo`lsa 



yoki  unda  fil’tr  qog’ozini  o`yib  yuboruvchi  boshqa  moddalar  bo`lsa,  u  holda 

cho`kma  maxsus  g’ovak  shishadan  ishlangan  fil’tr-SHotta  varonkalarida 

fil’trlanadi. Bu varonkalar o`zidagi g’ovakning zichligiga qarab №1, №2,  №3 va 

№4 xillarga bo`linib, ular har xil katta kichiklikda bo`ladi. 

Oz  miqdordagi  moddalarni  fil’trlashda  kichkina  oddiy  varonkaga  shishadan 

yasalgan  mixcha  qo`yilgan  va  probirkasimon  so`rg’ichga  o`rnatilgan  asbob  dan  

foydalaniladi. 

Oson kristallanuvchi moddalarning eritmalarini tozalashda suyuqliklarni  issiq 

holda  fil’trlash  zarur  bo`lib  qolsa,  maxsus  issiq  holda  fil’trlash  varonkalari 

ishlatiladi. 



 

52 


Keyingi vaqtlarda voronkani qizdirish uchun spiralli keramika bilan  yopilgan 

maxsus  voronkasimon  eletr  plitalardan  foydalanmoqda.  Ularning  ichiga  fil’tr 

qog’ozi bo`lgan oddiy shisha voronka joylashtiriladi. 

Fil’trlash  iloji  boricha  tezlik  bilan  olib  borilib,  fil’trat  stakanga  yoki 

konussimon kolbaga yig’iladi.  

Tomizgich va ajratkich voronkalar. Laboratoriyada ma`lum sintezlarni olib 

borishda  reaktsiyaga  kirishuvchi  modda  yoki  aralashmaga  suyuqlikni  asta-sekin 

quyishga to`g’ri keladi, bunday hollarda tomizgich voronkalardan foydalaniladi.  

Ajratkich  voronkalar  bir-biri  bilan  aralashmaydigan  ikki  xil  suyuqliklarni 

ajratishda  va  moddalarni  suvli  eritmalardan  suv  bilan  aralashmaydigan  organik 

erituvchilar,.  Masalan,  petroley  efir,  benzol,  xloroform,  dietil  efir,  etilatsetat  va 

boshqalar yordamida ajratib, ya`ni ekstraktsiya qilib olishda ishlatiladi. 

Ajratkich  voronkalarning  formalari  har  xil  va  turli  katta  kichiklikda  bo`ladi. 

Ko`p ishlarda kuyish naychasi kaltaroq bo`lgan ajratkich voronka ishlatiladi.  

Ajratkich voronka bilan ishlashdan oldin uning jo`mragini ishlashini tekshirib 

ko`rish  va  jo`mrak  tushib  ketmasligi  uchun  rezina  xalqa  yordamida  voronkaga 

biriktirib qo`yish kerak. 



 

2.4. Noorganik va organik moddalar bilan laboratoriyada ishlash 

qoidalari  va xavfsizlik texnikasi 

Ma`ruza 


materiallarini 

mukammal 

o`zlashtirishda 

laboratoriya 

mashg’ulotlarining ahamiyati katta. Laboratoriya ishlarini ma`ruza bilan ketma-ket 

o`tkazib turish kerak, shundagina ular unumli samarali va foydali bo`ladi. 

Har  bir  laboratoriya  mashg’ulotini  o`tkazishdan  oldin  shu  mavzuga  oid 

ma`lumotlarni  darslikdan  va  ma`ruzadan  tegishli  bo`limlarni  o`qib  chiqish  hamda 

uning  qisqacha  mazmunini  ish  daftariga  yozish  zarur.  Har  bir  talaba  palapartish 

ishlash,  e`tiborsizlik,  asboblarini  hamda  xavfsizlik  texnikasi  qoidalarini  yaxshi 

bilmaslik ko`ngilsiz xodisalarga sabab bo`lishini o`qib olishi zarur. SHuning uchun 

mashg’ulotning  birinchi  kunidanoq  har  qaysi  talaba  xavfsizlik  texnikasi  qoidalari 

bilan  tanishib  chiqishi  va  unga  qat`iy  rioya  qilishi  kerak.  Laboratoriya  ishlari 


 

53 


bajariladigan asosiy joy ish stolidir. Ish stoli doimo toza bo`lishi kerak. Faqat qunt 

bilan  to`g’ri  ishlagandagina  ish  muvaffaqiyatli  chiqadi,  ishga  diqqatsizlik  bilan 

qarash esa bajariladigan ishning natijasi noto`g’ri chiqishga sabab bo`ladi. 

Ishlayotganda 

ortiqcha 

shoshilmasdan, 

reaktivlarni 

to`kmasdan 

va 

sachratmasdan ishlash lozim. Agar ish vaqtida kontsentrlangan kislota yoki ishqor 



eritmalari  to`kilsa  darhol  laborantga  aytish  kerak.  Kislotalar  yoki  ishqorlar 

to`kilgan  joyni  ehtiyot  bo`lib  tezda  artish  va  suv  bilan  yuvish,  so`ngra  kislota 

to`kilgan joyni soda eritmasi bilan, ishqor to`kilgan joyni esa sirka kislotaning 5% 

li  eritmasi  bilan  neytrallash  kerak,  chunki  bu  moddalar  stol  va  boshqa  narsalarni 

ishdan  chiqaradi.  Reaktiv  solingan  probirkalarni  bir  shtativdan  ikkinchi  shtativga 

olmang  va  probirkalarda  turgan  tomchi  pipetkalarni  bir  probirkadan  ikkinchi 

probirkaga  solmang,  chunki  bunda  ham  ish  tartibi  buziladi,  ham  reaktivlar 

ifloslanadi. 



Quyidagilarni doimo yodda saqlang!!! 

Agar  shtativda  biror  reaktiv  bo`lmasa,  boshqa  stoldagi  shtativdan  olmasdan 

darhol laborantga murojaat qiling. 

Pipetka  yoki  mikroshpatel’  shishadan  (yasalgan  kichkina    qoshiqcha)  dan 

foydalangandan  so`ng,  reaktivlarni  havodagi  namlik  ta`siridan  buzilmaslik  uchun 

o`sha  zaxotiyoq  o`z  joyiga  qo`ying  va  yaxshilab  berkiting.  Umumiy  foydalanish 

uchun qo`yilgan reaktiv va asboblarni turgan joyidan o`z stolingizga olib bormang.  

SHisha  sinig’i,  qog’oz,  gugurt  cho`pi,  ishlatilgan  ma`lumotlarni  va  shunga 

o`xshash  narsalarni  rakovinaga  tashlamasdan  rakovina  tagiga  qo`yilgan  mahsus 

idishga  tashlang.  SHuningdek,  ishlatilgan  eritma  va  cho`kmalarni  ham  stol  ustiga 

qo`yilgan  mahsus  idishga  quying.  Tajribani  to`g’ri  bajarish  uchun    reaktivlarni 

ko`rsatilgan miqdorda olish lozim. 

Distillangan  suv,  spirt  (spirtlampadagi),  gaz  va  elektr  energiyasini  tejab 

sarflash kerak. 

Har  bir  laboratoriya  ishini  bajarishdan  oldin,  talabalar  oldingi  ish  yuzasidan 

hisobot  tuzib  o`qituvchiga  ko`rsatganlardan  keyingina,  keyingi  laboratoriya  ishini 

bajarishlariga  ruxsat  etiladi.  YAngi  ishni  boshlashdan  oldin  o`qituvchi  bir  necha 


 

54 


talabadan  shu  ishning  mazmunini  qanchalik  bilib  olganliklarini  tekshirib  ko`rishi 

lozim.  O`qituvchi  talabalar  nazariy  ma`lumotni  o`zlashtirib,  tajriba  texnikasini 

tushinib  olganliklariga  ishonch  hosil  qilgandan  keyingina  ishni  boshlash  uchun 

ruxsat etadi.  

Tajriba boshlashdan oldin talaba albatta xalat kiyishi kerak. 

Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan moddalarning ko`pchiligi ozmi-ko`pmi 

sog’likka  zararlidir.  SHuning  uchun  laboratoriyalarda  ishlash  vaqtida  quyidagi 

xavfsizlik qoidalariga rioya qilish shart:  

1.  Kontsentrlangan kislotalar, xlor, yod, vodorod sul’fid va boshqa moddalar 

bilan o`tkaziladigan tajribalar mo`rili shkafda bajariladi. 

2.  Xlor,  brom,  vodorod  sul’fid  va  uglerod  (II)-oksid  bilan  zaharlanganda, 

avvalo,  zaharlangan  kishini  ochiq  havoga  olib  chiqish,  so`ngra  tegishli  yordam 

ko`rsatish kerak. 

3.  Kuchli  kislotalar,  ayniqsa,  kontsentrlangan  sul’fat  kislotani  suyultirishda 

suvni  kislotaga  emas,  balki  extiyotkorlik  bilan  kislota  suvga  jildiratib  yoki 

tomchilatib  quyiladi.  

4.    Ko`zga  yoki  tanaga  biror  kimyoviy  reaktiv  sachrasa,  zararlangan  joyni 

avval ko`pgina suv bilan yaxshilab yuvib, so`ngra vrachga ko`rsatish kerak.  

5.  Vodorod  va  boshqa  gazlarni  yoqishdan  oldin,  ularning  tozaligini  sinab 

ko`rish kerak. 

6.    Laboratoriya ishi tugagach qo`lni yaxshilab yuvish kerak. 

7.      Reaktivlarni  bir  idishdan  ikkinchi  idishga  quyayotganda  idish  ustiga 

engashib turish yaramaydi.  

8.          Simob  va  uning  bug’i  kuchli  zahardir.  SHuning  uchun  simobli  asbob 

yoki  termometr  singanda  to`kilgan  simobni  yaxshilab  yig’ib  olib,  bu  haqida 

o`qituvchiga yoki katta laborantga albatta aytish kerak. Simobli asboblarni hamma 

vaqt kristallizatorga o`xshash maxsus idishlarda saqlash kerak. Agar biror eringizga 

simob to`kilsa, darhol oltingugurt kukunidan sepish, undan so`ng temir (III) xlorid 

eritmasi bilan yuvish kerak. 


 

55 


9.  Kislota, ishqor  va  ammiakning kontsentrlangan eritmalarini hamda  oson 

bug’lanuvchi  suyuqliklarni  pipetkaga  og’iz  bilan  surib  tortib  olish  yaramaydi. 

Buning uchun surgich (grusha)dan foydalanish kerak. 

10.   Kislotalar,  ishqorlar  va  ishlatiladigan  xromli  aralashmani  rakovinaga 

to`kish aslo mumkin emas. 

11.  Biror moddaning mazasini tatib ko`rish qat`iyan man etiladi. 

12.  Kumushning  ammiakli  tuzi  eritmasini  uzoq  vaqt  saqlash  yaramaydi, 

chunki  vaqt  o`tishi  natijasida  portlovchi  modda-kumush  qaldirog’i  hosil  bo`lishi 

mumkin. 

13.  Oson o`t oluvchi suyuqliklarni ochiq alangada isitish yoki olovga  yaqin 

keltirish  yaramaydi.  Bunday  moddalar  bilan  ishlaganda  qilinadigan  tajribalarni 

olovdan uzoqroqda va imkoni bo`lsa, mo`rili shkafda o`tkazing. 

14.  Benzin,  spirt,  efir  o`t  olib  ketsa,  alanga  ustiga  qum  sepib  yoki  maxsus 

vositalar bilan o`chirish lozim. Ammo, hech vaqt suv sepmang. 

15. 

Elektr  asboblarining  kontaktlariga  e`tibor  bering,  ular  yaxshi 



izolyatsiyalangan bo`lishi kerak. 

16. 


Isitish  asboblarini:  mufel’  va  tigel’  pechi,  elektr  plita  va  shunga 

o`xshashlarni, o`tga chidamli ma`lumotdan yasalgan tagliklar ustiga qo`yish kerak. 

Ishlab turgan asboblarni aslo nazoratsiz qoldirmang.  

  17.  Probirkaga  biror  narsa  solib  qizdirayotganingizda  uning  og’zini 

o`zingizning yoningizda turgan odamga qaratib tutmang.   

  18.  Laboratoriyada  ishlashda  biror  eringizga,  qo`lingizga  ishqor  sachrasa  u 

holda darhol ko`p miqdorda suv bilan so`ngra quyidagi eritmalar:  

a) sirka kislotaning 1% li eritmasi;  

b) limon kislotaning kuchsiz eritmasi; 

v) borat kislotaning kuchsiz eritmalari bilan yuving;  

- qayd etilgan eritmalar bilan yuvilgandan so`ng vrachga murojaat eting. 

19.  Laboratoriyada  ishlashda  biror  eringizga,  qo`lingizga  kislota  sachrasa 

yoki  to`kilsa u  holda  juda  ko`p  miqdor  suv  bilan so`ngra  quyidagi  eritmalar  bilan 

yuvish kerak:  


 

56 


a) sodaning 10% li eritmasi bilan yuvish (natriy karbonat) 

b) natriy bikarbonatning 3% li eritmasi bilan yuvib so`ngra paxta moyi  yoki 

kungaboqar moyi surtish lozim. 



v) ammiakning kuchsiz eritmasi bilan yuvish kerak. 

20.  Laboratoriyada  ishlashda  biror  yeringiz  kuyib  qolsa  quyidagi 

choralarni ko`rish kerak: 

a)  kaliy  permanganatning  2%  li  eritmasini  dokaga  shimdirib  kuygan  erga 

bosish kerak. 



b) 3% li tannin eritmasi bilan yuvish kerak. 

v) streptotsit emul’tsiyasini surtish kerak. 

g)  spirt  bilan  xo`llangan  paxta  yoki  paxta  moyi  shimdirib  bosish  kerak; 

yuqoridagi choralar ko`rilgandan so`ng vrachga murojaat eting. 

21.  Laboratoriyada  ishlashda  biror  eringizni  kesib  olsangiz,  eng  avvalo 

kesilgan joydagi qonni ko`p miqdor suv bilan yuvib so`ng:  



a) kaliy permanganatning 2% li eritmasi bilan yuvib, yod eritmasi surkab bint 

bilan bog’lash kerak. 



b) 3-5% li yodning spirtli eritmasidan surtib bint bilan bog’lash kerak. 

22.  Teriga  brom  tegsa  darhol  benzin  bilan  artish  va  undan  so`ng  vrachga 

murojaat etish kerak. 

23.  Ammiak  hididan  zaharlanganda  darhol  sirka  kislota    hidlash  so`ngra  sut 

ichish va limon shimish kerak. 

24. Ichga yod ketganda darhol natriy tiosul’fatning 1% li eritmasidan 100 ml 

ichish,  yana  3  minutdan  so`ng    o`sha  eritmadan  bir  choy  qoshiq  ichish,  so`ngra 

vrachga murojaat qilish kerak. 

25. Laboratoriyada eritmalar solingan hamma shisha idishlar og’zi berk holda 

saqlanishi  lozim.  Hamma  idishdagi  moddalarning  etiketikasi  bo`lishi  kerak  va 

ularni iloji boricha kam sarflagan ma`qul. Agar tajriba uchun qancha modda olish 

ma`lum bo`lmasa u holda eritmadan 1-1,5 ml, qattiq moddalardan esa 0,20-0,40 mg 

olish lozim. 

26. Tajriba tugagach natijalarni daftarga yozish lozim. 



 

57 


27.  Laboratoriyadan  ketayotganingizda  gaz  garelkalari  va  vodoprovod 

jo`mraklari  berkligini  hamda  elektr  asboblarini  o`chirilganligini,  albatta  tekshirib 

ko`ring. 

Organik kimyo laboratoriyasida ishlaganda laboratoriyada ishlash qoidalariga 

rioya qilish, organik moddalarni anorganik moddalardan ajrata bilish kerak. 

Organik kimyo laboratoriyasida ko`pchilik moddalarni olishda oson uchuvchi 

va  tez  alangalanuvchi  (masalan,  efirlar,  spirtlar,  uglerod  sul’fid  va  boshqalar), 

shuningdek  zaharli  (tsian  birikmalari,  piridin,  brom,  sulema  va  boshqalar)  va 

portlab  ketishi  mumkin  bulgan    moddalar  bilan  ishlashga  to`g’ri  keladi. 

Tartibsizlik,  beparvolik  va  shoshma-shosharlik  bilan  ishlash  natijasida  tajriba 

noto`g’ri  bajarilishi  va  laboratoriyada  ko`ngilsiz  hodisalar  ro`y  berishi  mumkin, 

buni oldini olish maqsadida quyidagi qoidalarga rioya qilish shart: 

1. Har bir ishni boshlash oldidan idish va asboblarni ko`zdan kechirish zarur. 

Ularning to`g’ri yig’ilganligiga va tayyorlangan reaktivlarning miqdori to`g’riligiga 

ishonch  hosil qilingandan  keyin  rahbarning  ruxsati bilan ishni boshlash kerak. Ish 

texnikasiga tushunmasdan turib tajribani boshlash mumkin emas.  

2.  Reaktsiya  uchun  ishlatiladigan  moddalarning  xossalarini  (qaynash  va 

suyuqlanish xarorati, yonuvchanligi, zaharliligi va boshqa xossalarin ) bilish zarur. 

3.  Oson    uchuvchan  va  tez  alangalanuvchi  suyuqliklar  (efir,  benzol,  toluol, 

benzin, spirt, atseton va boshqalar)bilan ishlashda juda ehtiyot bo`lish kerak. Ularni 

ish stolida ko`p miqdorda saqlash mumkin emas. 

4.  Zaharli  va  o`tkir  hidli  moddalar  bilan  olib  boriladigan  ishlar  mo`rili 

shkafda bajariladi. Ularni qo`l bilan ushlash, hidlash va tatib ko`rish mumkin emas, 

aks holda kishi zaharlanishi mumkin. 

5.  Ishlatilgan  simobni  to`kib  yubormaslik  kerak,  chunki  uning  bug’i  havoni 

zaharlaydi. Simob bilan qilinadigan ishlar maxsus tunuka idish ustida olib borilishi 

lozim; to`kilgan simobni maxsus asbob bilan tozalab terib olish, qolganining ustiga 

esa otingugurt sepib qo`yish zarur.  



 

58 


6. Natriy metalini suvdan ehtiyot qilish, qog’oz ustida kesish va qoldiqlarini 

har  xil  idishga  tashlamay,  kerosinli  idishda  saqlash  kerak.  Natriyning  mayda 

qoldiqlarini spirtga oz-ozdan solib, eritib yuborish zarur. 

7.  Kontsentrlangan    sul’fat  kislotani  suyultirish  uchun  suvni  kislotaga  emas 

balki kislotani suvga oz-ozdan idish devori orqali quyib chayqatib turish kerak, aks 

holda kislota sachrashi, idish esa sinib ketishi mumkin. 

8.  Brom,  xlor,  vodorod  sul’fid,  angidrid  va  boshqa  zaharli  moddalar 

ishlayotganda ularni hidlamaslik hamda  ulardan ko`zni  ehtiyot  qilish kerak.  Brom 

bilan juda ehtiyot bo`lib ishlash lozim, chunki u terini juda tez va qattiq kuydiradi. 

9. Zaharli va o`yuvchi moddalar maydalanayotganda ko`zoynak taqib olish va 

rezina  qo`lqop  kiyish  kerak;  ish  joyini  yaxshilab  tozalash  va  qo`lni  sovun  bilan 

yuvish zarur. 

10.  Moy  xammomi  bilan  ishlayotganda  uning  xaroratini  termometr  bilan 

tekshirib  turish  kerak.  Moyni  o`t  olish  xaroratigacha  qizdirib  bo`lmaydi.  qizib 

turgan  moy  ustiga  suv  tomchisi  yoki  reaktsion  suyuqlik  to`kilmasligi  zarur,  aks 

holda moy sachrashi va hatto yonib ketishi ham mumkin.  

11.  Agar  ishlatiladigan  moddalarning  sachrash  xavfi  bo`lsa,  (kislota  va 

ishqorning  katta  idishdan  kichik  idishga  quyish,  o`yuvchi  moddalarni  chinni 

hovanchada  maydalash,  vakuum  bilan  ishlashda  va  boshqalarda)  hamma  vaqt 

ko`zoynak taqib olish zarur. 

12. 

Reaktsiya 



olib 

borilayotgan, 

qizdirilayotgan 

va 


moddalar 

aralashtarilayotgan asboblar ustiga engashib ishlash mumkin emas. 

 13.  Reaktsiya  vaqtida  gaz  ajralib  chiqishi  mumkin  bo`lgan  idishlarning 

og’zini mahkam berkitmay havo kirib turadigan joy qoldirish zarur. 

14.  Vodoprovod  rakovinasiga  qog’oz,  qum,  qattiq  moddalarni  tashlash, 

kislota, ishqor, oltingugurt birikmalarini, yonuvchan suyuqliklarni quyish mumkin 

emas. 

15.  Gaz,  suv  va  elektr  bilan  ishlayotganda  ish  tamom  bo`lishi  bilan 



jo`mraklarni berkitib, elektrni o`chirib qo`yishni esdan chiqarmaslik kerak. 

 

59 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling