Kirish Mavzuning dolzarbligi Vatanimiz


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana31.10.2020
Hajmi0.72 Mb.
#139468
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kimyo laboratoriyalarida ishlashning qoidalariga doir uslubiy korsatma tayyorlash


Erituvchilar.  Erituvchilar  ko`p  reaktsiyalarni  olib  borishda  gomogen  fazani 

vujudga  keltirish,  reaktsiya  tezligini  yoki  yo`nalishini  o`zgartirish  va  organik 

moddalarni  reaktsion  aralashmalardan  ekstraktsiya  yoki  kristallantirish  yo`li  bilan 

ajratib  olishda  qo`llaniladi.  Ma`lum  sintezni  olib  borishda  ishlatilayotgan 

erituvchida boshqa aralashmalarni bo`lishi bajarilayotgan ishni noto`g’ri chiqishiga 

sababchi  bo`lishi  mumkin.  Shuning  uchun,  avvalo  biror  ishga  ishlatish  uchun 

olingan  erituvchini  tozaligini  bilish  kerak;  agar  erituvchi  iflos  bo`lsa,  uni  albatta 

tozalash va kerak bo`lgan taqdirda absolyutlash lozim. 

Toza sof holdagi organik erituvchi (ko`pincha erituvchi suyuq modda bo`ladi 

o`zining ma`lum konstantalari) qaynash xarorati sindirish ko`rsatkichi (molekulyar 

refraktsiyasi, solishtirma og’irligi va boshqalar) bilan belgilanadi.  

Bu  konstantalari  aniqlash  (ayniqsa  ularni  qaynash  xarorati)  orqali 

erituvchilarning toza ekanligini bilish mumkin.  

SHuning  bilan  birga  shunday  erituvchilar  ham  borki,  ular  ma`lum  xarorat 

oralig’ida qaynagani bilan sof bo`lmay, aralashma holda bo`ladi. Masalan, bularga 

petroley  efir,  benzin  va  boshqalar  kiradi.  Bunday  erituvchilarning  tozaligi  ularni 

qaynash  xarorati  orqali  emas,  balki  ularni  ma`lum  xarorat  oralig’ida  haydalishi 

bilan belgilanadi. Haydash yoki fraktsiyalarga bo`lib haydash usuli erituvchilarning 

tozalashda eng oson usul hisoblanadi. 

 

2.5. Xavfsizlik texnikasi ko`rsatmasini o`tkazish bo`yicha instruktaj 

Shaxsiy  ma`suliyat  xissini  o`rgatish  uchun  tushunish,  ishning  xavfsizligini 

ta`minlash  maqsadida  tajriba  oshiruvchilar,  laborant  va  qatnashchilarni  talaba 

o`quvchilarni  xavfsizlik  talablari  va  mehnat  gigienasiga  amal  qilishlari  kerakligi 

bo`yicha instruktajdan o`tkazishlari kerak. 

Talab bo`yicha ko`rsatma ikki qismga bo`linadi. 

Kirish:  Birinchi  kimyo  darsida  amalga  oshiriladi;  birlamchi  ish  joyida; 

takroriy; rejadan tashqari; hamda joriy. 

Kirish darsidagi tanishtirish kimyo o`qituvchisi tomonidan amalga oshirilgan. 


 

60 


U  mehnat  va  xavfsizlik  texnikasi  qoidalari  kabinetdagi  ish  qoidalari  yong’in 

xavfsizligi  xavfli  jarayonlar  ish  jarayonlari  va  xavfsizlikni  ta`minlash  bo`yicha 

ko`rsatmalar bilan tanishtirish kerak. 

Birlamchi  ko`rsatma  individual  himoya,  yuzaga  kelishi  mumkin  bo`lgan 

xavfli  holatlarda  o`zini  qanday  tutishi  kerakligi  to`g’risida  ma`lumotlar  berish 

kerak. 


Rejadan  tashqari  bo`lgan  instruktaj  xavfsizlik  qoidalari  qo`pol  ravishda 

buzilganda, jarohat olgan shaxslarga o`tkaziladi. 

Instruktajdan  o`tib  bo`lingach,  o`qituvchi  qatnashchini  instruktajni  to`liq 

o`zlashtirganligiga  ishonch  hosil  qilgandan  so`ng  mustaqil  ishlashga  qo`yiladi, 

hamda  maxsus  jurnalga  imzo  chektiriladi.  Ushbu  jurnal  laboratoriya  mudiri, 

laborant  yoki  o`qituvchida  saqlanadi.  Jurnal  raqamlar  bilan  belgilanib  muhr 

bosiladi. 

Birinchi  tibbiy  yordam  ko`rsatishdan    so`ng  albatta  tibbiyot  muassasasiga 

murojat qilish kerak. 

Har bir aniq holatlar yuzasidan quyidagicha yordam ko`rsatiladi. 

Kislota  bilan  zaharlanganda    tezda  4-5  iliq  suvni  ichib,  qayt  qilish  (qusish) 

kerak;  so`ng  shuncha  miqdora  magnit  oksididan  ichib  yana  qustirish  kerak. 

SHundan so`ng, oshqozonni toza iliq suv bilan yuviladi. Suyuqlikni umumiy hajmi 

6  l  dan  kam  bo`lmasligi  kerak.  Agar  kishi  ichiga  kontsentrlangan  kislotalar  ketib 

qolganda  va  xushdan  ketganda  sun`iy  o`qchitib  va  bunda  vrach  chaqiriladi. 

Karbonatlar, gidrokorbonatlardan foydalanish ta`qiqlanadi. 

Ishqorlar  bilan  zaharlanganda:  4-5  stakan  iliq  suv  ichiladi  va  o`qchishga 

harakat  qilish,  so`ng  shuncha  miqdorda    sirka  kislotasini  suvli  eritmasi  (2%  li 

eritma) ichiladi. SHundan so`ng, 2 marta iliq toza suv bilan yuviladi. 

Fenol  bilan  zaxarlanganda:  4-5  stakan  iliq  suv  ichiladi,  o`qchishga  urinish, 

keyin shuncha miqdorda pushti rangdagi kaliy permanganatni eritmasidan ichiladi, 

keyin yana o`qchiladi. So`ng 5% li etil spirt (1 l dan kam bo`lmagan) eritmasi bilan 



 

61 


yuviladi. 

Brom  bug’lari  bilan  zararlanganda:  navshadil  spirtni  bintga  shimdirib, 

xidlatish,  tomoq  va  burunni  2%  li  natriy  gidrokorbanatni  suvli  eritmasi  bilan 

chayiladi. 

Gazlar bilan zaharlanganda: ochiq havoga (kislorodga) olib chiqish kerak. 

Kuyganda:  Har  qanday  kuyish  holatida  moylardan  foydalanish  ta`qiqlanadi. 

Rangli moddalarni (kaliy permanganat, zelenka, yod eritmasi) qo`llash ta`qiqlanadi. 

1chi  darajali  kuyishda:  etil  spirt  surtib,  quruq  bog’lam    qo`yilgan.  Boshqa 

darajadagi  kuyish  holatlarida  kuyganda  joy  sovutib,  quruq  strillangan  bog’lam 

qo`yiladi.  

O`yuvchi  moddalar  bilan  kuyganda:  shisha  tayoqcha,  pintset  yoki  quruq 

qog’oz yordamida o`yuvchi modda olib tashlanadi. 

Jarohat  olganda    (kesib  olganda,  kuyganda)  qolaversa  qatnashchilar  o`zini 

yomon  his  qilganda,  bu  haqida  zudlik  bilan  o`qituvchi  yoki  laborantga  murojat 

qilish kerak. 

Kimyo  laboratoriyasidagi  har  qanday  moddani  olish  yoki  quyish  faqat 

o`qituvchi ruxsati bilan amalga oshiriladi. 

Barcha  holatlarda  ya`ni:  turli  suyuqliklar  to`kilib  ketsa,  qattiq  reaktivlar 

sochilib  ketsa,  o`qituvchi  yoki  laborantga  aytish  kerak.  Har  qanday  moddani 

o`zicha yig’ishtirish ma`n etiladi. 

Rakovinaga  (kanalizatsiyaga)  eritmalar,  organik  suyuqliklarni  to`kishga 

ruxsat berilmaydi. Bunday moddalar ish joyidagi maxsus idishlarga quyilishi kerak. 

Ish  vaqtida  jihozlar  ishdan  chiqsa,  kran  yoki  eletr  tarmoqlarida  nosozlik 

sezilsa,  zudlik  bilan  laborant  va  o`qituvchiga  bildirish  kerak.  Nosozliklarni  o`z 

boshimchalik  bilan  tuzatish  ta`qiqlanadi.  Qizdiruvchi  jihozdan  va  qurilmalarni 

qarovsiz holatda qoldirish ta`qiqlanadi. 

Ish  tugagach  ish  joyini  o`qituvchi  va  laborant  ko`rsatmasiga  binoan  tozalab 


 

62 


qo`yish kerak. 

Laboratoriya va tajriba ishlarini yakullangach, qatnashchilar qo`llarini albatta 

sovun bilan yuvishlari kerak.  

Favqulotda  holatlar  yuzaga  kelganda  (mashg’ulot  paytidagi  avariya 

holatlarda:  yong’in,  kuchli  xidlar  atrofga  tarqalganda  sarosimaga  tushmay 

o`qituvchi ko`rsatmasiga qat`iy rioya qilish kerak). 



IZOH: Kabinet boshlig’i tomonidan ishlab chiqarilgan ko`rsatma bo`yicha 3 

yilda  bir  ishlab  chiqarish  mumkin  va  unga  vaqti-vaqti  bilan  unga  qo`shimcha 

o`zgartirishlar kiritish mumkin. 

 

2.6. Ko`ngilsiz  hodisalar ro`y berganda ko`rsatiladigan  birinchi yordam 

Laboratoriyada  ishlash  qoidalariga  rioya  qilinmasa  ko`ngilsiz  hodisalar  ro`y 

berishi mumkin. 

YOng’in.  Ko`pincha  oson  uchuvchan  va  tez  alangalanuvchi  erituvchilarni 

ochiq  alangada  qizdirish  yoki  alanga  oldida  bir  idishdan  ikkinchi  idishga  quyish, 

asboblarni  noto`g’ri  yig’ish  va  erituvchilarga  qaynatgich  (kapillyar,  chinni 

bo`lakchalari) tashlamasdan qizdirish natijasida yong’in chiqishi mumkin.  

YOng’in  chiqqanda  oldin  gaz  gorelkalari  va  elektr  asboblarini  o`chirish, 

yonuvchi moddalarni uzoqqa olib qo`yish kerak. Agar biror idishda ozroq suyuqlik 

yonib ketsa, uni material yoki asbest qog’ozi bilan darhol yaxshilab o`rash kerak. 

Agar  yonayotgan  suyuqlik  stol  ustiga  to`kilsa,  uni  qum  sepib  o`chirish  kerak. 

Alanga  o`chmasa  uni  o`t  o`chirish  asbobi  bilan  o`chirish  va  agar  shunda  ham 

o`chmasa darhol o`t o`chirish komandasiga xabar berish kerak.  

Agar kishi ustidagi kiyim  yona boshlasa, bu kishini darhol adyol bilan o`rab 

o`tni  o`chirish  kerak.  Kuygan  erni  5-10%  li  kaliy  permanganat  yoki  5%  li  tanin 

eritmalari bilan ho`llab yoki dori surib bog’lanadi. 

Kimyoviy  moddalar  ta`sirida  kuyish.    Laboratoriyada  bazan  kislotalar, 

ishqorlar  va  boshqa  o`yuvchi  moddalar  ta`sirida  kuyish  ro`y  berib  turadi. 

Kislotalarning ichida eng xavflisi kontsentrlangan nitrat kislotadir. Bu kislota teriga 


 

63 


tegsa uni sarg’aytirib yuboradi, agar ko`proq ta`sir qilsa, qiyin tuzaluvchi yara hosil 

qiladi.  SHuningdek  kontsentrlangan  sul’fat  kislota  ham  yaralangan  erda  chandiq 

qoldirish mumkin. 

Terining  kislota  tegib  kuygan  joyini  oldin  suv  bilan  juda  ko`p  marta    yuvib, 

so`ngra  3%  li  soda  eritmasi  bilan  chayish  kerak.  Ko`zga  kislota  sachrasa  ham 

shunday qilinib, oxirida yana toza suv bilan yuvib, tashlanadi. 

Ishqorlar va ayniqsa ularning issiq eritmalari ham terida qiyin tuzaluvchi yara 

hosil qiladi. SHuning uchun ularni maydalashda ko`zoynak taqib ishlash kerak. 

Ammoniy gidroksid ko`zga sachrasa uni jarohatlantirish va hatto ko`zni ko`r 

qilishi  mumkin.  Teriga  ishqor  tegib  kuygan  joyini  oldin  suv  bilan  yaxshilab 

yuviladi,  so`ngra  suyultirilgan  sirka  kislota  o`rniga  bor  kislotaning  eritmasi 

ishlatiladi. SHundan so`ng ko`zga kanakunjut moyidan tomiziladi. 

Kislota  va  ishqorlardan  tashqari  fosfor,  brom,  fenollar  teriga  tegsa  ham  uni 

jarohatlantiradi. 

Brom  yoki  fenol  bilan  kuygan  joyni  benzin,  benzol  yoxud  etil  spirt  bilan 

yuviladi. So`ngra yuvilgan joyga glitserin, borli vazelin yoki 5% li tannin eritmasi 

suriladi. 

Zaharlanish.  Zaharlanish  har  xil  bo`lishi  mumkin:  zaharlanish  ovqat  yo`li, 

hidlash  va  ba`zan  teri  orqali  ham  bo`ladi.  Har  bir  kimyogar  o`zi  ishlayotgan 

moddalarning xossalarini bilishi kerak. 

Laboratoriyada  kishi  ko`pincha  is  gazi,  vodorod  sul’fid,  sul’fid  angidrid, 

ammiak va boshqa gazlar bilan zaharlanishi mumkin. 

Is  gazi  va  vodorod  sul’fid  bilan  zaharlanganda  kishining  boshi  aylanadi, 

darmonsizlanadi, ko`ngli ayniydi hamda kishi hushidan ketadi. 

Azot  oksidlari  sekin  ta`sir  qiluvchi  zaharli  gazlar  bo`lgani  uchun  juda 

xavflidir. Ular ko`z va nafas olish yo`lining shiliq pardalariga ta`sir qilib, tomoqni 

quritadi,  yo`taltiradi  va  ko`nglini  aynitadi.  Bu  gazlar  bilan  zaharlanganda 

zaharlangan kishini  darhol toza  havoga  olib  chiqib, sun`iy  nafas  oldirish va  vrach 

chaqirish kerak. 



 

64 


Xlor, brom, fosgen, sul’fit angidrid va ammiak bilan zaharlanganda ko`z va 

nafas  olish  yo`lining  shiliq  pardalari  jarohatlanib,  yurakka  ta`sir  qiladi.  Bu  gazlar 

bilan zaharlanganda ham zaharlangan kishini ochiq havoga olib chiqib sun`iy nafas 

oldiriladi. 

Sian  birikmalari  bilan  zaharlanganda  tezda  vrach  chaqirib,  sun`iy  nafas 

oldirish  kerak. Bunda  zaharlangan kishini  qayt  qildirib, so`ngra  unga 10  ml  3%  li 

vodorod peroksid qo`shilgan 250 ml suv ichiriladi. 

Kislota va ishqorlar bilan zaharlanganda vrach chaqirilib, zaharlangan kishiga 

ko`p  suv  ichiriladi,  so`ngra  ikki  qism  aktivlantirilgan  ko`mir,  bir  qism  magniy 

oksid  va  bir  qism  tannin  aralashmalaridan  iborat  bo`lgan  bir  choy  qoshiqdagi 

aralashma  zaharlanishga  qarshi  universal  dori  hisoblanadi.  SHundan  so`ng  

zaharlangan  kishiga  yumshatuvchi  ichimlik  (sut,  yangi  tuxum  oqsili,  qatiq  va 

boshqalar) ichiriladi. 

SHuningdek  zaharli  suyuqliklar:  atseton,  formalin,  metil  yoki  amil  spirt, 

anilin va shunga o`xshashlar ichga ketib qolsa, qayt qildirilib, sut, qatiq va tuxum 

oqsili ichiriladi. 

Har  bir  laboratoriyada  qum,  aptechka,  yong’inga  karshi  vositalar  bo`lishi 

shart. Aptechkada bint, paxta, yodning spirtdagi №% li eritmasi, sirka kislotaning 

1-2% li eritmasi, natriy bikorbanatning  №% li eritmasi, bor kislotaning to`yingan 

eritmasi, kaliy permanganatning to`yingan eritmasi, kuyganga qarshi ishlatiladigan 

maz’,  kollodiy,  glitserin,  vazelin,  spirt,  kastor  moyi,  tannin,  kardiamin  va  shu 

kabilar bo`lishi kerak. 

 

QUYIDAGILARNI DOIMO YODDA TUTING!!! 

1.  Laboratoriyada  ishlashda  biror  eringizga,  qo`lingizga  ishqor  sachrasa  u 

holda darhol ko`p miqdorda suv bilan so`ngra quyidagi eritmalar bilan yuving:  

a) sirka kislotaning 1% li eritmasi bilan yuving.  

b) limon kislotaning kuchsiz eritmasi bilan yuving. 

v)  borat  kislotaning  kuchsiz  eritmasi  bilan  yuving;    qayt  etilgan  eritmalar 

bilan yuvilgandan so`ng vrachga murojaat eting. 


 

65 


2. Laboratoriyada ishlashda biror eringizga, qo`lingizga kislota sachrasa yoki 

to`kilsa u holda juda ko`p miqdor suv bilan so`ngra quyidagi eritmalar bilan yuvish 

kerak:  

a) sodaning 10% li eritmasi bilan yuvish (natriy korbonat) 

b)  natriy  bikarbonatning 3%  li  eritmasi  bilan  yuvib  so`ngra  paxta  moyi  yoki 

kungaboqar moyi surtish lozim. 

v) ammiakning kuchsiz eritmasi bilan yuvish kerak. 

3.  Laboratoriyada ishlashda biror eringiz kuyib qolsa quyidagi choralarni 

ko`rish kerak: 

a)  kaliy  permanganatning  2%  li  eritmasini  dokaga  shimdirib  kuygan  erga 

bosish kerak. 

b) 3% li tannin eritmasi bilan yuvish kerak. 

v) streptotsit emul’tsiyasini surtish kerak. 

g)  spirt  bilan  xo`llangan  paxta  yoki  paxta  moyi  shimdirib  bosish  kerak; 

yuqoridagi choralar ko`rilgandan so`ng vrachga murojaat eting. 

4.    Laboratoriyada  ishlashda  biror  eringizni  kesib  olsangiz,  eng  avvalo 

kesilgan joydagi qonni ko`p miqdor suv bilan yuvib so`ng:  

a) kaliy permanganatning 2% li eritmasi bilan yuvib, yod eritmasi surkab bint 

bilan bog’lash kerak. 

b) 3-5% li yodning spirtli eritmasidan surtib bint bilan bog’lash kerak. 

5. Teriga brom tegsa darhol benzin bilan artish va undan so`ng vrachga 

murojaat etish kerak. 

6.  Ammiak  hididan  zaharlanganda  darhol  sirka  kislota    hidlash  so`ngra  sut 

ichish va limon shimish kerak. 

7. Ichga yod ketganda darhol natriy tiosul’fatning 1% li eritmasidan 100 ml 

ichish,  yana  3  minutdan  so`ng    o`sha  eritmadan  bir  choy  qoshiq  ichish,  so`ngra 

vrachga murojaat qilish kerak. 

8. Laboratoriyada eritmalar solingan hamma shisha idishlar og’zi berk holda 

saqlanishi  lozim.  Hamma  idishdagi  moddalarning  etiketikasi  bo`lishi  kerak  va 

ularni iloji boricha kam sarflagan ma`qul. Agar tajriba uchun qancha modda olish 



 

66 


ma`lum bo`lmasa u holda eritmadan 1-1,5 ml, qattiq moddalardan esa 0,20-0,40 mg 

olish lozim. 

9.  Tajriba tugagach natijalarni daftarga yozish lozim. 

10.  Laboratoriyadan  ketayotganingizda  gaz  garelkalari  va  vodoprovod 

jo`mraklari  berkligini  hamda  elektr  asboblarini  o`chirilganligini,  albatta  tekshirib 

ko`ring. 



Birinchi yordam. 

Kimyo laboratoriyasidagi sodir bo`lishi mumkin bo`lgan baxtsiz xodisalarga: 

shisha  kesib  ketishi,  kimyoviy  va  termik  kuyish,  qolaversa,  zararli  moddalarni 

bug’lari bilan zaharlanish kiradi. 

Tibbiyot  xodimlari  etib  kelguncha  1-chi  yordam  berish  uchun  kerakli  vosita 

va jihozlar laboratoriyada mavjud bo`lishi kerak. 

       Agar  qo`lni  shisha  kesib  ketsa:  spirt  bilan  yuvilgan  pintsepda  ko`zga 

ko`rinib  turgan  shisha  siniqlarini  terib  olib  tashlanadi,  so`ngra  jarohatni  kaliy 

permanganatni 2% li eritmasi bilan yuviladi va 5% li yod eritmasi surtib, bint bilan 

bog’lanadi. 

Termik kuyishning sababi kuchli qizigan predmet yoki yonuvchan suyuqliklar 

va kuchli elektr zaryadi bo`lishi mumkin. Issiqdan kuyishda 2% li KMnO

4

 eritmasi 



yoki 96% li etil spirti surtish tavsiya etiladi, so`ngra kerakli maz’ surtib bog’lanadi. 

Kimyoviy kuyishda ham dastlab spirt bilan yuviladi. 

Kislota va fenol bilan kuyganda kuygan joy  avval ko`p miqdorda  suv bilan 

yuviladi,  so`ng  NaHCO

3

  ni  2%  li  eritmasi  bilan;  ishqorda  kuyganda  avval 



oqayotgan suv bilan, so`ng 2% li sirka kislota va bor kislota eritmasi bilan yuviladi. 

Agressiv organik moddalar bilan kuyganda tezda 96% li C

2

H

5



OH bilan yuvish va 

maz’ surtish kerak.  

Agar ko`z atrofi, yuz, kimyoviy kuyganda dastlab ko`p  miqdordagi suv bilan 

yuvib,  keyin  2%  li  NaHCO

3

  (kislota  to`kilganda)  yoki  2%  li  bor  kislotasi  (ishqor 



tekkanda)bilan yuviladi. 

1.1. Bordiyu ishchi yoki xodim ishlab chiqarishdan shikastlansa u tezlik bilan 



 

67 


tibbiy  yordamga  murojaat  etishga,  so`ngra  shikast  topgan  haqida  ma`muriyatga 

xabar  berishga  majburdir.  Agar  jabrlangan  kishining  o`zi  bu  ishni  qilolmasa  bu 

vazifani  ishdagi  o`rtog’i  bajarishi  darkor.  Ish  joyi  holati  agar  atrofdagilar  uchun 

xavf-xatarli  bo`lmasa  baxtsiz  xodisa  yuz  bergan  taqdirda  ham  u  shunday  holatda 

saqlanishi kerak. 

 1.2.  Baxtsiz  hodisa  kelib  chiqishining  oldini  olish  bo`yicha  amalga 

oshiriladigan  asosiy  tadbirlar    quyidagilardan  iborat:  texnika  xavfsizligi,  ishlab 

chiqarish sanitariyasi  va tashkilotning ichki tartibiga qat`iy rioya etish. 

1.3. Baxtsiz hodisa sodir bo`lganda xakim etib kelguncha jabrdiydaga darrov 

birinchi  yordam  ko`rsatish  muhim  vazifadir.  SHuning  uchun  ham  ishchilarning 

o`zlari tibbiy yordam ko`rsatish usullari ni yaxshi bilishlari darkor.  

1.4. Birinchi yordam ko`rsatish turlari:  

-lat  eganda:  lat  egan  joyga  ro`molcha  yoki  sochiqni  sovuq  suvda  xullab 

quyish darkor. Lat egan joy tirnalgan bo`lsa nam tegizish yaramaydi, lat egan joyni 

yod eritmasi surtib, bog’lab qo`yiladi: 

-suyak singanda: taxtakachga shunday etkiziladiki, u bir-biriga yaqin singan 

suyaklarni va katta 2 ta bo`g’imni qamrab olishi darkor; 



-yaralanganda  yara  joyga  qo`l  tekizish  mumkin  emas.  YAra  atrofidagi  teri 

yod  eritmasi  bilan  yog’lanadi,  yara  maxsus  material  (steril  bint)  bilan  bog’lab 

qo`yiladi, yaraga paxta qo`yish mumkin emas; 

-qon oqayotganda: rezina naycha (jgut), dastro`mol bog’lab qo`yiladi, rezina 

naychani bog’langan joyida uzog’i bilan 2 soat qoldirish mumkin.  



-ko`zga  chang  kirib  ketganda:  ko`zni  borli  kislota  qorishmasi  (bir  stakan 

suvga bir choy qoshiq solinadi.) yoki toza qaynagan suv bilan yuvish zarur, ko`zni 

qo`l bilan artish aslo yaramaydi. 

-kuyganda:  birinchi  darajali  kuyganda  kuygan  joyni  margantsovkali 

aralashma yoki 2% li ichimlik soda aralashmasi bilan artish zarur, unga sintomitsin 

linimenti, vishnevskiy malxami qo`yish zarur; 


 

68 


-ikkinchi  darajali  kuyganda:  qovizoqlarni  yorish  yoki  uni  teshish  mumkin 

emas,  kuygan  joyga  margantsovkali  kaliy  yoki  toza  spirt  bilan  namlash,  shundan 

keyin  ehtiyotkorlik  bilan  qovuzoqlarni  yorib  yubormay  quruq  toza  material  bilan 

bog’lab qo`yish zarur. Uchinchi darajali kuyganda biror-bir moy yoki yog’ surtash, 

biror narsa qo`yib bog’lab qo`yish mumkin emas; 

-kislota yoki ishqor ta`sirida kuygan joyni darhol 15-20 daqiqa davomida suv 

bilan yuvib turish zarur.  

1.5. elektr toki urganda darhol jabrlangan kishini tokdan ozod etish va unga 

birinchi  yordam  ko`rsatish  lozim.  Tokdan  ozod  etganda  shuni  unitmaslik  kerakki, 

jabrlangan  kishiga  himoya  qilinmagan  qo`l  bilan  tegish  xavfli.  SHuning  uchun 

qutqaruvchi  imkon  boricha  elektr  toki  o`tkazmaydigan  qo`lqop  kiyib  olishi  yoki 

suv o`tkazmaydigan yopinchiqdan qirqilgan narsani qo`lga o`rab olishi zarur. Iloji 

boricha  quruq  taxta  ustida  turish,  englarni  shimarib  olishi  darkor.  Bir  qo`llab 

harakat qilishi lozim. 

1.6.  1000  vol’tdan  yuqori  kuchlanishli  elektr  qurilmasidan  jabr  ko`rgan 

kishini  darhol  tokdan  qutqarish  elektr  toki  o`tkazmaydigan  botinka,  qo`lqop  kiyib 

olish va shtangadan foydalanish zarur. 

1.7.  Agar  jabrlangan  kishi  xushini  yo`qotgan  bo`lsayu,  nafas  olishi  saqlanib 

qolgan  bo`lsa,  uni  qulay  yotqizish,  ko`ylak  tugmalarini  echish,  sof  havo  olishga 

imkon  yaratish,  navshadil  spirti  xidlatish,  badanni  artish  va  quritish  shoshilinch 

ravishda xakimni chaqirish darkor. 

1.8.  Agar  jabrlangan  kishida  hayot  alomati  bo`lmasa  nafas  olish,  yurak,  qon 

tomir  urishi  sezilmagan  taqdirda  shoshilinch  ravishda  xakimni  chaqirish  va  u  etib 

kelguncha jabrlangan kishini echintirish kerak. Agar qoplama tishlari bo`lsa ularni 

sug’irib olish va darhol sun`iy nafas oldirishni boshlash kerak.   

1.9.  Jabrlangan  kishini  erga  ko`mish  yaramaydi,  chunki  nafas  olishi 

qiyinlashadi, badani  tez  soviydi va shubhasiz  zarar  keltiradi. Buning eng samarali 

yo`li «og’izdan-og’izga» sun`iy nafas yuborishdir. 



 

69 


1.10. Og’iz va burunga havo yuborish texnikasi quyidagicha: jabrlangan kishi 

ko`kka qarab  yotqiziladi.  Tili og’iz devoridan qochib tomog’i,  nafas  olish  yo`lini 

ta`minlash  uchun  uning  boshi  orqa  tomonga  tashlab  qo`yiladi,  so`ngra  og’iz  va 

burunni doka yoki ro`molcha orqali pudashga kirishshiladi. Pudash paytida barmoq 

bilan  jabrlangan  kishining  burnini  berkitib  turish  zarur.  Havo  yuborish  5-6  lahza 

davom eitishi kerak, bu har daqiqada 10-12 marta nafas olish oralig’iga mos keladi. 

har  safar  havo  yuborilgandan  keyin  jabrlangan  kishining  og’zi  va  burni 

bo`shatilishi va o`pkada to`plangan havoning chiqib ketishi uchun ko`krak qafasini 

ezish  darkor.  YUrakka  masash  qilishda  ko`krakning  quyi  chekkasini  kaftda  bir 

maromida bir daqiqada 60-80 marta ezish lozim. 



Biror zararli modda bilan zaharlanganda tezlik bilan ochiq toza havoga 

chiqish kerak, kiyimlarni kamaytirish hamda tinchlantirish kerak. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling